«Albatta, ko‘p sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Iymon keltirib, solih amal qilganlargina mustasno», degan (24-oyat).
Shuningdek, Islom ummati mol-mulkda, moliyaviy muomalarda sheriklikni doimo ma’qullab kelgan. Chunki modomiki kishilar bir jamiyatda yashar ekanlar, bunday ishlarga hamisha muhtoj bo‘ladilar.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. “Muzoraba” so‘zi “yer yuzida yurish” ma’nosini anglatadi. Chunki, bu ishni yurituvchi yer yuzida talabi kasb qilib yuradi.
Muzorabada “ra’sulmol” bir tomandan, “xizmat” ikkinchi tomondan bo‘ladi. Molning egasi ishchi bilan kelishib, molni unga beradi. Tushgan foyda kelishuvga asosan bo‘lib olinadi.
Zarar mol egasiga bo‘ladi. Ishchi esa, qilgan mehnatidan zarar ko‘radi, xolos.
Muzoraba Qur’on, Sunnat, Ijmo va Qiyos ila sobit bo‘lgandir.
Alloh taolo:
وَآخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِي الْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِنْ فَضْلِ اللَّ
«Boshqalar yer yuzida yurib Allohning fazlini axtarishini, (biladi), degan3».
Alloh taolo:
فَإِذَا قُضِيَتِ الصَّلَاةُ فَانْتَشِرُوا فِي الْأَرْضِ وَابْتَغُوا مِنْ فَضْلِ اللَّهِ وَاذْكُرُوا اللَّهَ كَثِيرًا لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ (۱۰)
«Bas, namoz tugagandan so‘ng yer yuzi bo‘ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni ko‘p yeslang, shoyadki, yutuqqa yerishsangiz4», degan.
“Jumu’a” surasidagi ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min – musulmonlarni yer yuziga tarqalib, halol yo‘l bilan rizq topishlariga targ‘ib qilmoqda va bu ishni “Alloh taoloning fazlidan talab qilish” deb nomlamoqda.
Albatta, rizq talab qilishda turli holatlar vujudga kelishi mumkin. Misol uchun, ko‘proq rizqqa erishish maqsadida harom – harishga qo‘l urish ehtimoli ham bor. Shuning uchun Alloh taolo rizq talab qilishga amr qilganidan so‘ng bevosita:
“va Allohni ko‘p zikr qiling”, demoqda. Alloh taoloni ko‘p zikr qilish esa rizq topish ishida haromni chetlashga omil bo‘ladi.
Darhaqiqat, Alloh taolo yerni insonga bo‘ysundirib qo‘ygan, lekin hech qachon bu haqiqat hozirgi asrimizdagidek yaqqol ko‘zga tashlanmagan. Inson yerda foydalanishning barcha turlarini ishga soldi. Bu oyatdagi “yuring” degan xitob musulmonlarni doimo mehnatga undagan va dangasalik, bekorchilikdan chetlatgan. Shu bilan birga, rizq Alloh taolodan bo‘lishini unutmaslik zarurligini eslatgan. Ya’ni, masulmon odam yer yuzida yurib, rizq talab qilishi va halol yo‘l bilan kasb qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |