Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy
Tajriba sinov natijalarining statistik tahlili va natijalari
Download 315.59 Kb.
|
Avazxonova 9 04 23
2.4. Tajriba sinov natijalarining statistik tahlili va natijalariTajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va uni tahlil qilish quydagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 1. Aniqlash bosqichi. 2. Izlanish va tajriba o’tkazish bosqichi. O‘qitish sinov - tajriba 2022-2023 o‘quv yili davomida Toshkent viloyat Yangiyol tumanidagi 44-UO’T maktabining 11-sinflarida parallel olib borildi va “Algebra va analiz asoslari” o’quv fanining “Hosila va uning tatbiqlari” bobi qamrab olindi. Tatqiqot davrida ishlab chiqilgan “Algebra va analiz asoslari” o’quv fanining “Hosila va uning tatbiqlari” bobini tezaurusli yondashuv asosida o’qitish metodikasi 44-UO’T maktabi 11-sinf o’quvchilarida tajriba sinovida o‘tkazildi. 11-sinf “ Hosila va uning tatbiqlari” bobini boshlashdan oldin bilim darajasi bir xil bo’lgan 11-“A” va 11-“B” sinflarda test o’tkazildi. (1-ilova ) Tajriba maydonlari sifatida belgilangan o’quvchilar soni
Tajriba-sinov ishlarida yuqorida qayd etilgan ta’lim muassalarining 40 nafar o’quvchisi tanlab olindi. Bulardan 19 nafari nazorat guruhi o’quvchisi, 21 nafari tajriba guruhi o’quvchisidir. 40 nafar o’quvchilarning har biri sinovda ishtirok etganligi sababli mos baholar soni ham 40 ni tashkil etdi. Birinchi tajriba sinov ishlarini boshlashdan avval o’quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga doir test o‘tkazildi. (2-ilova) Unda quyidagicha natijalar qayd etildi. Ushbu tajriba-sinov ishlarining natijalari quyidagilardan iborat: tajriba guruhlari o’quvchilarining 6 nafari 5 bahoga, 8 nafari 4 bahoga va 5 nafari 3 bahoga javob berdilar. Nazorat guruhi o’quvchilarining 5 nafari 5 bahoga, 9 nafari 4 bahoga va 7 nafari 3 bahoga javob berdi. Yuqoridagi natijalar 2 ta sinf o’quvchilarining tajriba va nazorat guruhlarining natijalarini umumlashtirgan holda taqdim etildi. O‘quvchilarning o‘quv harakatlarini o‘zlashtirishlari va tavsiya etiluvchi metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida ta’lim muassasasi o’quvchilariga yakuniy nazorat topshirig‘i berildi. (3-ilova) Tajriba-sinov so‘ngida o‘tkazilgan tajriba, taqdim etilayotgan ta’lim texnologiyalari samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba va nazorat guruhlarida tajriba ishlari boshida taqdim etilgan nazorat ishi ko’rinishdagi yozma ish berildi va olingan natijalar tahlil qilindi. Tajriba sinov ishlari yakunida quyidagicha natijalar qayd etildi: tajriba guruhlarida 9 nafar o’quvchi “5” baho, 7 nafar o’quvchi “4” baho, 3 nafar o’quvchi “3” baho; nazorat guruhlarida 4 nafar o’quvchi “5” baho, 12 nafar o’quvchi “4” baho, 5 nafar o’quvchi “3” baho. Baholash mezoni quyidagicha amalga oshirildi : umumiy savollar soni 5 ta. 90%-100% - “5” баҳо 80%-90% - “4” баҳо 60 % -79% - “3” баҳо Tajriba sinov boshida test (2-ilova) Tajribadan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish matematik statistika metodining Styudent mezoni orqali amalga oshirildi. Bunda tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarining olgan baholarining o‘rta arifmetik qiymati, samaradorlik koeffitsienti, variatsiya koeffitsienti, dispersiya va o‘rtacha qiymatlarning ishonchlilik oralig‘i aniqlandi. Ishonchlilik darajasi uchun tanlab olingan qiymat α=0.5 bo‘lsa, ishonchlilik darajasi 0.95 (95 % ) ni tashkil etadi. Tajriba – sinov ishlarining boshlanishidan avvalgi natijalar:
Tajriba – sinov ishlari so‘nggidagi natijalar: Nazorat guruhlari (n=19)
Tajriba guruhlari (n=21)
Endi tanlanma taqsimotlariga asoslangan holda tanlanma o’rta qiymatlarini hisoblaymiz (tajriba boshida) O’rtacha tanlanma (tajriba boshida ). Tajriba oxiri: O’rtacha kvadratik chetlanishni aniqlaymiz (tajriba boshi): Tajriba oxiri: Variatsiya ko’rsatkichlarini aniqlaymiz (tajriba boshi): Tajriba oxiri: Har ikki tanlanma uchun xatoliklarning aniqligini hisoblaymiz ( tajriba boshi): Ishonchli oraliqlarni keltiramiz: Ushbu tajriba-sinov ishlari bo‘yicha baholar tahlilining natijalari 8-jadvalda keltirilgan. Hisoblashlar Styudent mezoni asosida olib borildi. Download 315.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling