O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti «kimyoviy texnologiya»


Download 1.1 Mb.
bet10/16
Sana06.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1171736
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
8-rasm. Flegma soni bilan rektifikasion kolonna balandligining o’zaro bog’lanishi:
a) R=∞ bo’lganda; b) Rmin bo’lganda.

bo’lgandagina cheksiz qiymatga ega bo’ladi. Bunda distillyat olinmaydi, bug’larning to’la kondensasiyalanishidan hosil bo’lgan hamma suyuqlik kolonnaga flegma sifatida qaytariladi. Bu rejimda kolonna o’zicha ishlaydi va tayyor mahsulot bermaydi. Shu sababli R=∞ bo’lgandagi rejim normal ishlab chiqarish sharoitlarida qo’llanilmaydi. Flegma sonining ko’payishi bilan qaynatkichdagi bug’lanishi lozim bo’lgan suyuqlik miqdori ortadi. R=∞ bo’lganda maksimal katta miqdordagi suyuqlik bug’lanishi kerak. Bu holat o’z navbatida eng katta miqdordagi isituvchi bug’ sarfini talab qiladi.


Rmin bo’lgan rejimda ish chizig’i muvozanat chizig’i bilan kesishadi (8-rasm, b); bu nuqtada harakatlantiruvchi kuch nulga teng bo’ladi. Bunda nazariy pog’onalar soni eng katta kiymatga ega bo’ladi. Demak, Rmin bo’lgan rejim uchun rektifikasion kolonna cheksiz katta balandlikka ega bo’lishi zarur. Bir xil sharoitlarda isituvchi bug’ning sarfi flegma soniga proporsional bo’lganligi uchun Rmin rejimda isituvchi bug’ning sarfi eng kam qiymatga teng bo’ladi. Shunday qilib, flegma soni ortishi bilan kolonnaning balandligi kamayadi, isituvchi bug’ sarfi esa ortadi. Shu bilan birga, flegma soni ortganda kolonnaga qaytayotgan suyuqlik miqdori ham ortadi, bu hol o’z navbatida kolonna diametrining kattalashuviga olib keladi.


1.4 REKTIFIKASION KOLONNANING ISSIQLIK BALANSI


Uzluksiz ishlaydigan rektifikasion kolonna (4-rasm) uchun quyidagi issiqlik balansini tuzish mumkin.
Issiqlikning kirishi: kub-bug’latgichda isituvchi bug’ bilan QK; dastlabki aralashma bilan QF=GFiF.
Issiqlikning sarfi: bug’larning kondensasiyalanishi natijasida deflegmatordan chiqayotgan suv bilan QC; distillyat bilan QD= GDiD; kubdagi qoldiq bilan QW=GWiW; atrof muhitga yo’qotishlar bilan QY.
Bu yerda iF, iD, iWdastlabki aralashma, distillyat va kub qoldiqning entalpiyalari.
Shunday qilib, issiqlik balansi tenglamasini quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
QK + QF = QC + QD + QW + QY . (14)
Q larning o’rniga ularning qiymatlarini quyib va QC=GVrD=GD(R+1)rD (bu yerda rD – deflegmatordagi bug’ning kondensasiyalanish solishtirma issiqligi) hisobga olinib, issiqlik balansi tenglamasini QK ga nisbatan yechamiz:

QK = GD(R+1)rD + GDiD + GWiW - GFiF + QY . (15)


Kub-bug’latkichni isitish uchun sarf bo’ladigan isituvchi bug’ning miqdorini quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin:


, (16)
bu yerda rib – isituvchi bug’ning kondensasiyalanish (yoki bug’ hosil qilish) solishtirma issiqligi; xib – isituvchi bug’ning quruqlik darajasi.
Deflegmatordagi bug’ni kondensasiyalash uchun zarur bo’lgan suvning sarfi quyidagicha topiladi:
, (17)
bu yerda SS – suvning solishtirma issiqlik sig’imi; tb va t0 – suvning boshlang’ich va oxirgi haroratlari.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling