O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi ham rahbarlardan boshqarishni faqat ehtiyoj va 
qiziqishlar vositasida, ya’ni 3-yondashuv orqali amalga oshirishni talab qiladi. Chunki boshqa 
(1,2 va 4) yondashuvlar qarshi harakat bo‘lib, xodimlar va jamoa bilan rahbariyat o‘rtasida 
ixtiloflarga olib kelishi mumkin. 
 
Kutish nazariyasi amerikalik ruhshunos V.Vrum tomonidan 1964 yilda ishlab chiqilgan. 
Uning mohiyati shundaki, motivatsiya nafaqat ehtiyojni qoniqtirishga, shuningdek maqsadga 
erishish uchun tanlangan hohshga ham bog‘liq. Kutish nazariyasida 3 ta muhim omilning o‘zaro 
munosabati asosiy o‘rinni tutadi: 

mehnat xarajatlari (MX) bilan natija (N) o‘rtasidagi farqni kutish (MX-N); 

natija(N) bilan rag‘batlantirish (R) o‘rtasidagi farqni kutish (N-R); 

rag‘batlantirish qiymati (Q), ya’ni qoniqishning yoki qoniqmaslikning nisbiy 
ko‘rsatkichi. 
Har uchala omil o‘rtasidagi bog‘lanishni qo‘yidagicha ifodalash mumkin: 
Motivatsiya (M) =(MX-N) (N-R) Q. 
Kutilgan narsa qanchalik qoniqishga olib kelsa, shunchalik motivatsiya kuchli bo‘ladi. Bu 
degan so‘z-ehtiyoj tushunchasidan tashqari rahbar murakkab, qiyin ishga astoydil ishlaganga 
yaxshi haq to‘lanadigan va rag‘batlanadigan aniq kutish vaziyatlarini yaratish kerak. Kutish 
nazariyasining mohiyati ham shuni taqoza etadi. 




 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 
Adolatlilik nazariyasiga binoan kishilar o‘zlari erishgan rag‘bat darajasini shu tizimda 
band bo‘lgan boshqa kishilar erishgan rag‘bat darajasi bilan qiyosiy taqqoslaydi, ya’ni: 
____________________________________________________ 
Individual daromad Boshqa shaxs daromadi 
_________________ 

___________________ 
Individual Xarajat 
Boshqa shaxs Xarajati 
_____________________________________________________ 
Dj.Adams fikricha Xarajat tarkibida nafaqat xodimning mazkur ishni bajarishga sarflagan 
mehnati, shu bilan birga uning shu korxonada ishlagan ish staji, malaka darajasi, yoshi, sotsial 
mavqei kabilar ham inobatga olinadi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling