O’zbekiston musulmonlari idorasi


Download 292.75 Kb.
bet9/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

4. Vujuh shirkati: unda ikki kishi molsiz vajh(yuzlari)ni o‘rtaga qo‘yib, sheriklikka narsa harid qiladilar va uni sotadilar.
Va shu tarzda foyda ko‘radilar. Ular yuzlarini shuvut qilib ish ko‘rganlari uchun ham bu shirkat «vujuh shirkati» deb nomlangan.
Bu shirkat mufovaza yo‘li bilan ham to‘gri bo‘ladi. Qaydsiz bo‘lsa, inon shirkati bo‘ladi. Ulardan har biri ikkinchisiga vakil bo‘ladi.
Agar harid qilingan narsani yarim-yarimdan teng, (biriga) uchdan bir (boshqasiga uchdan ikkisi) deb qilgan bo‘lsalar, foyda ham shu xilda taqsimlanadi. Ortiqcha shart qo‘yish botildir.
Ya’ni birlarining foydadagi hissasi nasiyaga olingan narsadagi hissasidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
SHIRKAT TO‘G‘RI BO‘LMAYDIGAN NARSALAR


وَلَا تَصِحُ الشَّرَكَةُ فِي أَخْذِ الْمُبَاحَاتِ، فَخُصَّتْ بِمَنْ أَخَذَهَا، وَنُصِّفَتْ إِنْ أَعَذَاهَا، وَلِلْمُعَيِّنِ وَصَاحِبِ الْعُدَّةِ أَجْرُ الْمِثْلِ، وَلَا يُزَادُ عَلَى نِصْفِ الْقِيمَةِ عِند أبي يُوسُفَ، خِلَافًا لِمُحَمَّدٍ. وَالرِّيحُ فِي الْفَاسِدَةِ عَلَى قَدْرِ الْمَالِ .13
Muboh narsalarni olishda shirkat bo‘lishi durust emas.
Egasi yo‘q umumiy holatdagi narsalar “muboh narsalar” deyiladi. Masalan, dala yoki o‘rmondagi o‘tinlar, hashaklar, ov hayvonlari, tog‘-u toshdagi mevalar va shunga o‘xshash narsalar muboh narsalar hisoblanadi.
Muboh narsalarni kim olsa, o‘shaniki bo‘ladi. Agar ikki kishi olsa, teng taqsimlanadi.
Yordam beruvchi va asbob egasiga «ajri misl» beriladi. Muhammadga xilof o‘laroq, Abu Yusufning nazdida bu haq umumiy qiymatning yarmidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Birov o‘tin qiladigan, ikkinchisi uni yig‘adigan bo‘lsa, yig‘uvchi yordamchi hisoblanadi va unga shunga o‘xshash ishlarni qilgan odamga odatda qancha haq berilsa, shuncha haq beriladi. Masalan:birovning suv chiqaradigan asbobi bor. Ikkinchi shaxs uning asbobi bilan suv chiqarib, foyda ko‘rdi. Asbob egasiga unga o‘xshashlarga beriladigan ajr beriladi.
fosid - buzuq shirkatda foyda molning miqdoriga qarab bo‘ladi.

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling