Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy
Download 315.59 Kb.
|
Avazxonova 9 04 23
1.3. Texnologik yondashuvRespublikamizda ta’lim sifatini oshirish, talabalar bilimini holisano baholash masalalari dolzarb. Bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining malaka talablarida ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha umumiy talabalar (kompetensiyalar) belgilangan. O‘quv fan dasturlarida bu talablarni oydinlashtirishning keyingi bosqichi amalga oshirilgan. Bu talablar shaffof emas. Bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchisining matematik analiz fanini o‘zlashtirish natijasida nimalarga erishishi aniq yoritilmagan. Ishchi fan dasturlaridagi baholash mezonlari umumiy holda yoritilgan bo‘lib, ba’zida o‘qituvchi tomonidan talabalar bilimini baholashda u yoki bu darajada subyektivlikka yo‘l qo‘yiladi. Talabalar nimani bilsa ijobiy baho olishi haqida aniq tasavvurga ega emas. Yuqorida aytilganlardan matematik analizning asosiy tushunchalalarini o‘qitishning shunday pedagogik konsepsiyasini ishlab chiqish kerakki, u talabalarga matematik analizning asosiy tushunchalarini ko‘rgazmali-illustrativ, operatsion va formal mantiqiy darajalarda o‘zlashtirishga va talaba bilimini baholashni shaffofligini ta’minlashga imkon bersin. Shunday konsepsiya sifatida ta’limga texnologik yondashuvni taklif qilamiz. Bu yondashuvning mohiyati V.P.Bespalko, M.V.Klarin, I.YALerner, V.M.Monaxov, G.K.Selevko va boshqa didaktlar, O.S.Yepisheva, T.A.Ivanova kabi metodist olimlar tomonidan ochib berilgan. Uning mohiyati quyidagilardan iborat: 1) Ta’limning rejalashtirilgan natijalariga erishishga yo‘naltirilgan ta’limning tashxislanuvchi maqsadlarini qo‘yish; 2) Ta’lim jarayonini borishini tashxislanuvchi maqsadlarga mos tashkillashtirish; 3) Joriy natijalarni baholash, qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan o‘qitishni korreksiyalash (tuzatish); 4) Natijalarni yakuniy baholash. Texnologik yondashuvni o‘quv materialini ma’lum birliklarga ajratish mumkin bo‘lganda amalga oshirish mumkin. Bunday birliklar sifatida bizning tadqiqotda matematik analizning asosiy tushunchalarini olamiz. Matematika o‘qitishga texnologik yondashuv nuqtai nazaridan maqsadni shakllantirish muammosi O.B.Yepisheva [12, T.A.Ivanova [15], V.M.Monaxov [18], D.Yunusova [9] va boshqalarning ishlarida qaralgan. Masalan, T.A.Ivanova [15] matematik mazmunning gumanitar salohiyatini e’tiborga olgan holda ideal o‘quvchi nuqtai nazaridan umumiy matematik ta’lim maqsadlarini shakllantiradi. Maqsadni qo‘yish (belgilash) jarayoni murakkab jarayon bo‘lib, uni psixologlar shartli ravishda bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan elementlarga ajratadi: maqsadni shakllantirish, maqsadni tashkillashtirish, maqsadni amalga oshirish. Maqsadni shakllantirish deganda pedagogik maqsad-idealni ifodalash, ya’ni ta’lim maqsadlari va uni nazariy darajada (matematika sohasida) interpretatsiyalash tushuniladi; maqsadni tashkillashtirish deganda maqsad-ideal asosida konkret o‘quv maqsadlarini ta’lim subyektlari tomonidan fikran shakllantirish, konstruksiyalash jarayoni tushuniladi; maqsadni amalga oshirish deganda maqsadlar sistemasini o‘qish va o‘qitish faoliyatlarini tashkillashtirish, korreksiyalash va baholash uchun foydalanish tushuniladi. B.Blum taksonomiyasi [Anderson, L. W. & Krathwohl, D. R. (2001). A taxonomy for learning, teaching, and assessing. New York: Longman.], T.A.Ivanova [15] va Ye.N.Perevoshikova [22] ishlarining tahlili va matematik analizning asosiy tushunchalarini o‘zlashtirish darajasi bilan qiyoslash (A.G.Mordkovich tomonidan ajratib ko‘rsatilgan) texnologik yondashuv doirasida matematik analizning asosiy tushunchalarini o‘zlashtirish darajasini quyidagicha aniqlashga imkon beradi: “tushunish-bilish-tushunish”, “standart vaziyatlarda qo‘llash”, “notanish vaziyatda qo‘llash”. Ushbu darajalarni matematik analizning asosiy tushunchalariga tatbiq etgan holda batafsil tavsiflaymiz. Tushunish muammosiga matematikani o‘qitishda so‘nggi yillarda ko‘p e’tibor berilmoqda. Tushunish bilimlarni egallash jarayonining murakkab komponentalaridan biri hisoblanadi. Biror xodisani tushunish- bu shu xodisani moxiyatini, uning xarakterli xususiyatlarini, uning manbai (kelib chiqadi) va natijalarini, uning o‘zga xodisa bilan o‘zaro aloqadorligini, atrofdagi xodisalar sistemasidagi o‘rnini anglash demakdir. Psixologik nuqtai nazardan tushunish yangi materialni qoliblashgan assotsiatsiyalar sistemasiga kiritishni, yangi va mavjud bilimlar orasida lokal, predmet ichidagi va predmetlararo aloqalarni o‘rnatishni anglatadi. Tushunish “faxmlash”, “anglash” so‘zlariga ma’nodosh deb qaraladi. O‘quv materialini idrok etish jarayonida uni dastlabki tushunish- faktlarga iqror bo‘lish, o‘rganilayotgan obyektdagi alohida aloqalarni fahmlash amalga oshiriladi. Tushunishning boshlang‘ich pog‘onasi bo‘lgan fahmlash bilimlarni standart vaziyatlarda namuna bo‘yicha qo‘llashni talab etadigan o‘rgatuvchi topshiriqlarni bajarish jarayonida ko‘rib, tanimoqni bildiradi. Anglash esa tushunishning yuqoriroq pog‘onasini bildiradi. Anglash bu xodisalar, ular va eski bilimlar orasidagi obyektiv aloqalar moxiyatini ochish darajasidagi tushunishdir. Demak, tushunish bilimlarni namuna bo‘yicha tatbiq etishga nisbatan murakkab aqliy faoliyatini o‘z ichida saqlaydi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, tushuncha ta’rifini, teoremani shakllantirishni ta’rif yoki teorema ifodasidagi har bir ibora, so‘z ma’nosini tushunmasdan talab qilish, bilimlardagi rasmiyatchilikka olib keladi. Shu sababli tushunish va eslab qolish parallel bormog‘i lozim. O‘z navbatida tushunish eslab qolishni ma’lum darajada avtomatik ravishda ta’kidlaydi. Shu sababli ham birinchi darajani “tushunish-bilish-tushunish” kabi belgilaymiz. Ikkinchi daraja “standart vaziyatlarda qo‘llash” bizning sharoitimizda standartni o‘zlashtirishga yordam beradigan masala va mashqlarni yechishni taqozo etadi. Bunday masala va mashqlarni “tayanch masala” kabi aniqlaymiz. Tayanch masalalar haqida keyinchalik to‘xtalamiz. Uchinchi daraja – “noma’lum vaziyatlarda tatbiq etish” ijodiy tadqiqiy xarakterdagi masalalarni yechishni taxmin qiladi. “Tashxislanuvchi maqsad” tushunchasi nimani anglatishiga to‘xtalib o‘tamiz. Maqsadlarning tashxislanuvchanligi deganda pedagogik texnologiyada maqsadni shunday qo‘yish tushuniladiki, bunda maqsadga erishganlik darajasini obyektiv va bir qiymatli aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu ta’limga faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan maqsad natijaviy faoliyat maxsuloti namunasini berishni anglatadi. Maqsadni ifodalanishida ta’lim oluvchining natijaviy faoliyat maxsuloti ko‘rsatilishi va faoliyat so‘ngida shu maxsulot ega bo‘lishi kerak bo‘lgan alomatlar berilishi lozim. Bu yerda harakatlar tilida ta’lim natijalarini tavsiflash muammosi kelib chiqadi, bunda tavsif standart, dastur talablariga mos bo‘lishi va bir-biriga zid bo‘lmasligi zarur. Didaktlar bu muammoning yechimini ta’lim maqsadlarini tavsiflash uchun maksimal darajada aniq, konkret tildan foydalanish bilan hal qilishni taklif qiladi. Bu til yordamida o‘qituvchi noaniq shakllantirilgan maqsadlarni qayta shakllantirish mumkin bo‘ladi. Masalan, maqsadlarni konkretlashtirishning asosiy usullari sifatida ma’lum natijaga ko‘rsatuvchi fe’llardan foydalanishni taklif qiladi. (qarang ilova) Bunday yondashuvning qimmati shundan iboratki, maqsadlarning ifodalanishi kutilayotgan, asosiysi kuzatib bo‘ladigan natijani ko‘rsatadi va ta’lim jarayonini boshqarishga yordam beradi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, matematik analizning asosiy tushunchalarini o‘rgatishning birinchi bosqichida har bir talaba “tushunish-bilish-tushunish”, “standart vaziyatlarda bilimlarni tatbiq etish”, “noma’lum vaziyatlarda bilimlarni tatbiq etish” darajalarida egallashi zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni aks ettiruvchi tashxislanuvchi maqsadlarni tavsiflash lozim. Talaba asosiy tushunchalarni shu darajalarda o‘zlashtirish natijasida ularning mohiyatini anglaydi, olingan bilimlarni ko‘rgazmali-illustrativ, operatsion va formal-mantiqiy jihatdan ishlata biladi. Yuqoridagilarga asoslanib quyidagi holatlarga riyo qilamiz [25]: 1. Matematik analizning asosiy tushunchalarini o‘rganishning maqsadlari nazariy materiallarni o‘zlashtirish darajalarini aks ettirishi kerak. Texnologik yondashuv nuqtai nazardan biz “tushunish-bilish-tushunish” va “bilimlarni standart vaziyatlarda qo‘llash” darajalarni ajratamiz. Bu darajalar A.G.Mordkovich tomonidan ajratilgan ko‘rgazmali illustrativ, operatsion va formal-mantiqiy o‘zlashtirish darajalariga mos keladi. 2. Maqsadlar tashxislanadigan bo‘lishi lozim. Ular rejalashtirilgan ta’lim natijalariga erishishni mo‘ljallashi va talaba tomonidan shakllantirilishi kerak: mavzuni o‘rganish natijasida talaba-biladi, tushunadi, uddalaydi, interpretatsiyalaydi, tasavvurga ega bo‘ladi va boshqa. Download 315.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling