O’zbekiston musulmonlari idorasi


Shirkatlar bir necha xil bo‘ladi


Download 292.75 Kb.
bet6/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

Shirkatlar bir necha xil bo‘ladi:
1. Abdon shirkati.
Bu xildagi shirkatda har kim o‘z hissasi bilan ishtirok etadi. Birovning hissasi ko‘p, boshqaniki oz bo‘lishi mumkin. Birov shirkat ishida mas’ul, boshqasi mas’ul emas bulishi ham mumkin. Ko‘proq tarqaladigan shirkat ham shu
2. Mufovaza shirkati.
Tengdoshlik shirkati. Bunday shirkatda sheriklarning ro‘sulmoldagi hissasi ham, shirkatdagi ishi ham va foydadagi ulush ham teng bo‘ladi.
3. Zimmadorlik shirkati.
Moli ham, ishi ham yo‘q shaxslar sherik bo‘lib, barobar narsani nasiyaga olib, o‘shani ishlatib, tushgan foydasini bo‘lib olish bilan shugullanadilar.
4. Muzoraba shirkati.
Bunda ro‘sulmol bir tomondan, xizmat ikkinchi tomondan bo‘ladi. Molning egasi ishchi bilan kelishib, molni unga beradi. Tushgan foyda kelishuvga asosan bo‘lib olinadi. Zarar mol egasiga bo‘ladi. Ishchi esa qilgan mexnatidan zarar ko‘radi, xolos.Muzoraba shirkati haqida tez orada batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Islom shariatida shirkatlar ishiga katta e’tibor berilgan. Chunki erkin iqtisodiy rivojlanish asosan shirkatlarga bog‘liq. Ko‘pchilik bir o‘zi biror ishni yuritishi qiyin. Shirkat bo‘lganda esa ish osonlashadi.
Shuning uchun ham eski fiqh kitoblarimizni varaqlaydigan bulsak, bu masalada haddan ziyod ko‘p va foydali maslahatlarni ko‘ramiz.
«Muxtasari Viqoya»ning sohiblari shirkat haqida bir qancha ma’lumotlarni keltirishgan.
Shirkat ikki xil bo‘ladi:
1. Mulk shirkati. Bunda ikki (va undan ortik) kishi bir narsaga molik bo‘ladilar.
Ushbu egalik meros, savdo, sovg‘a, sadaqa, vasiyat molini
qo‘shib yuborish kabi ishlar bilan bo‘ladi. Ulardan har biri o‘z sherigining moliga nisbatan ajnabiydir. Biri ikkinchisining ruxsatisiz sherigining molini tasarruf qila olmaydi. Ammo o‘z ulushini tasarruf qila oladi. Mol aralashtirib yuborilganda esa sherigining iznisiz umuman tasarruf qila olmaydi.
1.2. Shartnoma shirkati va uning turlari

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling