O’zbekiston musulmonlari idorasi


Muzorabaning rukn, shart va hukmlari


Download 292.75 Kb.
bet13/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

2.2. Muzorabaning rukn, shart va hukmlari
Muzoraba bitimi tuzuvchilar maqsadiga ko‘ra, foydada o‘zaro sherik bo‘lishdir. Shuning uchun fuqaholar bunga bir tomondan mol, ikkinchi tomondan mehnat sarflanib, hosil bo‘lgan foydada sherik bo‘lishga tuzilgan bitim, deb ta’rif berganlar. Muzorabaning rukni ham boshqa bitimlar kabi asosan talab va taklif ma’nosidagi so‘zlardir.
Shunga ko‘ra, bitim “bu molni ishlat”, “molda muzoraba qil” oluvchi tomon esa: “oldim”, “qabul qildim” va hakozo lafzlarni aytish orqali tuziladi. Barcha bitimlarda bo‘lganidek, muzorabada ham o‘ziga xos shartlar mavjud: Mol beruvchi tomonning moli muomaladagi qiymatli pul yoki uning hukmida bo‘lgan narsa bo‘lishi kerak.

  • Keyinchalik o‘rtada nizo kelib chiqmasligi uchun sarmoya sifatida berilayotgan mol miqdori aniq belgilanishi kerak.

  • Mehnat qiluvchining zimmasidagi haqdan sarmoya sifatida foydalangan holda bitim tuzilmasligi kerak.

  • Mehnat qiluvchiga beriladigan molni mustaqil ravishda tasarruf qilish imkoniyati bilan berilishi lozim.

  • Mehnat qiluvchining foydadan oladigan nasibasi ma’lum bo‘lsin. Masalan, foydaning yarmi, uchdan biri va hakozo. Ammo, bitim muayyan miqdor tayin qilib tuzilmasligi kerak. Misol uchun, “bu molimni muzoraba qil, foyda ko‘rsak 2000 so‘mi senga bo‘ladi”, deb qaydlash bilan bitimlashish joiz emas. Chunki bu qayd hali topilmagan foyda ustida bo‘lib, bitim taqozo qilmagan shartdir.

  • Mol egasi mehnat qiluvchiga sarmoya berishda Mehnat qiluvchi unga hovlisini yoki ekin ekib turish uchun yerni berishni shart qilib bitim tuzmasligi kerak.

Mehnat qiluvchi va mol egasiga oid narsalar:
Albatta, bu ikki tomon quyidagi ko‘rsatmalarga rioya etishlari bilan faoliyat yuritishi mumkin:
Birinchi: Mulkdor muzoraba amalini ma’lum vaqtga qaydlab qo‘yishga haqli. Shuning uchun “faqat yoz mavsumida”, yoki “qishda” yoki “bir yil mobaynida”, deb muddat shart qilmog‘i joiz.
Ikkinchi: Mulkdor muzoraba amali bir makonda bo‘lishini talab qilishi ham mumkin. Shuning uchun “faoliyat faqat Andijonda yoki Buxoroda va hakozo bo‘lsin”, deb bir yurt yoki makonni qaytlab shartlashishi joiz.
Uchinchi: Mulkdor muzorabaga mehnat qiluvchini tijoratning bir turiga qaydlashi mumkin. Shunga ko‘ra, “faqat hayvon boqish bilan” yoki “sanoat mollari savdosi bilan shug‘ullaning”, deb tijoratni xoslash va uni shart qilish joiz.
To‘rtinchi: muzorabani biror shaxs yoki firmaga qaydlash mumkin. Shunga ko‘ra, mehnat qiluvchi molni faqat muayyan kishiga sotish yoki sotib olish bilan faoliyatni yuritishini shartnomada qayd qilish mumkin.
Muzorabani “Muxtasari Viqoya”ning sohibi quyidagicha ta’riflaydi:

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling