O’zbekiston musulmonlari idorasi


Ish yuritishni ba’zi shahar, tavar bilan qaydlash


Download 292.75 Kb.
bet19/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

Ish yuritishni ba’zi shahar, tavar bilan qaydlash
Savol: Sheriklardan biri sherigini muayyan tavar, shahar, muddat, kishilar bilan savdo qilishini qaydlab qo‘ysa, sherigiga undan tashqari ish yuritishi joiz bo‘ladimi?34
Javob: Sarmoya egasi qaydlagan chegaralardan tashqari ish yuritishi joiz emas. Mabodo, tashqari ish yuritib ziyon ko‘rsa, muzorib to‘laydi.
وَإِنْ خَصَّ لَهُ رَبُّ الْمَالِ التَّصَرُّفَ فِي بَلَدٍ بِعَيْنِهِ أَوْ فِي سِلْعَةٍ بِعَيْنِهَا لَمْ يَجُزْ لَهُ أَنْ يَتَجَاوَزَ ذَلِكَ فَإِنْ خَرَجَ إلَى غَيْرِ ذَلِكَ الْبَلَدِ أَوْ دَفَعَ الْمَالَ إلَى مَنْ أَخْرَجَهُ لَا يَكُونُ مَضْمُونًا عَلَيْهِ بِمُجَرَّدِ الْإِخْرَاجِ حَتَّى يَشْتَرِيَ بِهِ خَارِجَ الْبَلَدِ فَإِنْ هَلَكَ الْمَالُ قَبْلَ التَّصَرُّفِ فَلَا ضَمَانَ عَلَيْهِ وَكَذَا لَوْ أَعَادَهُ إلَى الْبَلَدِ عَادَتْ الْمُضَارَبَةُ كَمَا كَانَتْ عَلَى شَرْطِهَا، وَإِنْ اشْتَرَى بِهِ قَبْلَ الْعَوْدِ صَارَ مُخَالِفًا ضَامِنًا
“Agar sarmoya egas muzoribga muayyan bir shahar yoki muayyan bir tavarlar bilan savdo qilishni chegaralasa, undan tashqariga chiqishligi joiz bo‘lmaydi. Agar belgilab qo‘yilgan shahardan tashqariga chiqsa yoki molni shahardan tashqariga olib chiqib ketuvchiga topshirsa, olib chiqib ketishlikning o‘zi bilan to‘laguvchi bo‘lmaydi. Toki, shahardan tashqaridan u mol evaziga biror narsa sotib olgunicha. Agar tasarruf qilishdan ilgari mol halokatga uchrasa, to‘lamaydi. Shuningdek, molni o‘z shahariga qaytarib olib kirsa, muzoraba shart qilinganidek davom etaveradi. Agar qaytib kirmay biror narsa sotib olsa va u talofatga uchrasa, shartga zid ish yuritgan bo‘lib, muzorib ziyonni to‘laydi. Shirkat ham shu kabidir”(Bahrur roiq).
Yangi investorlarni qanday asosda qabul qilinadi?
Savol: Shirktda sarmoya tilla, kumush va qog‘oz pul bo‘lishi shart qilinadi. Shunga binoan sheriklarning biri tomonidan pul, boshqasi tomonidan joy yoki dastgoh kabi narsa bo‘lishi joiz emas. Lekin, sherikchilik asosida tashkil etilgan korxona va tijorat birlashmalari faoliyat yuritishni boshlagandan keyin mablag‘ zarur bo‘lib, sheriklarni ko‘paytirish orqali sarmoya jalb qilish kerik bo‘lib qolsa yoki eski sheriklardan biri yana sarmoya tikishni istasa yuqoridagi shartga binoan joiz bo‘lmaydi va korxonani sotib, pul qilib keyin shirkat tuzishni iloji yo‘q. Bunday o‘rinda nima qilish kerak bo‘ladi?
Javob: Molikiy mazhabiga binoan quyidagi ikki shart asosida qadimgi sheriklar sarmoyasiga yangi investor yoki qadimgi sheriklardan birining sarmoyasini kiritish hamda avval sherik bo‘lmagan kishilarni shirkatga qo‘shish mumkin bo‘ladi:
1. Barcha sheriklar roziligi;
لَا يَمْلِكُ الشَّرِيكُ الشَّرِكَةَ إلَّا بِإِذْنِ شَرِيكِهِ
“Sherigining iznisiz tomonlardan biri shirkatga sherik qilishga molik emas”35
لَا يَمْلِكُ الشَّرِيكُ أَيْ شَرِيكُ الْعِنَانِ
“Inon asosida sherikchilik qiluvchi (sherigining iznisiz shirkat qilishga) molik bo‘lmaydi”36
2. Yangi investorni sherikchilikka qo‘shish bitmi vaqtida eski sheriklarning o‘rtadagi barcha tavar, xom ashyo, dastgoh va binolarining bozordagi qiymati belgilab olinadi va o‘sha qiymat oldingi sheriklarning sarmoyasi hisoblanadi va shunga qarab yangi investorni sherikchilikka qabul qilinadi.
Hakimul Ummat Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh korxonalarning hissalarini sotib olish va unda sherik bo‘lishga tegishli savolning javobida quyidagilarni yozganlar:
“Alloh haq va to‘g‘rilikka muvaffaq qiluvchidir!
Bunday bitm inon shirkati hisoblanadi. Chunki, kompaniyani tashkil qilganlar yangi sherik qabul qilish vaqtida o‘zlari ham bir hissadorga aylanadilar va kompaniyaga tegishli imorat, dastgoh, mahsulot va xom ashyolarni bozordagi qiymati chiqarilib, naqd pulga aylantiriladi. Masalan, sheriklar kompaniya tuzish uchun uning imorati va dastgohiga o‘n ming so‘m sarf qilganlar va ular kompaniyani yuz foiz hissadoriga aylanganlar. Albatta bu suratda kompaniyani tashkil qiluvchilar nafaqa bilan emas uruz(tijorat moli yoki naqd pul bo‘lmagan biror narsa)lar bilan sherikchilikni tashkil qilmoqdalar. Demak, ba’zi imomlar nazdida puldan tashqari narsalar bilan sherikchilik qilish mumkin.

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling