O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti «kimyoviy texnologiya»


Suyuqlikni sirkulyasiya yo’li bilan sochib berish


Download 1.1 Mb.
bet12/16
Sana06.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1171736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Suyuqlikni sirkulyasiya yo’li bilan sochib berish. Neftni qayta ishlash korxonalarida bug’lanmaydigan suyuqlikni sirkulyasiya usuli bilan sochib berish usuli keng ishlatiladi. Bunday holatda flegmaning bir qismi yuqorigi tarelkadan sovutgichga yuboriladi va u yerda ma’lum haroratgacha sovitilib, yuqorigi tarelkaga qaytariladi. Bu yerda sovuq flegma pastki tarelkadan chiqayotgan bug’lar bilan kontaktga uchraydi. Natijada bug’lar sovib, qisman kondensasiyalanadi, hosil bo’lgan flegma oqimi rektifikasiyalash jarayonini amalga oshiradi. Yuqorigi tarelkadan rektifikat bug’lari uzatiladi. Ayrim sharoitlarda, bug’larni sirkulyasiya qilinayotgan flegma bilan kontaktini yaxshilash uchun bitta emas, balki ikki yoki uchta tarelkadan foydalaniladi.
Issiqlikni uzatishning ushbu usulidan ko’pincha zaharli xom ashyolarni qayta ishlashda (ayniqsa suv bug’i ishtirok etganda) foydalaniladi, chunki bunday sharoitlarda kondensator va sovutgichlar korroziyaga uchraydi.
Rektifikasion kolonnaning yuqorigi qismidan issiqlikni uzatish uchun bayon qilingan usullardan tashqari boshqa usullar (flegmani o’ta sovitish bilan parsial kondensasiyalash, suyuqlikni sirkulyasiya bilan sochib berish konturidan distillyatning ikkinchi oqimini ajratib olish va hokazo) dan ham foydalanish mumkin. Har bir aniq sharoit uchun issiqlikni uzatishning eng maqbul usuli tanlab olinadi.
Rektifikasiyalash jarayonini amalga oshirish uchun kolonnaning pastki qismiga issiqlik kiritiladi. Bunda pastki tarelkadan oqib tushayotgan suyuqlikning bir qismi bug’lanadi, natijada rektifikasiyalash jarayoni uchun zarur bo’lgan bug’larning yuqoriga yo’nalgan oqimi paydo bo’ladi. Kolonnaning pastki qismiga issiqlikni kiritishning quyidagi asosiy usullari mavjud: issiqlik almashinish quvurlarining zmeyevigi, bug’ bo’shlig’i bo’lgan isitgich, sirkulyasiya qilinayotgan issiq oqim.
Rektifikasion kolonnaning normal ishlashi, ya’ni oldindan berilgan tarkibli rektifikat va qoldiqni olish, xom ashyoni kolonnaga qanday holatda berishga bog’liqdir. Xom ashyo odatda kolonnaga ikki xil – suyuq va bug’ holatida beriladi. Rektifikasion kolonnaning ishini tahlil qilish va jarayon uchun eng maqbul rejimni aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir: issiqlik va sovuqlikning sarflari; tegishli issiqlik va sovuqlik tashuvchi agentlarning borligi; qaynatgich, xom ashyoni isitgich va kondensatorlarning zarur bo’lgan yuzalari; kolonnaning o’lchamlari va boshqalar.
Rektifikasion kolannadagi bosimni tanlash birinchi navbatda zarur bo’lgan harorat rejimi bilan bog’liqdir: agar kolonnadagi harorat ko’paytirilishi kerak bo’lsa, kolonnadagi bosimning qiymati atmosfera bosimiga nisbatan oshiriladi; kolonnadagi haroratni pasaytirish ko’zda tutilgan paytda, bosim vakuum hosil qilish orqali kamaytiriladi.
Qaynash haroratlari past bo’lgan va kichik molekulali uglevodorodlar (propan, butan, izobutan, pentan va boshqalar) ni ajratishda rektifikasiyalash jarayoni yuqori haroratda (oqibat natijada yuqori bosimda) olib boriladi.
Kolonnaning yuqorigi qismida haroratning ko’tarilishi (o’z navbatida bosimning oshishi) kondensator yuzasining kamayishiga olib keladi, chunki bunday sharoitda kondensasiyaga uchragan rektifikat bug’lari va sovituvchi agent haroratlarining o’rtacha farqi ortadi. Shu bilan birgalikda, kolonnada bosim ortgan paytda, uning pastki qismidan olinayotgan qoldiqning harorati ham ko’tariladi. Bunday holatda, issiqlik tashuvchi va pastki mahsulot (qoldiq) haroratlari o’rtacha farqining kamayishi tufayli isitgichning yuzasi ortib ketadi.
Vakuum hosil qilish yo’li bilan rektifikasion kolonnadagi bosim qiymatini kamaytirish orqali kolonnadagi haroratni pasaytirish imkoniyati yuzaga chiqadi. Bunday holat, ayniqsa, o’ta yuqori qaynash haroratlariga ega bo’lgan yoki issiqlikka bardosh berolmaydigan komponentlarni ajratishda qo’l keladi. Masalan, atmosfera bosimida qaynash harorati 5000C dan yuqori bo’lgan moy distillyatlarini vakuum ostida 4000C dan past bo’lgan haroratda rektifikasiyalash mumkin bo’ladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, bosimning qiymati rektifikasion kolonnaning bir qator ko’rsatgichlariga sezilarli darajada ta’sir qiladi, bunda ayrim ko’rsatgichlar yaxshilansa, qolganlari esa yomonlashadi. Shuning uchun, har bir aniq sharoit uchun bosimni tanlashdan oldin ko’zlangan jarayon har tomonlama chuqur tahlil qilinishi lozim.
Ko’pchilik holatlarda, jarayonning haroratini pasaytirish hamda neft mahsulotlari (mazut va boshqa og’ir neft qoldiqlarini haydashda) parchalanishining oldini olish maqsadlarida rektifikasion kolonnaga suv bug’i kiritiladi. Uskunada vakuum hosil qilish orqali ham suyuqlikning qaynash haroratini pasaytirish mumkin. Neftni qayta ishlash korxonalarida aralashmaning qaynash haroratini pasaytirish uchun ikkala usul ham qo’llaniladi.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling