O‘quv maqsadlari Fanning o‘quv maqsadlari tarmoq standartining har bir ixtisoslik bo‘yicha kasbiy tavsifnomada keltirilgan kasb faoliyat turlari, maxsus talablar, ko‘nikma va bilimlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi lozim, ya’ni tarmoq standarti bilan standartlashtirilgan o‘quv dasturlari to‘la mos kelishi kerak. O‘qitish da o‘quv maqsadlarini qo‘yish uslubi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu o‘quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan natijalar orqali belgilanadi. O‘quv maqsadlarini aniqlash, o‘qitish ni qayta takrorlash imkoniga ega bo‘lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo‘llanishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin. Maqsadlarning qo‘yilishi... Umumiy maqsadlar - DTS, o‘quv dasturidan o‘tiladigan mavzu yuzasidan o‘quvchilar qanday bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhimligi aniqlashtirilib, shu asosida mashg‘ulot maqsadlari belgilab olinadi. Pedagog maqsadi 1-ta’limiy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarda dunyoqarashni kengaytirish, bilish faoliyati, bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ma’lum ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; 2-tarbiyaviy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarda mustaqillik, o‘zaro munosabat, axloqiy yo‘nalishlarni, mustaqil faollikka asos bo‘luvchi motivlarni shakllantirish; 3-rivojlantiruvchi mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarda diqqat, nutq, taqqoslash, refleksiya, aniq yechimlarni izlab topish ko‘nikmalarini, mashg‘ulotga nisbatan qiziqishni rivojlantirish bilan belgilanadi. Bugungi kunda birmuncha keng tarqalgan B.Blum tizimining kognitiv sohasi bo‘yicha o‘quv maqsadlari taksonomiyasini keltiramiz. U o‘zida olti toifadagi asosiy o‘quv maqsadlarini qamrab oladi: bilish, anglash, qo‘llash, tahlil, sintez va baholash. Bugungi kunda birmuncha keng tarqalgan B.Blum tizimining kognitiv sohasi bo‘yicha o‘quv maqsadlari taksonomiyasini keltiramiz. U o‘zida olti toifadagi asosiy o‘quv maqsadlarini qamrab oladi: bilish, anglash, qo‘llash, tahlil, sintez va baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |