O’zbekiston musulmonlari idorasi
Download 292.75 Kb.
|
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا “Alloh savdoni halol va riboni harom qilgan
- فَهُمْ شُرَكَاءُ فِي الثُّلث
Mavzuning dolzarbligi. Moliyaviy muomalalarda asosan halol va harom masalasi juda zarur hisoblanadi. U yoki bu ish halol yoki haromligi surishtiriladi. Hozirgi kunimizda moliyaviy muomalalardan turli kelishmovchiliklar, urush – janjallar chiqayotgani hech kimga sir emas. Bu kabi noxush holatlarni kamaytirish uchun nima qilish kerak? Bizningcha, shariatimizda ko‘rsatilgan ta’limotlarni yaxshilab o‘rganib, ularga amal qilish lozim.
Jumladan savdo – sotiq nima?, muzoraba nima?, muzora’a nima?, sudxo‘rchi? unga o‘xshash savollar bir talay. Alloh taoloning savdoni shariatga kiritishi, Qur’onda uning hukmini bayon qilib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uni hayotga tatbiq qilishlari va ko‘plab hadislar aytib yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatishi bejiz emas. Chindan ham inson yolg‘iz o‘zi yashay olmaydi. U o‘ziga o‘xshash boshqa insonlar bilan yashaydi. Boshqalar bilan yashagach, ular bilan muomalada bo‘lishi, narsalarni ayirboshlashi, oldi-berdi qilishi kerak. Agar bu muomalalar tartibga solinmasa, odamlarning o‘zlariga tashlab qo‘yilsa, kuchli kuchsizni, aqlli aqli ozni aldashi, haqqini poymol qilishi turgan gap. Mo‘minlarning barchasi uchun mazkur iqtisodiy muomalalar odobi ularning barchalarini yaratgan, ularga rizq berayotgan va oxiratda har birlarini hisob – kitob qilib, qilmishiga yarasha jazo va mukofot beradigan zot – Alloh taolo tomonidan joriy qilingandagina ayni adolat bo‘ladi, birovga zarracha zulm qilinmaydi. Ana shu ilohiy ko‘rsatmalarga amal qilib, tinchlik va omonlik bilan murodga yetiladi. Eng muhimi, bu muomalalar ibodatga aylanadi, bu dunyoda topilgan rizqning halol va barakali bo‘lishi taminlanadi. U dunyoda esa shunga yarasha ajru – savob, maqomu martabaga erishiladi insha Alloh. Alloh taolodan bu yozgan ishimizni foydali qilishini, xato va kamchiliklarini kechirishini so‘raymiz! وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا “Alloh savdoni halol va riboni harom qilgan”1, degan “Sharikat» yoki «shirkat» lug‘atda «aralashib ketish” degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa shirkat ro‘sulmol va foyda xususida sherik bo‘lganlar orasidagi aqddan iboratdir. Shirkat muomalasi Qur’oni karimda ham zikr qilingan. Alloh taolo marhamat qilib aytadi-ki: فَهُمْ شُرَكَاءُ فِي الثُّلث “Bas, ular uchdan biriga sherikdirlar”2, Ya’ni merosga qolgan molning uchdan biriga sherik bo‘lib egalik qiladilar, deganidir. Shuningdek, Alloh taolo Sod surasidagi oyatda: Download 292.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling