O’zbekiston musulmonlari idorasi


Inon barcha tijorat va uning turlarida bo‘ladi


Download 292.75 Kb.
bet8/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

2. Inon barcha tijorat va uning turlarida bo‘ladi. U birining ba’zi moli va ikkinchisining ortiqcha moli bilan, shuningdek, ikkisining moli barobar bo‘lsa ham, foydada tafovut bo‘lishi bilan ham bo‘laveradi.
(yoki molda tafovut bo‘lsa ham, foydaga tengsheriklik asosida bo‘laveradi.)
Yana birining moli dirham, ikkinchisiniki dinor bo‘lsa ham, mollarini aralashtirmasa ham bo‘laveradi. Har biri o‘zining sotib olgan narsasiga mas’ul bo‘ladi, boshqaga emas. Agar o‘z molidan ado qilgan bo‘lsa, hissasini sherigidan qaytarib oladi.
Ikkisi (mufovaza va inon) faqat ikki naqd (tilla va kumush), keng tarqalgan pul yoki hom tilla va kumush bilan, agar ikkisi odamlarning taomilida bo‘lsa, tog‘ri bo‘ladi.
Shirkatning yoki ikkisidan birining molining harid qilishdan oldin halok bo‘lishi shirkatni buzadi.
Mol aralashtirishdan avval halok bo‘lsa, qay birlarining qo‘lida bo‘lsa ham, o‘z egasining zarariga bo‘ladi. Agar aralashtirilgandan keyin bo‘lsa, ikkisining zarariga zimmasida bo‘ladi.
Mufovaza va inon shirkatidagi sheriklarning har biri molni birovga savdo qilib foydalanishga berishi, vadiyaga qo‘yishi, muzorabaga berishi va vakil qilishi mumkin. Mol esa uning qo‘lida omonat bo‘ladi.
ISHCHILAR SHIRKATI


وَشَرِكَةُ الصَّنَائِعِ وَالتَّقَبُّل : وَهِيَ : أَنْ يَشْتَرِكَ صَانِعَانِ كَحَيَّاطَيْنِ أَوْ خَيَّاطِ وَصَبَّاعَ، وَيَتَقَبَّلَا الْعَمَلَ بأَجْر بَيْنَهُمَا، صَحْتْ وَإِنْ شَرَطَا الْعَمَلَ نِصْفَيْنِ
وَالْمَالُ أَثَلَاثًا .
وَلَزِمَ كُلًّا عَمَلٌ قَبلَهُ أَحَدُهُمَا، وَيُطَالبُ الْآخِرَ، وَيَصِحُ الدَّفْعُ إِلَيْهِ. والكسْبُ بَيْنَهُمَا وَإِنْ عَمِلَ أَحَدُهُمَا .11
3. Sanoe’ va taqobbul shirkati. Bunda ikki tikuvchi yoki bir tikuvchi va bir bo‘yoqchi kabi ikki hunarmand sherik bo‘ladilar va oralaridagi taqsimlanadigan haq evaziga ishni qabul qiladilar.
Bu shirkat agar ishni teng ikkiga bo‘lish va haqni uchga bo‘lish sharti bilan bo‘lsa ham to‘g‘ri bo‘laveradi. Chunki ularning bajarayotgan ishining qiymati turlicha
bo‘lishi mumkin. Ulardan biri qabul qilgan ish ikkisiga ham lozim bo‘ladi va ish haqini talab qila oladi. Ish haqini ikkinchiga bersa ham bo‘ladi. Agar bittasi ishlasa ham, foyda ikkisining orasida bo‘ladi.
VUJUH SHIRKATI


وَشَرَكَةُ الْوُجُوهِ: وَهِيَ : أَنْ يَشْتَرَكَا بِلَا مَالِ لِيَشْتَرِيَا بِوُجُوهِهِمَا وَيَبِيعًا، فَتَصِحٌ مُفَاوَضَةٌ، وَمُطْلَقْهَا عِنَانٌ. وَكُلٌّ وَكِيلٌ لِلْآخَرِ، فَإِنْ شَرَطَا مُنَاصَفَةً الْمُشْتَرَى، أَوْ مُثَالَتَهُ، فَالرّبحُ كَذَلِكَ. وَشَرْطُ الْفَضْلِ بَاطِلٌ.12
«Vujuh» so‘zining ma’nosi «yuzlar» deganidir. Bu shirkatning nima uchun bunday nomlanishini kelasi ta’rifdan bilib olamiz.

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling