Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy


Download 315.59 Kb.
bet2/16
Sana08.05.2023
Hajmi315.59 Kb.
#1441838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Avazxonova 9 04 23

KIRISH


So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan o’quvchi yoshlarning bilimlarini oshirib borishga va har tomonlama ularning ta’lim va tarbiyasiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirishni talab etadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O’zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada o’nlab muhim farmon, qaror va dasturlarning qabul qilinlanligi hammizga ma’lum. Xususan yaqinda tasdiqlangan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, bir qator ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda qo’shma fakultet va o’quv markazlari tashkil qilishga ruxsat berildi. Shuningdek, o’qituvchilarga mualliflik dasturi va o’qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o’qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta’birlari bilan aytganimizda “Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya tizimi har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir”. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqiyosida ulkan e’tibor qaratilmoqda.
Hozirda matematika faniga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 12.07.2020 dagi “Matematikani o’qitishning yangi tizimi to’g’risida”gi nutqlarida: ”Kechagi dars berish uslubi bilan matematikani jadal rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois avval amalda yaxshi natija bergan xorijiy metodika asosida ta’lim dasturlari yaratib,o‘qituvchilarni qayta tayyorlash zarur. Metodika shunday bo‘lishi kerakki, u bolalarda matematikaga muhabbat uyg‘otsin. Buning uchun o‘quvchilar bu fan hayotda, har bir sohada o‘ziga kerakligini anglashi zarur. Yoshlar imtihondan o‘tish uchun emas, bilimli mutaxassis bo‘lish uchun o‘qishi lozim”, deb ta’kidladilar [Sh.Mirziyoyev. Matematikani o’qitishning yangi tizimi to’g’risida.
07.05.2020 dagi PQ-4708 raqamli qarorda yurtimizda matematikani o’qitishda yangiliklar kiritish matematikani rivojlantirish haqida quyidagi vazifalar qouilgan:
Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘paytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish;
matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish;
matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
Mamlakatimizning ilmiy va ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich jahonning matematika fani bo‘yicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish vazifalarini qo’yganlar. [1]

Download 315.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling