O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti «kimyoviy texnologiya»


KO’P KOMPONENTLI ARALASHMALARNI REKTIFIKASIYALASH


Download 1.1 Mb.
bet13/16
Sana06.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1171736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

1.6 KO’P KOMPONENTLI ARALASHMALARNI REKTIFIKASIYALASH


Sanoatda ko’pincha binar aralashmalarni emas, balki ko’p komponentli aralashmalarni ajratishga to’g’ri keladi. Bunday aralashmalarni rektifikasiyalash ancha murakkab va kam o’rganilgan jarayon hisoblanadi. Agar binar aralashmalar ikkita erkinlik darajasiga ega bo’lsa, ko’p komponentli aralashmalarning erkinlik darajasi komponentlarning soniga teng bo’ladi. Shu sababli ko’p komponentli aralashmalarni rektifikasiyalash jarayonini tahlil qilish va hisoblash ancha murakkabdir.


Ko’p komponentli aralashmalarni ajratish jarayoni uchun zarur bo’lgan uskunalarni o’zaro bog’lash ham ancha murakkablashadi. Bunday aralashmalarni bitta kolonnada ajratish mumkin emas. Umumiy holda kolonnalarning soni komponentlarning sonidan bitta kam bo’ladi, demak komponentlar soni n ta bo’lgan aralashmani ajratish uchun n-1 ta kolonna kerak bo’ladi. Komponentlarning soni ko’payishi bilan oddiy kolonnalarni bir-biriga bog’lashning turli variantlari yuzaga chiqadi: kolonnalarni ketma-ket bog’lash; kolonnalarni ketma-ket va parallel bog’lash; bir yoki bir necha komponentlarning resirkulyasiyasi mavjud bo’lgan holatda kolonnalarni bog’lash; oddiy kolonnalarni bitta agregatga biriktirish (murakkab kolonnalar).
Misol tariqasida uch (A, B va C) komponentli aralashmani birin-ketin bog’langan ikkita kolonnali rektifikasion qurilmada ajratishni ko’rib chiqamiz. Ajartish jarayoni ikki xil variant bo’yicha olib boriladi; a) A va B komponentlar C komponentga nisbatan uchuvchan; b) A komponent B va C komponentlarga nisbatan uchuvchan (11.13-rasm). Birinchi variant bo’yicha birinchi kolonnadan yomon uchuvchan komponent C qoldiq sifatida ajratib olinadi. Qolgan ikkita komponent A va B kondensasiyalanishdan so’ng ikkinchi kolonnaga yuboriladi, u yerdan A komponent distillyat sifatida ajratib olinadi, chunki A komponent B komponentga nisbatan biroz uchuvchan. B komponent esa qoldiq bo’ladi. A+B komponentlarini ikkinchi kolonnaga bug’ holida berish iqtisodiy jihatdan tejamli hisoblanadi; bunda birinchi kolonnaga tegishli bo’lgan deflegmatorda faqat flegma uchun yetarli bo’lgan bug’ kondensasiyalanadi.








Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling