Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy
Bitiruv malakaviy ishining obyekti
Download 315.59 Kb.
|
Avazxonova 9 04 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining vazifalari
Bitiruv malakaviy ishining obyekti:
Maktabda Algebra va analiz asoslari fanini o’qitish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Maktabda Hosila va uning tatbiqlari mavzusini o’qitishning metodik asoslari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Maktabda Hosila va uning tatbiqlari mavzusini tezaurusli yondashuv asosida o’qitishning nazariy va metodik asoslarini o’rganish, tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: 1. Hosila va uning tatbiqlari mavzusini tezaurusli yondashuv asosida o’qitishning nazariy asoslarini o’rganish. 2. Hosila va uning tatbiqlari mavzusining tezaurusli tahlilini bajarish. 3. Tezaurusli tahlil asosida kompetensiyalarni oydinlashtirish. 4. Tezaurusli yondashuvga asoslangan o’qitish metodikasini bayon qilish. 5. Maktabda taklif etilgan metodikani sinab ko’rish, natijalarini bayon qilish Bitiruv malakaviy ishni bajarishda quyidagi metodlardan foydalanildi: analiz, taqqoslash, sintez, klassifikatsiyalash, umumlashtirish, suhbat, kuzatish, tajriba-sinov. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, o’n bitta paragraf, xulosa, izohli lug’at va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishni ob’ekti, predmeti, maqsadi, ishning vazifalari, ishning qisqa tavsifi berilgan. Birinchi bobda “Hosila va uning tatbiqlari” mavzusini tezaurusli yondashuv asosida o’qitishning nazariy asoslari faoliyatli yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, texnologik yondashuv va ularning tezaurusli yondashuv bilan aloqalari bayon qilingan. Ikkinchi bobda “Hosila va uning tatbiqlari” mavzusini tezaurusli tahlili, kompetensiyalarni oydinlashtirish namunasi, o’qitish metodikasi, uning maktab amaliyotida sinovdan o’tkazish natijalari bayon qilingan. Xulosa qismida olingan asosiy natijalar keltiriladi. I-боб. Maktabda «Hosila va uning tatbiqlari» mavzusini tezaurusli yondashuv asosida o’qitishнинг назарий асослариBugungi kunda pedagogikada asosiy uchta o’qitish modeli – passiv, faol va interfaol – mavjud. Bu uch o’qitish modeliga mos ravishda uchta yondashuv – bilimli, masalafiy va faoliyatli – mos keladi. O’qituvchi o’z amaliyotida bu model va yondashuvlarning barchasidan foydalanadi. Ta’lim sifatini oshirish, talabalarning shaxsga oid kompetensiyalarini shakllantirishda so’ngi yondashuvning ulushi katta bo’lishi lozimligi Ravshan. Download 315.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling