O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

6-Tajriba ishi 
16K20F3S32 rusumidagi tokarlik RDB dastgohini struktura-texnologik 
modellashtirish. 
Dastgohning vazifasi 
Dastgoh detalga marka va patronda tokorlik ishlov berish uchun 
mo`ljallangan. Dastgohni afzalliklari quyidagilar: sozlanuvchi elektroyuritmalar va 
konstruktiv yaxshilanish (misol uchun, avtomatik siljish, orqa babka pinolini siqishi 
va bo`shashi, orqa babkani havo yostiqchasi yordamida siljishi, koordinatalar 
bo`yicha ishchi uzatma tezligining oshishi, support va slazka tez siljish tezligini 
oshishi) texnik xizmat ko`rsatish sur`atining qisqarishi, avtomatik asbob-uskuna 
bardoshliligi resursining hisobi, dastgohning boshqaruvchi dasturini qayta 
dasturlashtirish o`zgartirish va qo`shimchalar kirgizish imkoniyati.
Ishdan maqsad 
16K20F3S32 rusumidagi tokarlik RDB dastgohi bilan tanishish
dastgohning texnologik imkoniyatlarini o`rganish, dastgohning struktura-texnologik 
modelini ishlab chiqish.


Dastgoh tavsifi 
Dastgohning asosiy harakat yuritmasida chastota-tartibga soluvchi asinxron, 
shpindel aylanish chastotasi pog`onasiz o`zgaruvchi 280-4500 ayl/min diapazondagi 
elektrodvigatel ishlatiladi. Yuritma uchta diapazon osti qo`lda sozlanuvchi shpindel 
aylanishlar chastotasini ta'minlaydi. Har bir diapazon osti chegarasida aylanish 
chastotasi pog`onasi o`zgaradi. 
Uzatma yuritmasida moment gidrokuchaytirgichli qadamli dvigatellar 
o`rniga yuqorimomentli o`rnatilgan 4 polyusli texogeneratorli, harorat himoya 
datchikli va o`rnatilgan elektromagnit tormoz va revolverli doimiy tok dvigateli 
ishlatiladi.
Dastgoh 6 pozitsiyali asbob uskuna joylashadigan gorizontal o`q bo`ylab 
aylanadigan, Z o`qiga paralel kallak mavjud.
Bo`ylama va ko`ndalang yuritmalar uzatmalari bo`ylama slazkaga 
o`rnatilgan ko`p pozitsiyali asbob-uskuna kallagiga maxkamlangan kesuvchi 
asbobning shakl hosil qiluvchi harakatni ta`minlaydi.
Shpindel babkasi rezba qirqish imkoniyatini ta`minlash va sharikoviy vintlar
asbob-uskuna kallagining ko`ndalang va bo`ylama harakat uchun burchak holatini 
datchiklar orqali tekshiriladi - VTM-11 revolverlari ishlatiladi. Avtomatik burilish va 
ko`p pozitsiyali asbob-uskuna kallagining indekatsiyasi o`rnatilgan elektrodvigatel 
orqali amalga oshiriladi 
Orqa babka harakatlanish, tepkini siqish va bo`shatish dastur asosida 
bajariladigan elektromexanik yuritmaga ega. Orqa babkani yonaltiruvchi stanina 
bo`ylab surish qo`lda amalga oshiriladi. Orqa babkani harakatini yengillashtirish va 
yo`naltiruvchilarni yeyilishini oldini olish uchun pnevmatizmlar - havo yostiqchalari 
qo`llaniladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling