O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

Tepa meristema vegetativ novdada va gul novda hosil qiluvchi hamda 
ildiz uchki mcristcmalariga bo'linadi. U lar ildiz va poyaning uchida 
joylashadi, yangi organlar hosil bo'Iishida o'simliklaming bo'yiga o'sishini 
ta ’minlaydi.
Yon meristemalarga ildiz va poyalarning markaziy silindrining atrofida 
joylashgan prokambiy va kambiylar kiradi. Birlamchi meristema urug' 
m urtagida poya, ildiz va u larning u ch larid a yon poyalar ham da 
kurtaklarda joylashib, yangi organlarning hosil bo'lishi o'simliklaming 
bo'yiga o'sishini ta ’minlaydi.
11


Ikkilam chi meristemaga boylam lararo va p o ‘kak kam biysi yoki 
fellogen kiradi. Boylam lararo kam biy o'sim lik organlarining eniga 
o'sishini ta ’minlaydi, fellogen esa ikkilamchi to'qima peridermani hosil 
qiladi.
Interkalyar meristema poya va bo'g'im oralig'ining bazal qismida, ya’ni 
ostida hamda bargda hosil bo'ladi. Interkalyar o'sish keng tarqalgan. 
Qirqbo'g'im, qo'ng'irboshlar, ziradoshlar oilasida yeryong'oq, bug'doy, 
arpa, javdar, makkajo'xorida interkalyar o'sadi. Yon loterial meristema 
kelib chiqishiga ko'ra, ikkilamchi meristema bo'lib, u k o 'p yillik ikki 
pallali o'simliklaming ildiz va poyasining ksilema (yog'ochlik) hamda 
floem a (lub) qism larining o 'rta s id a u la r yuzasida parallel b o 'lib
joylashadi va u kambiy deyiladi. U o'sim liklam ing eniga o'sishini 
ta ’minlaydi.
Yara mersitema o'simliklaming biror qismi zararlansa, o'sha yerda bu 
m eristem a hosil b o 'lish i m um k in . Y a ra m eristem a p aren x im a 
to'qimalaming tirik hujayralaridan hosil bo'ladi.
Meristema bir-biri bilan zich joylashgan katta yadroli, po'sti yupqa 
(pektin va sellyulozali) ichi faqat sitoplazma bilan to'lgan vakuolasiz tirik 
hujayralar yig'indisidan tashkil topgan.
Doimiy to'qim alar bajaradigan vazifasiga ko'ra 5 xil bo'ladi:
1. Qoplovchi to'qimalar.
2. Asosiy to'qimalar.
3. Mexanik to'qimalar.
4. O'tkazuvchi to'qimalar.
5. Ajratuvchi to'qimalar.
Qoplovchi to 'q im a barcha organlarni qurib qolishdan va tashqi 
muhitning boshqa noqulay sharoitlaridan ya’ni ortiqcha quyosh ta ’siridan 
kuchli isib k etish d an , m exanik sh ik a stla n ish d a n , z a ra rk u n a n d a
m ikroorganizm larning ichki to 'qim alarga kirishidan himoya qiladi. 
Qoplovchi to'qim a kelib chiqishiga ko'ra 3 xil:
- birlamchi qoplovchi to'qim a - epiderma;
- ikkilamchi qoplovchi to'qim a - periderma;
- uchlamchi qoplovchi to'qim a - qobiq.
Epiderma bir pallali o'sim liklar ham da yosh novdalarda uchraydi. 
Periderma esa ikki pallali o'simliklarga xos bo'ladi.
Epiderm a (yunoncha «epi» - yuqori, «derma» - teri m a ’nosini 
bildiradi) o'simlikni tashqi tomondan o 'rab turadi va u zich joylashgan
12


tirik parenximatik hujayralardan iborat. Hujayra po‘sti bir necha bor 
bukilgan bo'ladi. Ichida yirik vakuolasi bor, xloroplastlar epiderma 
hujayralarida uchramaydi. Epidermaning kutin qavatida mum qatlami 
yoki mayda tukchalar zich bo‘lib joylashadi. Tukchalar oddiy va bezli 
bo'ladi. Bezli tuklarda efir moylari, kislotalar va fermentlar mavjud. 
Kutikula moddasi rangsiz, plyonkaga o'xshash bo'lib, u suv va gazlarni 
o'tkazmaydi. Ba’zi bir o'simliklar, masalan, palmada («Klopstockia 
ceresara») mum qatlamining qalinligi 5 mm gacha bo'ladi.
T ashqi m uhit ham da ichki to 'q im a la r o 'rta s id a gaz va m odda 
almashinish jarayoni maxsus moslamalar ya’ni epidermada joylashgan 
og'izchalar (ustisalar) orqali amalga oshadi. Og'izchalarning o'simliklar 
uchun ahamiyati katta. Og'izchalar katta-kichikligi o'simliklar barg yuzasi 
miqdori o'simlik turiga, tashqi muhit sharoitiga bog'liq. Masalan, bir 
mm yaltirbosh bargida 30 ga yaqin, ku n gaboqarda 220-250, soya 
joydagisida 140 tagacha og'izchalar bargning ostki epidermisida, suv 
betida suzib yuruvchi o'sim liklarda barg ustida bo'ladi. Epiderma 
ko'pincha bir yil yashaydi, keyin tushib ketadi. Epiderma bir qavat 
hujayralardan tashkil topgan. Oleandr («Nirium oleander») o'simligida 
ikki qavat bo'ladi. Fukus ko'pchilik nina bargli o'simliklar vakillari 
o'simliklarida epiderma bir necha yil to'kilmasdan yashaydi. Kuzga borib 
k o 'p yillik o'simliklar organlarida epiderma o'rnini ikkilamchi qoplovchi 
to'qim a (periderma) egallaydi. 
Po'kak (periderma) odatda, epiderma 
o'simlik organlarida bir necha oydan yilgacha saqlanadi, keyin to'kiladi, 
uning o'rnini ikkilamchi qoplovchi to'qima - po'kak egallaydi. U esa 
o'z navbatida ikkilamchi hosil qiluvchi to'qim a fellogen yoki po'kak 
kambiysidan hosil bo'ladi. Fellogen bir qator tangental cho'zilgan, doimo 
bo'linish xususiyatiga ega bo'lgan hujayralardan iborat. Fellogen po'kak 
(fellema) hamda felloderma birgalikda periderma deyiladi. Birlamchi 
qoplovchi to'qima, epidermadagi og'izchalar b a’zilari ostidagi birlamchi 
parenxima hujayralaridan maxsus guruh xlorofilsiz hujayralar hosil 
b o 'lad i. U lar kengayib, hujayralarning o 'rta plastinkasi eriydi va 
hu jay ralar bir-biridan ajralib sharsim on shaklga keladi. Bunday 
hujayralar bajaruvchi to ‘qima deyiladi. Shu hujayralar ostida yasmiqchalar 
fellogeni rivojlanadi va hujayralar po'sti po'kaklashadi. Epiderma yorilib, 
yoriqli bo'rtm a yasmiqchalar hosil bo'ladi. Yasmiqchalar tut, gilos 
o'simliklarida yaxshi ko'rinadi. Bular orqali havo almashinib turadi. 
P o 'k ak qalinligi har xil b o'ladi. M asalan, po'kakli eman («Querus
13


rubber») daraxtida po‘kakning qalinligi 25 sm gacha borishi mumkin.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling