O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori buginda qabul qilingan rejalari, 
shuningdek, shu rejalar asosida quyi buginlar (sex, uchastka, brigada, smena, har bir xodim) 
uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so‘ngra 
u ma’muriy Hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va
hokazolar ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish - bu firma, korxona, sex, uchastka, 
brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayoniga 




 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 
rahbarlik qilish bo‘yicha aniq masalalarni hal etish demakdir. Bunda har bir bo‘linma o‘zining 
funksional vazifasini bajarish bilan band bo‘ladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal 
qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv bo‘linmalari bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib bosh rejalarning 
bajarilishini ta’minlaydi. 
Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan va o‘zi 
uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. 
Qarorlarni bajarishga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy 
manfaatlarini umum manfaatlar bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga
muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini 
bilishgina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham
talab qiladi. 
Mavjud yutuqlarni rahbar faqat o‘zining xizmatlari etib ko‘rsatmasligi lozim. Qaror ijro 
etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin uning sabablarini diqqat bilan o‘rganish zarur. 
Ko‘pgina rahbarlar yaxshi qarorlar qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga 
oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o‘z lavozimlarga mos kelmay qoladilar. Ba’zida bir 
masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qilinadi. 
Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari ham shundadir. 
Qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun ko‘rgazmali sxema-grafikni tuzish lozim. 
Unda ijrochilar, bajarish muddatlari, taqsimlangan ish hajmi, obyektlarga bo‘lish, sarflanadigan 
o‘rtacha vaqt, moddiy va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj qayd qilinadi. Tashkiliy reja 
ijrochilarga yyetkaziladi, tushuntiriladi, zarur bo‘lgan taqdirda yo‘l-yo‘riq uslubiy ko‘rsatmalar 
beriladi. 
Boshqarish jarayonidagi oxirgi bosqich - bu qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat 
qilishdir. 
Nazorat - bu qaytma (javoban) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi 
tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va o‘rnatilgan rejalarning joylarda bajarilish darajasi 
to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash usulidir. Haqiqiy holatni bilib olmasdan va dalillarni 
tekshirmasdan turib, to‘g‘ri va oqilona rahbarlik qilib bo‘lmaydi. 1quyi zvenolarni boshqarishda 
asosan hisobga olishning tezkor va buxgalteriya turlaridan foydalaniladi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 
hisob samarali qarorlar ishlab chiqish, ularning bajarilishini kuzatib borish imkonini beradi. 
Hisobga olishdagi chalkashlik odatda ishlab chiqarishni boshqarishda axvolning yomonligidan 
va katta kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling