O’zbekiston musulmonlari idorasi


Muzorabaga doir savol-javoblar


Download 292.75 Kb.
bet17/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

2.3.Muzorabaga doir savol-javoblar
O‘rganilgan mavzu yanada manfaatli va esda qolarli bo‘lishi uchun mavzuga doir ba’zi bir savollarga javoblarni keltirib o‘tamiz.
Muzorabada foyda va zarar ko‘rish
Savol: Muzorabada foyda ko‘rilib keyin zarar ko‘rilsa, qanday bo‘ladi?.26
Javob:
وما هلك من مال المضاربة يصرف إلى الربح لأنه تبع فإن زاد الهالك على الربح لم يضمن ولو فاسدة من عمله لأنه أمين وإن قسم الربح وبقيت المضاربة ثم هلك المال أو بعضه ترادا الربح ليأخذ المالك رأس المال وما فضل بينهما وإن نقص لم يضمن لما مر ثم ذكر مفهوم قوله وبقيت المضاربة فقال وإن قسم الربح وفسخت المضاربة والمال في يد المضارب ثم عقداها فهلك المال لم يترادا وبقيت المضاربة لأنه عقد جديد وهي الحيلة النافعة للمضارب
“Muzorabada foyda topilgandan keyin zarar ko‘rilsa, foydani bo‘lishganlaridan keyin muzoraba to‘xtovsiz davom etayotgan bo‘lsa, zararni qoplash uchun avval ikkovlari foydani o‘rniga qaytarishadi va foydadan sarf qilinadi. Agar foyda zararni qoplamasa, rosul mol (o‘rtaga tikilgan mablag‘dan) zararni qoplanadi. Muzorib to‘lamaydi. Chunki u omonatdor shaxs hisoblanadi. Agar zararni qoplagandan keyin foyda oshib qolsa, bo‘lishib olishadi. Muzoraba davom etayotgan bo‘lsa degan so‘zidan: “Foyda bo‘linib, muzoraba bekor qilinmagan bo‘lsa” degan ma’no tushiniladi. Agar foyda bo‘linib muzoraba bekor qilinsa, lekin rosul mol muzoribning qo‘lida turgan bo‘lib qaytadan muzoraba aqdini tuzishsa va mol halok bo‘lsa, foydani qaytarishmaydi, balki zarar rosul moldan qaplanadi. Bu ikkinchi surat muzorib uchun foydali. Birinchi surat “Foydani bo‘lishib muzorabani bekor qilmasdan davom ettirish” robbul mol uchun foydalidir”27.
Muzorib dastmoyani o‘z ihtiyojlariga ishlatib yuborib, dastmoya egasiga foyda berib turishi.
Savol: Bir kishi tijorat maqsadida birovdan mablag‘ olsa, lekin uni tijoratga tikmay o‘z ihtiyojlariga sarf qilib yuborsa va kelishilingan muddatda foyda tariqasida ma’lum mablag‘ berib tursa, dastmoya egasi bundan behabar foydani olib yursa, uning olgan mablag‘i halol bo‘ladimi?28
Javob: Bu suratda hukm shuki, muzorabaga pul olgan kishi uni tijoratga tikmasidan avval qo‘lda turgan sarmoya omonat sanaladi. Uni boshqa joyga sarflab yuborsa, buning ikki surati bo‘ladi:
1. Muzorabachi sarmoyani o‘zining ihtiyojlariga sarflasa va undan hech qanday foyda topmay, dastmoya egasini og‘zini yopish uchun ma’lum bir summani foyda deb berib tursa, buning hukmi muzorib xiyonat qilganligi tufayli gunohkor bo‘ladi va sarmoyani to‘lab beradi. Gunohidan tavba qilib mol egasiga barcha sarmoyani qaytarishi lozim bo‘ladi. Mablag‘ egasi agar uning xiyonatini bilsa, foyda tarzda bergan narsasini olishi joiz bo‘lmaydi va olgan narsasini muzoribga qaytarib berishi lozim bo‘ladi. Bilmagan suratda esa, uzurli sanaladi. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh tijoratga mablag‘ olib, uni o‘z ehtiyojlariga sarf qilsa degan mazmundagi savol javobida, mol egasi muzorabaga pul olgan kishining xiyonatidan bexabar foyda tarzda olib turgan narsasi halol bo‘ladi. Lekin, xabardor bo‘lgandan keyin olishi joiz emas. Pulni aylantirishga olgan kishiga o‘sha mayulag‘dan topgan foydasi halol bo‘lmaydi.
Tijoratga mablag‘ olgan kishi bu suratda muzorabasi emas, balki qarzdor hisoblanadi.29
2. Muzorabaga deb mablag‘ olgan kishi xiyonat qilib molni o‘z ehtiyojiga sarflamay mablag‘ egasi tayin qilgan narsadan boshqa narsaga pul tikib foyda ko‘rsa, uning hukmi shuki, topgan foydasining barchasi fosid foydalar qatoriga kirib, harom sanaladi. Muzoribga sarmoya bilan birgalikda undan topgan foydasini barchasini qo‘shib, sarmoya egasiga qaytarishi vojib bo‘ladi. Mol egasiga sarmoyasi va undan topilingan foydani olish hamda iste’mol qilish joiz va haloldir.
إذَا كَانَ الْأَصِيلُ فَقِيرًا طَابَ لَهُ وَإِنْ كَانَ غَنِيًّا فَفِيهِ رِوَايَتَانِ وَالْأَشْبَهُ كَمَا قَالَ فَخْرُ الْإِسْلَامِ فِي شَرْحِ الْجَامِعِ الصَّغِيرِ أَنَّهُ يَطِيبُ لَهُ؛ لِأَنَّهُ إنَّمَا رَدَّهُ عَلَيْهِ؛ لِأَنَّهُ حَقُّهُ .
“Agar sarmoyador faqir bo‘lsa, muzorib sarmoyada xiyonat qilib topgan foydasini olish unga halol bo‘ladi. Agar sarmoyador boy bo‘lsa, bu haqda ikki xil rivoyat bor. Faxrul islom “Jomius sag‘ir”ning sharhida aytgan qavliga ko‘ra olishligi unga halol bo‘ladi. Chunki, u uning haqqidir” (Bahrur roiq).

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling