O’zbekiston musulmonlari idorasi
وَجَعَلْنَا النَّهَارَ مَعَاشًا (
Download 292.75 Kb.
|
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- وَلَقَدْ مَكَّنَّاكُمْ فِي الْأَرْضِ وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَايِشَ قَلِيلًا مَا تَشْكُرُونَ (
وَجَعَلْنَا النَّهَارَ مَعَاشًا (۱۱)
“Va kunduzni maosh (tirikchilik vaqti) qildik”20, deydi. Bu oyat ham maosh uchun, rizqu ro‘z topish uchun harakat qilish lozimligini bildiradi. Alloh taolo kunduzini tirikchilik, ro‘zg‘or harakati vaqti qilib qo‘ygan. Inson maoshi uchun kunduzning faqat yorug‘ligi emas, undagi juda ko‘p xususiyatlar kerak. Misol uchun, yorug‘ bo‘lsa-yu, quyosh chiqmasa, maosh bo‘lishi mumkinmi? Yo‘q, albatta. Kunduzgi quyosh issiqligi, yog‘dusidan nafaqat inson, balki butun mavjudot foydalanadi. Alloh taolo kunduzga xos qilib qo‘ygan shunga o‘xshash narsalar ko‘p. Alloh taolo: وَلَقَدْ مَكَّنَّاكُمْ فِي الْأَرْضِ وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَايِشَ قَلِيلًا مَا تَشْكُرُونَ (۱۰) “Batahqiq, biz sizlarni yer yuzida imkonli qildik va unda sizlarga maishat (vositalarni) qildik. Juda oz shukr qilasizlar ”21, deyilgan. G‘oyat qisqa iboralardan tashkil topgan ushbu oyati karima o‘zida cheksiz haqiqatni, voqe’likni mujassam qilgan. Yer yuzida insonga yashash imkonini berish oson ish emas. Bu imkonni yaratish uchun qanchadan – qancha bir – biriga bog‘liq ishlar amalga oshirilgan. Avvalo, olam inson hayotiga moslangan, keyin inson bu dunyoda yashashga moslashtirilgan. Bu ikki taraflama moslashishning vajudga kelishiga sabab bo‘ladigan ishlar haqida olimlar qanchadan – qancha kitoblar yozganlar va yozmoqdalar ham. Inson dunyoda o‘zi uchun yaratib qo‘yilgan imkoniyatlaridan aqalli bir nechtasini o‘ylab ko‘rsa, Alloh taologa har qanch shukr qilsa ozligini tushunib yetadi. Misol uchun, eng e’tibor berilmaydigan narsa – havoni olib ko‘raylik. Malumki, inson havosiz yashay olmaydi. Ammo hayot uchun zarur havo faqat yerda va uning atrofida bor. Undan yuqoriga chiqsangiz ham, pastga tushsangiz ham yo‘q. qolaversa, havoni doimo tozalab, insonga kerakli holga keltirib turuvchi omillar, jumladan, daraxtlarni ham Alloh taolo yaratib qo‘ygan. Bu ne’matning qadrini bilish uchun inson havosi yo‘q yoki havosi buzuq joyda bir oz tursa, kifoya. Ammo havo har qancha musaffo bo‘lmasin, uni qabul etib turuvchi a’zo bo‘lmasa befoyda. Xo‘sh, havodan nafas olib, nafas chiqaradigan, boshqa a’zolarga o‘z ta’sirini o‘tkazadigan a’zolarini insonga kim beribdi? Albatta, Alloh taolo bergan. Ushbu ne’matning qadrini bilish uchun nafasi qisadigan odamning oldida bir oz o‘tirishni o‘zi kifoya. Alloh taolo insonga yer yuzida yashashi uchun bergan bu imkoniyat son – sanoqsiz boshqa imkoniyatlarning bittasi, xolos. Odatda odam o‘ziga biror narsa bergan, tuxfa etgan kishiga tashakkur aytib, hurmatini joyiga qo‘yishga intiladi. Ammo ko‘plab insonlar borki, shunchalik behisob ne’matlarni bergan Alloh taologa shukr keltirmaydilar. Shukr qiladiganlarning shukri juda ham ozdir. عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّهُ قَالَ: كَانَ سَيِّدُنَا اْلعَبَّاسُ بْنُ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ إذَا دَفَعَ الْمَالَ مُضَارَبَةً اشْتَرَطَ عَلَي صَاحِبِهِ أَنْ لاَ يَسْلُكَ بِهِ بَحْرًا وَلاَ يَنْزِلَ بِهِ وَادِيًا وَلاَ يَشْتَرِيَ بِهِ دَابَّةً ذَاتَ كَبِدٍ رَطْبَةٍ فَاءِنْ فَعَلَ ذَلِكَ ضَمِنَ فَبَلَغَ شَرْطُهُ رَسُولَ اللهِ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمْ فَأَجَازَ شَرْطَهُ. رَوَهُ الطَّبَرَانِيُّ.22 Imom Toboroniy qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu quyidagilarni aytganlar: Sayyidimiz Abbos ibn Abdulmuttolib molni muzoraba uchun bersa, uni dengizda olib yurmaslik, u bilan vodiyga tushmaslik va u ila hayvon sotib olmaslikni shart qilar va bularni qilsa to‘lab berishini aytar edi. Uning shartlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga etganida, ijozat berdilar. عَنْ صَالِحِ بْنِ صُهَيْبٍ عَنْ أَبِيْهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم: ثَلاَثُ فِيْهِنَّ الْبَرَكَةُ: الْبَيْعُ إِلَي أَجَلٍ, وَالْمُقَارَضَةُ, وَأَخْلاَطُ الْبُرِّ بِالشَّعِيْرِ لِلْبَيْتِ لاَ لِلْبَيْعِ . رَوَاهُ ابْنُ مَاجَةَ.23 Solih ibn Suhaybdan, u otasidan roziyallohu anhumo rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Uch narsada baraka bordir: Bahosini keyin berish sharti ila sotishda, muqorazada (savdo mollarini almashtirishda) va sotish uchun emas, uy uchun bug‘doy bilan arpani aralashtirishda, - dedilar. Ibn moja rivoyat qilgan. Ijmodan dalil keltiradigan bo‘lsak, sahobalardan ko‘pchiliklari yetimning molini muzorabaga berganlari va biror kishi buni inkor qilmagani ma’lum va mashhur. Qiyosga kelsak, muzoraba musoqotga qiyos qilingan. Odamlarning hojati doimo bu kabi narsalarga tushib turadi. Ulardan ba’zilarining moli bo‘ladi. Ammo uni ishlatishga imkoni bo‘lmaydi. Boshqasining imkoni va bilimi bor. Lekin moli bo‘lmaydi. Muzoraba orqali ikkisining ham hojati chiqadi. Download 292.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling