Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
Albatta, halol ochiq – oydindir. Albatta, harom ochiq – oydindir. Va ikkovlari orasida shubhali narsalar bordir. U (shubhali) narsalarni odamlarning ko‘plari bilmaslar. saqlansa, diyni va obro‘si uchun poklangan bo‘ladi. Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi. Bu huddi qo‘riqxona atrofida hayvon boqqan cho‘ponga o‘xshaydi. Undan o‘tlab qo‘yishi turgan gap.
Ogoh bo‘linglar! Albatta, har bir podshohning o‘z qo‘riqhonasi bordir.
Ogoh bo‘linglar! Albatta Allohning qo‘riqxonasi Uning harom qilganlaridir.
Ogoh bo‘linglar! Albatta, jasadda bir parcha go‘sht bordir. Qachon u solih bo‘lsa, jasadning hammasi solih bo‘lur. Qachon u buzuq bo‘lsa, jasadning hammasi buzuq bo‘lur.
Ogoh bo‘linglar! O‘sha narsa qalbdir, dedilar.
Ushbu hadisi sharif eng ulug‘ hadislardan hisoblanadi. Ulamolarimiz bu hadis Islomga mador bo‘lgan uchta hadisning biridir, shuning uchun bu hadisni Islomning uchdan biri desak bo‘ladi.
Shuningdek bu hadisda harom narsalarni ham bayon qilib, halolga urinish, haromdan hazar qilishga chaqiradilar. Shu bilan birga, halol bilan haromning o‘rtasida shubhali narsalar borligini, kim dini va obro‘sini pok saqlay, desa, shubhali narsalardan ehtiyot bo‘lishini takidlaydilar.
Shubhali narsalarga yaqinlashish huddi podshoh o‘zi uchun xos qilgan qo‘riqxona yonida hayvon boqishdek xatarli ekanini bayon qiladilar. So‘ngida esa bu jabhada eng muhim masala – qalb masalasi ekanligini, qalb halol – haromdan solih bo‘lishligini tushuntiradilar. Jumladan savdo – sotiqda, muzorabada, muzora’ada shubhali va harom narsalardan saqlanishlik kerak.
Halol so‘zi “tugunni yechish” ma’nosini bildiradi.
Shariatda esa haromlik tuguni yechilgan, yani haromlik sifati yo‘q narsaga halol deb aytiladi.
Demak, musulmon kishi o‘zi halol bo‘lgan narsani shariatda halol qilingan yo‘l bilan topib undan foydalanishi kerak. Alloh taoloning amri mana shu.
Alloh taoloning huzuridagi eng to‘g‘ri din ya’ni, Islom dinida yuqorida zikr qilingan savdoning bir qismi bo‘lmish muzoraba ham bayon qilindi. Endi esa shariat ahkomlaridan biri muzora’a haqida so‘z yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |