O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti
-jadval. Asosiy mis minerallarining xarakteristikasi
Download 1.4 Mb.
|
Amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- jadval. Temir sulfidi minerallarining xarakteristikasi
- Zichligi, g/sm 3
- 14 – AMALIY ISH MAVZU: MIS-MOLIBDENLI RUDALARNI BOYITISHNING TEXNOLOGIK SXEMASINI TANLASH. Ishdan maqsad
1-jadval. Asosiy mis minerallarining xarakteristikasi
Barcha mistarkibli rudalarda, jumladan polimetal rudalarda ham temir sulfidi uchraydi. Uning qisqacha xarakteristikasi 2-jadvalda keltirilgan. 2- jadval. Temir sulfidi minerallarining xarakteristikasi
Pirit yoki oltingugurtli kolchedan barcha sulfidli rudalar tarkibida keng tarqalgan sulfidli mineral hisoblanadi. U asosan kolchedan rudalarda va kelib chiqishi gidrotermal konlarda uchraydi. Pirit tarkibida asosan ko`p uchraydigan qo`shimchalar kobalt, nikel va mishyak, bundan tashqari oltin, mis, kumush, surma, rux va marganets ham uchraydi. Pirit konlarda asosan donador massa, vaqti vaqti bilan esa latunsimon sariq rangda uchraydi. Pirit yaxshi yarimo`tkazgich hisoblanadi. Markazit piritning bir turi hisoblanib, u gidrotermal konlarda pirit hosil bo`ladigan haroratdan pastroq haroratda paydo bo`ladi. Pirit va pirrotinning doimiy yo`ldoshi hisoblanadi. Аdabiyotlar Umаrоvа I.K., Solijonova G.Q. Fоydаli qаzilmаlаrni bоyitish vа qаytа ishlаsh. Darslik. ─ Т.: Cho’lpon, 2009. Авдохин В.М. Основы обогащения полезных ископаемых. Учебник - М.: МГГУ, 2006 14 – AMALIY ISH MAVZU: MIS-MOLIBDENLI RUDALARNI BOYITISHNING TEXNOLOGIK SXEMASINI TANLASH. Ishdan maqsad: Boyitishning optimal texnologik ko`rsatkichlariga ega bo`lish uchun mis-molibden rudalarni boyitishning flotatsiya va reagent rejimlarini o`rganish. Molibden noyob metallar guruhiga tegishli bo`lib, uning yigirmaga yaqin minerallari mavjud. SHundan atigi to`rttasi sanoat ahamiyatiga ega, bular: -molibdenit – MoS2; -povellit – CaMoO4; -ferrimolibdit – 3MoO3·Fe2O3·7H2O; -vulfenit – PbMoO4 . Molibdenit molibden minerallari orasida eng ko`p tarqalgani bo`lib, er yuzida qazib olinayotgan molibdenning 98 foyizi anashu mineralni qayta ishlan natijasida ajratib olinadi. Bu mineral qatlamli strukturaga ega bo`lib, har bir molibden atomi ikkita parallel oltingugurt atomi orasida joylashgan. Qatlamda kuchli atom aloqasi ta`sir qiladi, qatlamlar orasida esa kuchsiz molikulyar kuch ta`sir qiladi. Molibdenit mineralining o`ziga xos bo`lgan yig‘uvchi reagentlarigan apolyar uglevodorodlar: kerosin, tranformator moyi, mashina moyi va boshqalar kiradi. Qayta ishlanadigan rudalarda molibdenning sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan miqdori keng chegarada joylashgan. Sof molibden rudalarida odatda molibdenning miqdori 0,1÷0,5%, mis-molibden va volfram-molibden rudalarida esa molibdenning miqdori 0,01÷0,05% ni tashkil kiladi. Bopyitmada esa molibdenning mikdori 47÷53% ni tashkil qiladi. SHuning uchun molibdentarkibli rudalarni boyitishda yuqori boyitilish darajasini ta`minlash zarur. Bunga esa boyitmani ko`p marta qayta tozalash orqali erishiladi. Molibden va mis-molibden rudalari faqatgina flotatsiya usulida boyitiladi. Sulfidlarning kollektiv flotatsiyasi kuchsiz ishqoriy muhitda (pH = 8÷8,5) o`tkaziladi. Ishqoriy muhit soda yordamida hosil qilinadi. Kollektiv mis-molibden boyitmasi selektiv flotatsiyaga yuboriladi. Mis-molibden boyitmasini ajratish mis-molibden rudalarini boyitishda asosiy muammo hisoblanadi. Qoida bo`yicha molibden flotatsiyalanadi va mis hamda pirit tazyiqlanadi. Molibdenitni tazyiqlash uchun kraxmal onda-sonda qo`llaniladi. Foltatsiya jarayonida mis va temir sulfidlarini natriy sulfidi, tsianid va oxak yordamida tazyiqlash mumkin. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling