O’zbekiston musulmonlari idorasi
SHIRKATNI BOTIL QILADIGAN NARSALAR
Download 292.75 Kb.
|
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHERIKLARDAN BIRI BOSHQALARINING ZAKOTINI BERISHI
- II BOB. MUZORABANING SHAR’IY ASOSLARI 2.1.Muzoraba amalining ta’rifi, dalili va uning shar’iy joriy etilish hikmatlari
SHIRKATNI BOTIL QILADIGAN NARSALAR
تَبْطُلُ الشَّرِكَةُ بِالْمَوْتِ، وَالجُنُونِ، وَاللحَاقِ بِدَارِ الْحَرْبِ مُرتَدا.14 Shirkat o‘lim, jinnilik, murtad bo‘lib, dorul harbga o‘tib ketish bilan botil bo‘ladi. Ya’ni shirkatdagi sheriklardan biriga yuqoridagi holatlardan biri oriz bo‘lsa, oradagi shirkat buziladi. SHERIKLARDAN BIRI BOSHQALARINING ZAKOTINI BERISHI وَلَمْ يُرَكَ أَحَدُهُمَا مَالَ الْآخَرِ بِلَا إِذْنِهِ، فَإِنْ أَذِنَ كُلُّ، فَأَدَّيَا وَلَاءٌ، ضَمِنَ الثاني للأَوَّلِ، وَإِنْ أَدْيَا مَعًا، ضَمِنَ كُل قِسْطَ غَيْرِهِ.15 Sheriklardan biri ikkinchisining molidan uning iznisiz zakot bermaydi. Agar har biri izn bersa va ikkisi ham birin-ketin bersa, ikkinchisi birinchiga to‘laydi. Agar ikkisi bir vaqtda bersa, har biri boshqasining ulushini beradi II BOB. MUZORABANING SHAR’IY ASOSLARI 2.1.Muzoraba amalining ta’rifi, dalili va uning shar’iy joriy etilish hikmatlari Ma’lumki, muzoraba amali muqaddas Islom dinimizda avvaldan mavjud bo‘lib, musulmonlar azaldan bu amal bilan shug‘ullanib kelganlar. Shunday bo‘lsa – da, bunga oid bir tarixiy voqeani keltirish o‘rinlidir. Ikkinchi xalifa Hazrati Umar roziyallohu anhuning ikki Abdulloh va Ubaydulloh nomli o‘g‘illari bo‘lib, ularning qilgan muzorabalari bu borada ilk amallardan biri bo‘lgan. Bu ikki zot Islom lashkari bilan Madinadan Iroq shahriga bordilar. O‘shanda Abu Muso al – Ash’ariy roziyallohu anhu Basra shahrining amiri edi. Ziyorat ma’nosida bu ikki zot Abu Muso hazratlarining oldiga keldilar. Basra amiri ularni ehtirom ila qarshi oldi. Suhbat so‘ngida Abu Muso roziyallohu anhu ikkisiga qarab: «Agar Alloh taolo qodir qilsa, men sizlar uchun foydali bir ish qilmoqchiman», So‘ng so‘zida davom etib: «Mening huzurimda Allohning molidan bir muncha bor, uni mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga yuborishni hohlayman. Sizlar uni qarz sifatida olib, Iroqdan biror nima sotib olinglar, so‘ng uni Madinaga olib borib sotasizlar. Men bergan miqdorni mo‘minlar amiri bo‘lmish otangizga berib, foydasini o‘zlaringizga olib qolasizlar », dedilar. Ular bunga rozi bo‘ldilar va kutilgandek foyda ko‘rdilar. Abu Muso roziyallohu anhu bergan miqdorni xalifa Umar roziyallohu anhuga topshirdilar. Shu vaqt adolatli xalifa o‘g‘illarini so‘roqqa tutib: «Ey o‘g‘illarim, Abu Muso sizlar bilan birga qo‘shinning har bir askariga ham ushbu tarzda mol berdimi yoki faqat ikkingizgami? » dedilar. Shunda ular: «Faqat ikkimizga berdi», dedilar. Hazrati Umar roziyallohu anhu: «Sizlar mo‘minlar amirining o‘g‘li bo‘lganingiz uchun muhabbat yuzasidan shunday qilgan », deb ko‘rilgan foydani ham Baytul molga topshirishni talab qildilar. Abdulloh roziyallohu anhu sukut qilib turdilar, ammo Ubaydulloh roziyallohu anhu otalariga qarab: «Ey mo‘minlar amiri, bunday qilmasligingiz kerak. Chunki mol zimmamizda qarz bo‘lib, agar halok bo‘lib qolganda siz bizdan albatta undirgan bo‘lardingiz », dedilar. Yani: «Bu mol biz javobgar bo‘lgan qarz molidir. Qarz beruvchi olgan odamning molidan ko‘rgan foydasini tortib olishga haqli emas – ku?», demoqchi bo‘ldi. Hazrati Umar roziyallohu anhu baribir o‘z so‘zidan qaytmadilar, Ubaydulloh roziyallohu anhu esa yana ikkinchi bor takror qilib turganda majlis ishtirokchilaridan bir zot Xalifaga qarab: «Ey mo‘minlar amiri uni muzoraba qilsangiz – chi », dedilar. Yani: Foydani teng yarmi baytul molga yarmi esa ikkisiga, dedilar. Xalifa Umar roziyallohu anhu ularga qarab: «Uni muzoraba qildim », dedilar va aytilgandek taqsim qildilar. Bu voqea Islom tarixida mashhurdir. Shuningdek, bu amal bilan ko‘plab sahobalar shug‘ullanganlar. Ulardan hech biri bunga qarshi chiqmaganlar. Balki butun ummat muzoraba amalini shar’an joizligiga ijmo qilgan16. Muzoraba amali Islomdan avvalgi johiliyat davrida ham mavjud bo‘lib, insonlar o‘zaro bunday amallarga ehtiyojli bo‘lgan. Qolaversa, bu amal jamiyat taraqqiyoti uchun yaxshigina vosita vazifasini o‘taydi. Chunki jamiyatda barcha birdek emas – kimlardir qo‘lida sarmoyasi bor, ammo uni qanday ko‘paytirish yo‘lini yaxshi bilmaydi yoki bilsa – da , vaqti yetmaydi. Yana kimlar esa yaxshi ish bilarmon qaerdan qanday va qancha daromad topishni biladi. Biroq, unda sarmoya yo‘q. Qarabsizki, ikki tomon o‘zaro bir – birlariga ehtiyojlidir. Buyuk Alloh doim bandalari foydasini ko‘zlab hukmlar joriy qilgan, chunonchi muzoraba amalini ham. Chunki, bu amal sababli odamlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, ishonch va bir – birini qo‘llab – quvvatlash paydo bo‘ladi. Shu va shunga o‘xshash hikmatlar insonning qosir aqli etganidir. Bu amalni shar’an joriyn etilish hikmatlari yana bir qanchadirkim, ular hikmat sohibi bo‘lmish robbimiz ilmiga havoladir. «Muzoraba» «yer yuzida yurish» ma’nosini anglatadi. Chunki, bu ishni yurituvchi yer yuzida talabi kasb qilib yuradi. Muzorabada ra’sulmol bir tomandan, xizmat ikkinchi tomondan bo‘ladi. Molning egasi ishchi bilan kelishib, molni unga beradi. Tushgan foyda kelishuvga asosan bo‘lib olinadi. Zarar mol egasiga bo‘ladi. Ishchi esa, qilgan mehnatidan zarar ko‘radi, xolos. Muzoraba Qur’on, Sunnat, Ijmo‘ va Qiyos ila sobit bo‘lgandir. Alloh taolo: Download 292.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling