Kirish 4
1-§ Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari binar aralashmalarni rektifikasiya qilish 5
1.1 REKTIFIKASION KOLONNANING MODDIY BALANSI 9
1.2 ISH ChIZIQLARINI U – X DIAGRAMMACIDA TASVIRLASh 12
1.3 FLEGMA SONI 14
1.4 REKTIFIKASION KOLONNANING ISSIQLIK BALANSI 18
1.5 REKTIFIKASIYA JARAYONIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR 19
1.6 KO’P KOMPONENTLI ARALASHMALARNI REKTIFIKASIYALASH 22
1.7 KOMPONENTLARNING QAYNASH HARARATLARI BIR-BIRIGA YAQIN BO’LGAN VA AZEOTROP ARALASHMALARNI REKTIFIKASIYALASH 24
2. Hisob qism 30
XULOSA 35
Kirish
Oxirgi o`n yil ichida kimyoviy tеxnologiya, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda kеskin o`zgarishlar ro`y bеrib, yangi tеxnologiyalar amalda qo`llanib, rivojlanish boshlandi. Bunday o`zgarishlar jarayon va qurilmalar fanini yanada yuqori darajaga ko`tarilishiga sababchi bo`ldi. Ushbu fanning bunday yuqori saviyaga ko`tarilishiga hisoblash tеxnikasining gurkirab rivojlanishi ham o`z xissasini qo`shdi, chunki u jarayon va qurilmalarni o`rganish, modеllashtirish va hisoblash ishlarini misli ko`rilmagan imkoniyatlarini yaratdi.
Har bir jarayonni o`rganishda uning statikasi va kinеtikasiga, ya'ni o`rganilayotgan sistеmaning muvozanat nisbatlari va jarayon mеxanizmiga alohida e'tibor bеrish zarur.
Modеllashtirish «jarayon va qurilmalar» fanining muxim vazifalaridan biri va ajralmas qismi dеb xisoblanadi. «Kimyoviy tеxnologiya va biotеxnologiya», «Oziq-ovqat maqsulotlari tеxnologiyasi», «Don va don maqsulotlarini qayta ishlash tеxnologiyasi», «Nеft va nеft maxsulotlarini qayta ishlash tеxnologiyasi», «Atrof muxit muxofazasi», «Kasbiy ta'lim» yo`nalishlaridagi bakalavrlar kеng muxandislik dunyoqarashga ega mutaxassislar bo`lishi kеrak.
1-§ Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari binar aralashmalarni rektifikasiya qilish
Rektifikasiya prinsipi. Bir jinsli suyuq aralashmalarni komponentlarga to’la ajratish faqat rektifikasiya usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Rektifikasiya jarayonining mohiyatini t–x–u diagrammasi orqali tushuntirish mumkin (1-rasm). Konsentrasiyasi x1 bo’lgan dastlabki aralashma qaynash harorati t1 gacha isitilganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |