O’zbekiston musulmonlari idorasi


وَآخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِي الْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِنْ فَضْلِ اللَّ


Download 292.75 Kb.
bet11/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

وَآخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِي الْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِنْ فَضْلِ اللَّ
«Boshqalar yer yuzida yurib Allohning fazlini axtarishini, (biladi), degan»17
Alloh taolo:
فَإِذَا قُضِيَتِ الصَّلَاةُ فَانْتَشِرُوا فِي الْأَرْضِ وَابْتَغُوا مِنْ فَضْلِ اللَّهِ وَاذْكُرُوا اللَّهَ كَثِيرًا لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
«Bas, namoz tugagandan so‘ng yer yuzi bo‘ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni ko‘p yeslang, shoyadki, yutuqqa yerishsangiz»18, degan.
“Jumu’a” surasidagi ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min – musulmonlarni yer yuziga tarqalib, halol yo‘l bilan rizq topishlariga targ‘ib qilmoqda va bu ishni “Alloh taoloning fazlidan talab qilish” deb nomlamoqda.
Albatta, rizq talab qilishda turli holatlar vujudga kelishi mumkin. Misol uchun, ko‘proq rizqqa erishish maqsadida harom – harishga qo‘l urish ehtimoli ham bor. Shuning uchun Alloh taolo rizq talab qilishga amr qilganidan so‘ng bevosita:
va Allohni ko‘p zikr qiling”, demoqda. Alloh taoloni ko‘p zikr qilish esa rizq topish ishida haromni chetlashga omil bo‘ladi.
Qur’oni Karimda bu manodagi boshqa oyatlar ham mavjud. Jumladan,quyidagi oyatda
هُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا فِي مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا مِنْ رِزْقِهِ وَإِلَيْهِ النُّشُورُ (۱۵)
U sizlarga yerni bo‘y sundirib qo‘ygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va uning rizqidan yeng va tirilish ham uning saridir”19, deyilgan
Ulomolarimiz qadimdan ushbu oyati karimani islomda mehnatga chorlash, rizqni terib yeyish, yer yuzining turli joylarida harakat qilish zarurligiga dalil qilib keltirishadi.
Darhaqiqat, Alloh taolo yerni insonga bo‘ysundirib qo‘ygan, lekin hech qachon bu haqiqat hozirgi asrimizdagidek yaqqol ko‘zga tashlanmagan. Inson yerda foydalanishning barcha turlarini ishga soldi. Bu oyatdagi “yuring” degan xitob musulmonlarni doimo mehnatga undagan va dangasalik, bekorchilikdan chetlatgan. Shu bilan birga, rizq Alloh taolodan bo‘lishini unutmaslik zarurligini eslatgan. Ya’ni, masulmon odam yer yuzida yurib, rizq talab qilishi va halol yo‘l bilan kasb qilishi lozim.
Alloh taolo:

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling