7-rasm. Flegma sonining maqbul qiymatini aniqlashga doir:
1-qurilmani ishlatish bilan bog’liq bo’lgan sarflar; 2-kapital harajatlar; 3-umumiy harajatlar.
oraligidagi bog’liqlik ma’lum minimumga ega (2-egri chiziq). Umumiy sarflar va flegma soni o’rtasidagi bog’liqlik ham minimum nuqtasi bilan belgilanadi (3-egri chiziq), bu minimumga to’g’ri kelgan R haqiqiy flegma sonining maqbul(optimal) qiymati (Ropt) ni tashkil etadi.
Amaliyotda ish flegma soni taxminiy hisoblashlar asosida aniqlanadi: R=φ Rmin, bu yerda φ – flegmaning ko’proq olinishini hisobga oluvchi koeffisiyent (φ>1). Agar ajratilayotgan sistemalar uchun φ ning qiymati aniq bo’lmasa, bunday holatda ish flegma sonini aniqlash uchun quyidagi empirik bog’liqlikdan foydalanish mumkin:
R = 1,3 Rmin + 0,3 .
Ikki xil chegaralangan rejimlarda (R= Rmin va R=∞) flegma soni, kolonnaning ish balandligi va rektifikasiya uchun issiqlik sarfi o’rtalaridagi bog’liqliklikni ko’rib chiqamiz. Kolonnaning ish balandligi konsentrasiya o’zgarishlarining nazariy soniga mutanosibdir.
R=∞ bo’lganda ish chiziqlari diagrammaning dioganali bo’ylab joylashadi, jarayonning harakatlantiruvchi kuchi Δu = u*-u yoki Δx = x -x* eng katta qiymatiga ega bo’lsa, kerak bo’lgan nazariy pog’onalar soni esa eng kichik qiymatga teng bo’ladi (11.12-rasm, a). Demak R=∞ bo’lganda kolonna uchun ish balandligi eng kam bo’lishi kerak. Biroq flegma soni R faqat D=0
хF
хW
хF
х
R=∞
а
b
хD
хD
хD
х*
хW
У
У*
х
х
а
б
R=Rмин
с
|
Do'stlaringiz bilan baham: |