У,У*
5-rasm. Rektifikasion kolonna ish chiziqlarini u-x diagrammasida tasvirlash.
Qabul qilingan shartga ko’ra uW=xW, shu sababdan xW ning qiymatiga to’g’ri kelgan nuqtada diagramma dioganali bilan kesishguncha vertikal kesma o’tkazilib, s nuqtaga ega bo’linadi. s nuqta b nuqta bilan to’g’ri kesma orqali birlashtiriladi. Hosil bo’lgan vs kesmasi pastki kolonnaning ish chizig’ini ifodalaydi. Ish chiziqlari (ab , bs) rektifikasiya kolonna yuqorigi va pastki qismlaridagi ish konsentrasiyalarining o’zgarishini ifoda qiladi.
Ish chiziqlari yordamida konsentrasiyalar o’zgarishi pog’onalarining soni aniqlanadi. 6-rasmda konsentrasiya pog’onalarining sonini grafik usul bilan aniqlash yo’li tasvirlangan. Yuqorigi va pastki kolonnalar ish chiziqlari K nuqtasida kesishadi. Muvozanat chizig’i va ish chiziqlari o’rtasida uchburchak pog’onalar o’tkazib konsentrasiyalar o’zgarishi pog’onalarining soni (yoki nazariy tarelkalar soni) aniqlanadi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, bizning misolimizda yuqorigi kolonnaga 3 ta konsentrasiya pog’onalari, pastki kolonnaga esa 6 ta konsentrasiya pog’onalari to’g’ri keladi.
6-rasm. Konsentrasiya pog’onalari sonini grafik usul bilan aniqlash.
Nazariy tarelkalarning soni nN ga asoslanib haqiqiy tarelkalarning soni pH aniqlanadi:
, (11)
bu yerda – tarelkalarning foydali ish koeffisiyenti.
Ushbu foydali ish koeffisiyentining qiymati tarelkaning konstrksiyasiga, tarelkalar oralig’idagi masofaga, bug’ning tezligiga va aralashmaning fizik xossalariga bog’liq bo’lib, katta chegaralarda (0,25÷0,90) o’zgaradi. Haydashning turli usullari uchun foydali ish koeffisiyentining qabul qilib olingan o’rtacha qiymatlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |