O’zbekiston musulmonlari idorasi


Download 292.75 Kb.
bet7/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

2. Shartnoma shirkati.
Buning rukni iyjob va qabuldir.
Ya’ni bu xildagi shirkat bir tarafning «Men senga falon ishda sherik bo‘ldim», deyishi va ikkinchisining «Qabul qildim», deyishi bilan tuziladi. Uning sharti ikkisidan biriga foydadan muayyan dirham belgilanmasligidir. Chunki o‘sha belgilangan dirhamni olganidan keyin sherigiga xech narsa qolmasligi mumkin.
Shartnoma shirkati to‘rt turli bo‘ladi:
1. Mufovaza shirkati;
2. Inon shirkati;
3. Ishchilar shirkati;
4. Vujuh shirkati.
MUFOVAZA SHIRKATI


مُفَاوَضَةٌ: وَهِيَ شَرَكَةُ مُتَسَاوِيَيْنِ مَالًا وَحُرِّيَّةً وَدِيْنًا، وَتَتَضَمَّنُ الْوَكَالَةَ وَالْكَفَالَةَ. وَمُشْتَرَى كُل هُمَا ، إِلَّا طَعَامَ أهْلِهِ وَكسْوَتَهُمْ.
وكُلُّ دَيْن لَرَمَ أَحَدَهُمَا بِمَا تَصِحُ فِيهِ الشَّرَكَةُ، كَالشَّرَاءِ وَنَحوهِ، ضَمِنَهُ الآخَرُ. وَإِنْ وَرِثَ أَحَدُهُمَا، أَوْ وُهِبَ لَهُ مَا تَصحَ فِيهِ الشَّرَكَةَ، وَقَبَضَ، صَارَ عنَانًا. وَفِي الْعُرُوض وَالْعَقَارِ بَقِيَ مُفَاوَضَةً . 9
1. Mufovaza shirkati. Bu mol, hurriyat va dinda teng bo‘lganlarning sherikligidir.
Bu turdagi shirkat vakolat va kafolatni ham o‘z ichiga oladi. Ahli ayolining taomi va kiyimidan boshqa har birining sotib olgan narsasi ikkisiniki bo‘ladi. Biriga savdo va unga o‘xshash narsalar ila shirkat yuzasidan lozim bo‘lgan majburiyatga boshqasi zomin bo‘ladi.
Ikkovlaridan biri meros yoki hibaga o‘xshash, sherikchilikka salohiyati bor narsani qabul qilib inonga aylanadi. Tijorat mollari va ko‘chmas bo‘lsa, mufovaza bo‘yicha qoladi.
1. Mufovaza shirkati. Bu mol, hurriyat va dinda teng bo‘lganlarning sherikligidir. “Moli teng bo‘lishi”, deganda shirkat sarmoyasi uchun qo‘shadigan mablag‘i bir xil bo‘lishi anglanadi. Biri pul boshqasi imorat qo‘shsa bo‘lmaydi. Shuningdek, ikki taraf ham hur va musulmon bo‘lishi lozim.
Bu turdagi shirkat vakolat va kafolatni ham o‘z ichiga oladi.
Ya’ni mufovaza shirkati tuzganlar bir-birlariga vakil
ham, kafil ham bo‘ladilar.
Ahli ayolining taomi va kiyimidan boshqa har birining sotib olgan narsasi ikkisiniki bo‘ladi.
Chunki ikkisi bir-biriga o‘rinbosar hisoblanadilar.
Biriga savdo va shunga o‘xshash narsalar ila shirkat yuzasidan lozim bo‘lgan majburiyatga boshqasi zomin bo‘ladi.
Shirkat yuzasidan lozim bo‘ladigan majburiyatlar oldi-sotdi, ijara kabi sherikchilikni ko‘taradigan muomalalarda bo‘ladi.
Shirkat yuzasidan lozim bo‘lmaydigan majburiyatlar nikoh, ayolning nafaqasi, sulh, jinoyat va xun to‘lash kabi yolgiz shaxsga xos ishlardir.
Ikkovlaridan biri meros yoki hibaga o‘xshash, sherikchilikka salohiyati bor narsani qabul qilib olsa, inonga aylanadi. Tijorat mollari va ko‘chmas mulk bo‘lsa, mufovaza bo‘yicha qoladi.
Inon nimaligini shartnoma shirkatining ikkinchi turini o‘rganish davomida bilib olamiz.
INON SHIRKATI


وَعِنَانٌ: وَهِيَ شَرِكَة فِي كُلِّ تِجَارَةٍ، أَوْ نَوْعٍ، وَتَصِحُ بِبَعْضٍ مَالِهِ مَعَ فَضْل مَالِ أَحَدِهِمَا، وَتَسَاوِي مَالَيْهِمَا مَعَ تَفَاوُتِ الربح، وكوْنِ أَحَدِهِمَا دَرَاهِم وَالْآخَرِ دَنَانَيرَ، وَبِلَا خَلْطِ.
وَكُلٌّ مُطَالَبٌ بِثَمَنِ مَشْرِيَّهِ لَا غَيْرُ، ثُمَّ يَرْجِعُ عَلَى شَرِيكَهِ بِحَصْتِهِ إِنْ أَداهُ مِنْ مَالِهِ. وَلَا تَصِحَانِ إِلَّا بِالتَّقْدَيْنِ، وَالْفُلُوسِ النَّافِقَةِ، وَالتَّبْرِ، وَالنَّفْرة إِنْ تَعَامَلَ النَّاسُ بِهِمَا.
وَهَلَالُ مَالِهِمَا، أَوْ مَالِ أَحَدِهِمَا قَبْلَ الشِّرَاءِ يُفْسِدُهَا، وَهُوَ عَلَى صَاحِبِهِ قَبْلَ الخلط في يد أَيهمَا هَلَكَ، وَبَعْدَ الخلط عَلَيْهِمَا. ولكل مِنْ شَرِيكي مُفَاوَضَةٍ وَعِنَانٍ أَنْ يُبْضِعَ وَيُودِعَ وَيُضَارِبَ وَيُؤْكُلَ، وَالْمَالُ فِي يَدِهِ أَمَانَةٌ.10

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling