O’zbekiston musulmonlari idorasi


«Albatta, ko‘p sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Iymon keltirib, solih amal qilganlargina mustasno


Download 292.75 Kb.
bet5/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

«Albatta, ko‘p sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Iymon keltirib, solih amal qilganlargina mustasno6», degan.
Shuningdek, Islom ummati mol-mulkda, moliyaviy muomalarda sheriklikni doimo ma’qullab kelgan. Chunki modomiki kishilar bir jamiyatda yashar ekanlar, bunday ishlarga hamisha muhtoj bo‘ladilar. Shirkatning shariatga kiritilishiga sunnatdan ham bir qancha dalillar bor.


عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ لله، عَن النَّبيِّ ﷺ قَالَ: «قَالَ اللهُ تَعَالَى: أَنَا ثَالث الشريكَيْنِ مَا لَمْ يَكُنْ أَحَدُهُما صَاحِبَهُ، فَإِذَا حَانَهُ، خَرَجْتُ مِنْ بَيْنِهِمَا».
رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ.7
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo: «Men ikki sherikning, modomiki ularning biri o‘z sohibiga xiyonat qilmasa, uchinchi-sidirman. Bas, qachon unga xiyonat qilsa, oralaridan chiqaman», deydi», dedilar”.
Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan. Ushbu hadisi qudsiyda sherik bo‘lganlarning bir-birlariga xiyonat qilmasliklari haqida qattiq ta’kidlash bordir.
Agar sheriklar bir-birining haqiga ko‘z olaytirmasa, poymol qilmasa, Alloh taolo ular bilan birga bo‘ladi. Xayr-baraka birga bo‘ladi.
Agar sheriklar bir-birlariga xiyonat qilsalar, Alloh taolo ularning orasidan chiqadi. Ularning shirkatidan xayru baraka ham ko‘tariladi. So‘ng ularning orasiga shayton kiradi. Shirkatlari esa tanazzulga yuz tutadi.


عَن ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ الله عنهما ، قال : أعطى رَسُول الله ﷺ خَيْبَرَ اليهود أَنْ يَعْمَلُوهَا وَيَزْرَعُوهَا، وَهُمْ شَطْرُ مَا يَخْرُجُ مِنْهَا. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar- yahudiylarga, unda ishlab, ziroatchilik qilishlari uchun berdilar. U yerdan chiqadigan narsaning yarmi ularga bo‘ladigan bo‘ldi8”.
To‘rtovlari rivoyat qilishgan.
Madinai Munavvara yaqinidagi Xaybar nomli joyda yahudiylar yashagan. Ularning xiyonatlari oqibatida musulmonlar bilan oralarida urush chiqqan. Urushda ular yengilib, yerlari o‘lja sifatida musulmonlarga o‘tgan. Ana o‘shanda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yahudiylar bilan shartnoma tuzib, o‘sha yerlarni ularga dehqonchilik qilish uchun berganlar. Chiqqan mahsulotni o‘rtada teng bo‘lishga kelishilgan. Buning nomini «muzora’a», ya’ni «o‘zaro ziroatchilik qilish» deyiladi. Bu sherikchilik ishida Islom davlati yer bilan, yahudiylar uruglik va xizmat bilan ishtirok etishgan. Buni hozirgi zamon tili bilan «kishlok xujaligi shirkati» deyish mumkin.

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling