O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti «kimyoviy texnologiya»


Download 1.1 Mb.
bet15/16
Sana06.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1171736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Azeotrop rektifikasiyalash. Ajratilishi zarur bo’lgan ikki komponentli azeotrop aralashmaga uchinchi komponent qo’shiladi. Bunda uchinchi komponent aralashma komponentlarining birortasi bilan yangi azeotrop aralashma hosil qiladi. Ushbu azeotrop aralashma daslabki aralashmaga nisbatan yaxshiroq uchuvchan bo’ladi.
9-rasmda azetrop rektifikasiyalash qurilmasining bitta varianti tasvirlangan. Kolonna 1 ga suyuq azeotrop aralashma (A+V) beriladi.





9-rasm. Azeotrop rektifikasiyalash qurilmasi:
1-kolonna; 2-deflegmator; 3-cho’ktirish uskunasi.

Kolonnaning yuqorigi qismiga uchinchi komponent C yuboriladi. Kolonnada yangi azeotrop aralashma (B+C) hosil bo’ladi, ushbu aralashma komponentlari


suyuq holatda amaliy jihatdan bir-biridan o’zaro erimaydli. Shu sababdan distillyat deflegmator 2 da sovitilgandan so’ng cho’ktirish uskunasi 3 da B va C komponentlariga ajratiladi. B komponenti uzatiladi. C komponenti esa kolonnaga qaytariladi. A komponenti kolonnaning pastki qismidan qoldiq mahsulot sifatida ajratiladi.
Azetorop rektifikasiyalash jarayoni davriy va uzluksiz rejimlarda olib borilishi mumkin. Ko’pchilik sharoitlarda azeotrop rektifikasiyalash uchun ekstraktiv rektifikasiyalashga nisbatan ko’proq issiqlik sarfi talab qilinadi. Bundan tashqari azeotrop rektifikasiyalash jarayoni uchun tegishli ajratuvchi agentni tanlash ancha qiyin vazifa hisoblanadi.
Ekstraktiv rektifikasiyalash. Komponentlarning qaynash haroratlari bir-biriga juda yaqin bo’lgan suyuq aralashmalarni ajratish juda qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday aralashmalarning fazaviy muvozanat egri chiziqlari u-x diagrammasining diagonal chizig’iga juda yaqin keladi, shu sababdan flegmaning ko’proq olinishini hisobga oluvchi koeffisiyentning qiymati katta bo’lgan sharoitda ham rektifikasion kolonnadagi zarur bo’lgan tarelkalarning soni ancha ortib ketadi. Bunday aralashmalarni ajratish jarayoni asosiy komponentlarning uchuvchanligini ancha orttirib yuboradigan uchinchi komponent (ajratuvchi agent) dan foydalanishga asoslangan. Uchinchi komponent aralashmaning ikkala komponentlariga nisbatan kam uchuvchan va aralashmada yomon uchuvchan komponentni yaxshi eritib yuboradigan bo’lishi kerak. Masalan, n-butan (tqay=0,50C) va psevdobutilen (tqay=0,30C) aralashmasiga aseton (tqay=560C) qo’shiladi. Aseton psevdobutilenni yaxshi eritadi, n-butanni esa eritmaydi. Shunday qilib, suyuq aralashmalarni ajratuvchi agent yordamida komponentlarga ajratish ekstraktiv rektifikasiyalash deyiladi.
Ekstraktiv rektifikasiyalashning sxemasi 11.15-rasmda tasvirlangan. Bunday qurilma ikkita rektifikasion kolonnadan iborat bo’lib, birinchisiga A va B komponentlardan tashkil topgan aralashma beriladi. Birinchi kolonnaning yuqorigi qismidagi tarelkalardan bittasiga ajratuvchi agent C yuboriladi. B komponenti ajratuvchi agent C da yaxshi eriydi, biroq A va C komponentlari o’zaro erimaydi (yoki qisman eriydi). B komponenti nisbatan yuqori haroratda qaynaydi. C komponenti suyuq va bug’ fazalari tarkibidagi V komponentni ekstraksiyalaydi. Birinchi kolonnadan B+C aralashmasi koldiq mahsulot sifatida ajraladi, distillyat esa amaliy jihatdan toza bo’lgan A komponentidan iborat bo’ladi.








Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling