O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Download 110.63 Kb.
bet4/7
Sana18.01.2023
Hajmi110.63 Kb.
#1099142
1   2   3   4   5   6   7
Izoelektron – elektronlar soni bir xil bo’lgan moddalar.
M; NH3=10e CH4=10e H2O=10e
II.Kimyoning asosiy qonunlari.
Massalar saqlanish qonuni (1748-yil Lomonosov) – reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiyadan so’ng hosil bo’lgan moddalar massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.massalar saqlanish qonuniga yadroviy reaksiyalar amal qilmaydi.
Tarkibning doimiylik qonuni (1808-yil Prust) – har qanday toza modda olinish usulidan qatiy nazar o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega tarkibga ega.
Tarkibning doimiylik qonuniga molekulyar tuzilishli moddalar,gazlar va oson suyuqlanuvchan qattiq moddalar bo’ysunadi.
N.S.Kurnakov moddalarni o’zgarmas va o’zgaruvchan tarkibli birikmalarga ajratgan
O’zgarmas tarkibli birikmalar – daltonidlar (Dalton xotirasiga) deb atadi.
M; H2O,NH3,HCl,SO2,HNO3
O’zgaruvchan tarkibli birikmalar – bertolidlar (bertole hotirasiga) deb atadi.momolekulyar tuzilishli moddalar asosan metallar birikmalari.
M; UO3 (UO2,5-UO3),VO (VO0,9-VO1,3)
Avagadro qonuni (1811-yil Avagadro) – bir xil sharoitda turli xil gazlarning molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi.
Avagadro doimiysi – 6,02∙1023 molekula (atom,ion,zarracha ) bo’ladi.
Molyar hajm – bir mol moddaning n.sh da egallagan hajmi.
Bir mol gaz n.sh da 22,4 litr hajmni egallaydi.
Karrali nisbatlar qonuni (1803-yil J.Dalton) – agar ikki element bir-biri bilan bir necha birikma hosil qilsa,bu birikmalardagi bir element massasi ikkinchi element massasiga kichik butun sonlar nisbatida bo’ladi




No

Modda

Formula

Misol

Ar – nisbiy atom massa

Mr – nisbiy molekulyar massa


V – valentlik


n – atomlar soni


n(OH) – OH guruhlar soni


n(H) – vodorodlar soni




Oddiy modda

E =

E ( Al ) = = 9

2

Oksid

E =

E ( FeO ) = = 36

3

Asos

E =

E ( Mg(OH) ) = = 29

4

Kislota

E =

E ( H SO ) = = 49

5

O’rta tuz

E =

E ( Mg (PO ) ) = = 43,667

6

Nordon tuz

E =

E ( NaHSO ) = = 1

7

Asosli tuz

E =

E ( Ca(OH)NO ) = = 1





Moddalarning nomi

Moddalarning formulasi










1

Pirit

FeS2

2

Malaxit

Cu(OH)2 ∙ CuCO3

3

Dolomit

CaCO3 ∙ MgCO3

4

Oxaktosh, marmar,bor

CaCO3

5

Bura, tanokor

Na2B4O7 ∙ 10 H2O

6

Potash

K2CO3

7

Glauber tuzi

Na2SO4 ∙ 10 H2O

8

Sulema

HgCl2

9

Kuldiruvchi gaz

N2O

10

Tulki dumi

NO2

11

Is gaz

CO

12

Zar suv, shoh arog`i

3HCl ∙ HNO3

13

Qaldiroq gaz

2H2 ∙ O2

14

Sintez gazi

CO ∙ 2H2

15

Soda

Na2CO3

16

Kristal soda

Na2CO3 ∙ 10 H2O

17

Ichimlik soda

NaHCO3

18

Tahir tuz

MgSO4 ∙ 7 H2O

19

Mis kuporosi

CuSO4 ∙ 5 H2O

20

Temir kuporosi

FeSO4 ∙ 7 H2O

21

Gips

CaSO4 ∙ 2 H2O

22

Albaster

CaSO4 ∙ 0,5 H2O

23

Kuporos moyi

H2SO4

24

Novshadil spirit

NH4OH

25

Metil spirit

CH3OH

26

Etil spirit

C2H5OH

27

Asetilen

C2H2

28

Bertole tuzi

KClO3

29

Margansofka

KMnO4

30

Kalsiy karbid

CaC2

31



Metan

CH4

31

Alyuminiy karbid

Al4C3

32

Sirka kislota

CH3COOH

33

Chumoli kislota

HCOOH

34

Silan

SiH4

35

Fosfin

PH3

36

Arsin

AsH3

37

Stibin

SbH3

38

Ammiak

NH3

39

Silvinit

KCl ∙ NaCl

40

Kaustik soda

NaOH

41

Kinovar

HgS

42

Qum, kvars, shisha

SiO2

43

Halkopirit

CuFeS2

44

So`ndirilgan oxak

Ca(OH)2

45

So`ndirilmagan oxak

CaO

46

Qizil qon tuzi

K3[Fe(CN)6]




    1. Modalar massasining saqlanish qonuni. Bu qonunlar kimyoviy reaksiya vaqtida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni miqdoriy jihatdan tekshirish natijasida kashf etilgan bo‘lib, ular kimyo fanining nazariy negizini tashkil etadi. Kimyoning birinchi qonuni — moddalar massasining saqlanish qonunidir. Bu qonun dastlab M. V. Lomonosov va keyinchalik A.Lavuazze tomonidan ta’riflangan:

      kimyoviy reaksiyalarda qatnashuvchi dastlabki moddalar massalarining yig‘indisi reaksiya mahsulotlari massalarining yig‘indisiga tengdir.

      Katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladigan jarayonlar moddalar (masalan, radioaktiv moddalarning emirilishi, atom hamda vodorod bombalarining portlashi) massasining saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo‘ysunadi. Agar jarayonning issiqlik effekti (Q bo‘lsa, jarayon davomida massasining o‘zgarishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi;

      Δm * m = Q/C 2

      Uning maxrajidagi C2 nihoyatda katta son (9.10 16 m-s-1) bo‘lganligidan odatdagi reaksiyalarda massa o‘zgarishi nihoyatda kichik bo‘ladi va uni tarozi yordami bilan ham payqash qiyin.




      Tarkibning doimiylik qonuni.
      A. Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Shundan keyin: har qanday kimyoviy toza birikmani tashkil ztuvchn elementlarning massalari o‘zgarmas nisbatda bo‘ladi, degan xulosa chiqarildi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to‘g‘riligi barcha olimlar tomonidan e’tirof etib kelindi. Lekin 1803 yilda francuz olimi Bertolle qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo‘ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi, degan xulosa chiqardi.

      J. L. Prust (1753-1826) Bertollening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi: toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‘lishini o‘zining juda ko‘p analizlari bilan isbotladi. Prust bilan Bertolle orasidagi munozara etti yil davom etdi. Bu kurash ikki falsafiy oqim kurashi bo‘ldi. Prust falsafasi — uzluklilik prinsipi, Bertolle falsafasi — uzluksizlik prinsipi nomi bilan yuritiladi. Ko‘pchilik olimlar o‘zlarining amaliy ishlari natijalari bilan Prust prinsipini tasdiqladilar. Natijada Prust g‘olib chiqdi va 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi: har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o‘zgarmas miqdoriy tarkibga ega. Masalan, toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89 kislorod bo‘lib, suv normal sharoitda 0° C la muzlaydi, 100 0C da qaynaydi; uning 4° C dagi zichligi 1000 kg-m3 yoki I g-sm3 yoxud 1 gml-1 ga teng; u o‘zgarmas elektr o‘tkazuvchanlikka, o‘zgarmas qovushoqlikka ega.

      Bertollening o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akad. N. S. Kurnakov rivojlantirdi. U qotishma va eritmalarda haqiqatan ham o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar bo‘lishini isbotladi va ularni bertollidlar deb, o‘zgarmas tarkibli birikmalarni esa — daltonidlar deb atadi.

      Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo‘ysunadi. Atom tuzilishiga ega bo‘lgan kristall modaalar va yuqori molekulyar birikmalar bu qonunga bo‘ysunmasligi mumkin. Masalan, titan (II) - oksidning tarkibi bir namunada Ti1.2O formula bilan, boshqa bir namunada Ti01,2 formula bilan ifodalanishi mumkin. Birinchi holda' 12 ta titan atomiga 10 ta kislorod atomi kelgan bo‘lsa, ikkinchi holda 10 ta titan atomiga 12 ta kislorod atomi to‘g‘ri keladi.

      Tarkibnnng doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin. har qanday quyi molekulyar birikma, o‘zining olinish usuli va sharoitidan qat’i nazar o‘zgarmas tarkib bilan ifodalana oladi.



      Download 110.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling