O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 
Gap shundaki, agar ijro rejalashtirilgan nuqtaga erishilmasa, darhol standart yoki maqsadni 
ayblovga qo‘ymang. Agar siz menejer sifatida standartni real, haqqoniy va erishsa bo‘ladigan 
deb qarasangiz, u holda siz hodimlaringizga kelajakda yaxshi natija kutishingizni ayting va ularga 
yordam berish uchun kerakli chora tadbirlarni amalga oshiring.
6

Ish boshqarish tizimi va uni baholash 
Menejerlar boshqa odamlar ustidan hukmronlikka egadirlar va ularning holati shu 
hukmronlik bilan belgilanadi. Ular yuqori tashkilot rahbarlari, huquqlari teng bo‘lgan shaxslar va 
qo‘l ostidagi xodimlar bilan munosabatlarini olib boradilar va shu munosabatlar bahos yoki model 
sifatida bayon etilishi mumkin. 
Menejerlar har kuni muammolar va ko‘zda tutilmagan holatlar bilan to‘qnashib to‘xtovsiz 
bahoslarini o‘zgartirib turadilar. Biroq menejerning tashkilotchilik darajasiga qarab o‘z qobiliyati 
va mohiyati bo‘yicha bahoslarning bir ko‘rinishi boshqalari bilan almashishi yoki ustunlik qilishi 
mumkin.
Ana shu o‘nta bahosining hammasi aniq bir tashkilot ko‘rinishidan qat’iy nazar menejer 
ishining hajmi va maxmunini aniqlab beradi.
 
2. Motivatsiya. 
 
Ruscha-o‘zbekcha lug‘atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga 
kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalilar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui 
ma’nosida talqin etiladi.
7
Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu 
nuqtayi nazardan: 
Motivlashtirish-bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbaasi, sababi, dalili va harxil
turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli 
vositadir.Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish-bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan 
maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U mua’yan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa 
sabablarda namoyan bo‘ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini 
tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda-kiyim-
kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. 
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim 
olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq 
umr ko‘rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish
orqali qondiriladi. Umuman: Ehtiyoj- odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir. 
Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo‘ladi. Ya’ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi 
va jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq.Masalan, 
maktab o‘quvchisi bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning 
6
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 517-518-betlar 
7
Ruscha-o‘zbekcha lug‘at. T., “UzFA nashriyoti”, 1953, 111-bet 





Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling