O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari


Download 78.78 Kb.
bet2/6
Sana11.03.2023
Hajmi78.78 Kb.
#1259315
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oquv reja Slayd Ameliy

Uzluksiz ta’limda ta’lim oluvchilarga belgilangan o‘quv dasturlari asosida bilim berish va o‘quv natijalarini baholashda Blum taksonomiyasi mezonlariga asoslaniladi. Amerikalik mashhur psixolog va pedagog Benjamin Blum tomonidan asos solingan savol va topshiriqlar tizimi - bilish faoliyati darajalariga asoslangan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi zamonaviy ta’lim olamida yetarli darajada keng tarqalgan. O‘quv maqsadlari taksonomiyasi-o‘quvchilar o‘zlashtirishining ma’lum bir darajasidan darak beruvchi konkret harakatlari, mazmunan obektlarni tabiiy o‘zaro bog‘liqlik asosida murakkablashib borishini ketma-ket joylashtirish orqali turkumlashtirilishi yoki tizimlashtirilishi. Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasidir.Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, vaziyatni baholash ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada Benjamin Blumning bilish va emosional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasi o‘quvchini fanga qiziqtirish, bilish faoliyatini jadallashtirish, intellektual salohiyatini aniqlash uchun eng maqbul yo‘ldir. Blum tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishda oltita darajaga ajratdi. Bir necha bosqichli savollar tizimining asosiy maqsadlari: o‘quvchilarda ijodiy fikrlash ko‘nikmasini hosil qilishga yordam berish, muammolarini yechish va maqsadli obektiv yechimlarini topish. Bu maqsadlarga qachon erishish mumkin, qachonki o‘qituvchi o‘quvchining chuqur o‘ylash jarayonini bosqichma- bosqich rag‘batlantirib borsa. Shuning uchun Blum fikrlash jarayonini sistemalashtirgan holda bir necha bosqichli savollar tizimini ishlab chiqqan.

O‘quv maqsadlarini belgilash me’zonlarining zarurati va ahamiyati

O‘quv maqsadlarini belgilash me’zonlarining zarurati va ahamiyati

O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir. Dars bu- sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir. Shunday ekan, har bir o‘qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o‘qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o‘tish, o‘quvchilarga yaxshi ta’lim-tarbiya berish tashkil etadi.


Direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari har bir o‘qituvchining dars ishlanmasini ko‘rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim (minimum) hujjatlar bo‘lishini nazorat qiladi:
dars ishlanmasi (konspekti)
taqvim-mavzu reja
o‘quv dasturi
darslik

Download 78.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling