O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 
ham qabul qilmaydilar. Shunday rahbarlar ham bo‘ladiki, faqat yuqori tashkilotlar buyrug‘iga 
qarab turadilar, o‘zlari mustaqil ish qilmaydilar, ularda ishonch bo‘lmaydi, turli bahonalarni 
ro‘kach qilaveradilar. 
Shu sababli har bir boshqaruvchining huquq va burchlari, mas’uliyati va javobgarligining 
aniq belgilanib qo‘yilgani boshqaruv jarayoni uchun o‘ta zarurdir. Qaror qabul qilishda buning 
uchun kim javob burishi mutloq aniq bo‘lishi kerak. Xuddi shuningdek, qaror o‘z vaqtida qabul 
qilinmaganligi yoki muddatidan o‘tkazib yuborilganligi uchun kim javob berishi ham aniq bo‘lishi 
lozim. 
Ko‘pchilik masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qilishga erishmoq kerak. 
Boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘z ishini bajarishi kerak, yuqori organlarga hadeb murojat 
qilaverilsa, ular yirik muammolar bilan shug‘ullanishga yetarli vaqt topa olmay qolishlari mumkin. 
Quyi organlar o‘z huquqlari dorasidagi masalalarni tezkor hal qilishlari mumkin. 
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va 
mazmunga ega bo‘lgan minglab qarorlar qibal qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo‘yicha 
guruhlarga bo‘lish mumkin. 
 
Strategik qaror maqsadga erishishda jiddiy ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv 
organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqarish maqsadlarida qabul qilinadi. 
Bunday dasturlarga: 
*xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish
* raqobatchilik muhitini shakllantirish; 
* chuqur tarkibiy o‘zgarishlarga erishish. 
*kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo‘la oladi. 
Taktik qarorda maqsadga erishishning vosita va usullari batafsil ishlab chiqiladi. Bu 
yerda so‘z faqat joriy, tezkor qarorlar to‘g‘risida borayapti. Bunday qarorlarga quyidagillar misol 
bo‘la oladi: 
*korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish
*kadrlar masalasini yechish va hokazo. 
Mazkur qarorlar yuqori va o‘rta bo‘g‘indagi rahbarlar tomonidan uzog‘i bilan bir yilda ikki 
yilgacha bo‘lgan muddat uchun qabul qilinadi. 
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo‘lib, barcha bo‘g‘inlar uchun birdek amal 
qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, nonushta vaqti, ish haqini to‘lash muddatlari 
va hokazo. Umumiy qarorlar turkumiga kiradi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling