Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy


Download 315.59 Kb.
bet7/16
Sana08.05.2023
Hajmi315.59 Kb.
#1441838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Avazxonova 9 04 23

1.4. Tezaurusli yondashuv


So‘ngi yillarda ta’lim tizimiga axborotli yondashuv bo‘yicha tadqiqotlar faol olib borilmoqda. Bu yondashuv nuqtai nazaridan o‘qitish tezaurusni shakllantirishga qaratilgan axborotli jarayon deb qaraladi [13, 19].
O‘zbek tilining izohli lug‘atida tezaurusga quyidagicha ta’rif berilgan: Tezaurus (thesauros) yunonchada xazina, boylik, zahirani ma’nosini anglatadi [29]. U fanga lingvistika va informatikadan kirib kelib, o‘z ma’nosini kengaytirdi hamda umumilmiy atamaga aylandi.
Pedagogikada tezaurus tushunchasi L.T.Turbovich tomonidan tavsiya etilgan o‘qitishning axborotli-semantik modelida paydo bo‘lgan. Muallif ushbu modelda tezaurusni shaxs xotirasida mujassamlangan va saqlab qolingan tushunchalar, baholash va me’yorlar, shu jumladan, harakatlar sxemasi zaxirasi deb ta’riflaydi. Ushbu modelga muvofiq, shaxsning ongini shakllantirish uning tushunchaviy psixologik tezaurusini shakllantirish bilan ayniylashtiriladi [16]. Tezaurusga yangi ma’lumot kiritilganda uning kengayishi muallif tomonidan o‘qitish kabi sharhlanadi.
A.A. Miroshnichenko [17] pedagogik tezaurusni tuzish texnologiyasi doirasida ish olib borib, pedagogikada tezaurusni ikki guruhga: shaxsiy tezaurus va o‘quv tezaurusga ajratib o‘rganishning maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir shaxs ma’lum bir tezaurusga ega, u butun hayoti davomida ichki va tashqi omillar ta’siri ostida shakllanadi.
Matematika ta’limida tezaurusli yondashuvga bag‘ishlangan ishlar kam sonda bo‘lib, asosan T.P.Pushkareva va uning maslakdoshlari [19] tomonidan bajarilgan. Uning ishlarida matematika fanini maktabda, pedagogika oliy ta’lim muassasining tabiiy fanlar ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish, kimyo bilan aloqadorlikda o‘qitish masalalarida foydalanish, matematik kimyo fani tezaurusini yaratish bilan bog‘liq masalalar qaralgan.
T.P.Pushkareva [19] tomonidan taklif qilingan tezaurus tuzish metodida o‘quv tezaurusning tarkibi fanning deskriptorlaridan iborat bo‘lib qolgan.
A.A. Miroshnichenkoning [17] fikriga ko‘ra esa o‘quv tezaurusi, - bu yangi bilimlarni ochishga yo‘naltirilgan, barcha ko‘nikmalarni, barcha operatsiyalarni o‘z ichiga olgan faoliyat vositasi, bu talabaga o‘z faoliyatini tashkil qilishga, tuzatishga, tartibga solishga yordam beruvchi vosita, bu talabani eng kam kuch va vaqt sarflash bilan belgilangan natijalarga eltuvchi vosita. O‘quv tezaurusi, avvalo deskriptorlarni – tayanch tushunchalar va berilgan tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
R.M.Turgunbayev o‘z tadqiqotlarida [23] talaba leksikonini (talabaning shaxsiy tezaurusini) farqlash zarurligini asoslaydi. O‘quv tezaurusiga kiradigan ma’lumotlar tarkibini tasniflashda A.A. Miroshnichenkoning [17] yuqorida aytilgan fikrini e’tiborga olgan holda R.M.Turgunbayev tomonidan o‘quv tezaurusi tarkibini quyidagicha aniqlash zarurligini asoslaydi. Biror fan yoki uning biror modulining o‘quv tezaurusi tarkibini o‘quv fanining tayanch tushunchalari – deskriptorlar bilan bir qatorda o‘quv faoliyat usullari (umumo‘quv faoliyat usullari, umummatematik faoliyat usullari), har bir mavzu bo‘yicha asosiy masalalar tizimi va bu masalalarni yechish bo‘yicha faoliyat usullaridan iborat.
Talabaning leksikoni – bu bilimlarni o‘z ichiga oladi, talaba o‘zlashtirgan axborotlar va avval shakllangan bilimlari ustida aqliy operatsiyalarni bajarish natijasida yangi bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar hosil qiladi, ularni baholaydi, talaba ijodiy faoliyat tajribasiga ega bo‘ladi.
Talabaning matematik leksikoni deganda uning matematik bilimlari, ko‘nikmalari, malakalari, tajribalari hamda o‘quv-biluv qadriyatlari va matematik madaniyatining ochiq tizimi tushuniladi. Ravshanki, u uzluksiz matematik ta’lim yoki mustaqil bilim olish jarayoni natijasi hisoblanadi.
Demak, talabaning leksikoni tarkibiga uning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalari, shakllangan kompetensiyalari kiradi.
R.M.Turgunbayev [23] tomonidan o‘quv mavzusi (yoki bir darsga mo‘ljallangan qismi) materialining tezaurusli tahlili tushunchasi kiritilgan. Unga ko‘ra o‘quv tezaurusini va uni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining leksikonini aniqlashni o‘quv materialining tezaurusli tahlili deb ataladi.
Mavzuning tezaurusli tahlili
- mavzuning asosiy tushunchalari (va asosiy iboralari)ni;
- mavzuga mos matematik faoliyat usullarini;
- asosiy masalalarini;
- asosiy masalalarni yechish bo‘yicha faoliyat usullarini aniqlashni hamda mavzuni o‘zlashtirish uchun o’quvchida shakllangan bo‘lishi kerak bo‘lgan bilimlar (asosiy tushunchalar), ko‘nikmalari, malakalari va tajribalarini (matematik kompetensiyalari) oydinlashtirishga xizmat qiladi.

Download 315.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling