O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti «kimyoviy texnologiya»


Kolonna pastki qismining moddiy balansi


Download 1.1 Mb.
bet6/16
Sana06.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1171736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kolonna pastki qismining moddiy balansi. Bunday holat uchun quyidagi moddiy balans tenglamalarini yozish mumkin:
- oqimlar bo’yicha GV +GW = GF + CR ; (7)
- yengil uchuvchan komponentlar bo’yicha
GVy + GWxW = (GF + GR)x ; (8)
bu yerda GW – kub qoldig’ining sarfi (mol hisobida); xW – kub qoldig’idagi yengil uchuvchan komponentning tarkibi (mol ulushlari).
(8) tenglamani mol hisobidagi nisbiy sarflar bo’yicha (1 kmol distillyatga nisbatan) qayta yechib va W=GW/GD, F=GF/GD deb belgilab, quyidagi ifodalarga ega bo’lamiz:
V + W = R + F ; Vy + WxW = (R + F)x ;
bundan . (9)
Bu tenglamalardan y= deb olamiz, bu yerda tgβ – ish chizig’ining abssissa o’qi bo’yicha ajratgan kesmasi.
Shunday qilib, oxirgi tenglamani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
u = tgβx + S . (10)
(10) ifoda kolonnaning pastki (suyuqlikdan yengil uchuvchan komponentni maksimal ajratuvchi) qismi uchun ish chizig’i tenglamasi deb ataladi.


1.2 ISH ChIZIQLARINI U – X DIAGRAMMACIDA TASVIRLASh


Rektifikasion kolonna ish chiziqlarini u-x diagrammada tasvirlash uchun (5-rasm), abssissa o’qiga suyuqliklarning berilgan tarkiblari xF, xW va xD larning qiymatlari joylashtiriladi. Qabul qilingan shartga ko’ra, yuqorigi tarelkadan chiqayotgan bug’ning va distillyatning tarkiblari o’zaro teng (ya’ni uD=xD). xD nuqtadan diagonal bilan kesishguncha vertikal o’tkaziladi, natijada a nuqtaga ega bo’lamiz. R ning qiymati ma’lum deb hisoblaniladi. Ordinata o’qiga V=xD/(R+1) (6-tenglamaga asosan) kesmani joylashtiriladi, bunda d nuqta hosil bo’ladi. d va a nuqtalar to’g’ri kesma yordamida birlashtiriladi. xF ning qiymatiga to’g’ri kelgan nuqtadan a chizig’i bilan kesishguncha vertikal kesma o’tkaziladi, bunda b nuqta hosil bo’ladi. ab to’g’ri kesmasi kolonna yuqori qismining ish chizig’ini ifodalaydi.





Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling