17
yo‗nalishlarini belgilab beradi. Geosfera xos omillar: yerning o‗lchamlari; iqlimi,
dengizga
yaqinligi, hosildorligi, tabiiy boyliklari va h.k. Gidrosfera xos
xususiyatlar: quruqlik ahamiyatiga moliklik,
suvosti dunyosi boyliklari, hayvonot
dunyosi, savdo-sotiq, turizm va h.k. Atmosferaga xos omillar: yer sirtida turli
to‗siqlarning yo‘qligi, dengiz kengliklaridan o‗tishning
qulayligi, yuqori tezlik,
geosferani tadqiq qilishdagi qulayliklar, harbiy ahamiyatga moliklik,
kosmos
imkoniyatlari. Albatta bugungi kunda kosmosni alohida qayd etib o‗tish lozim.
Bugungi kunda kosmos yerning sun‗iy yo‗ldoshlari orqali, xalqaro kosmik stansiya
imkoniyatlari bois quyidagilarga ega bo‗lmoqda: yer sayyorasining barcha
nuqtalari ustidan sifatli nazorat o‗rnatish; yerning ustki va yerosti qatlamlarini
samarali o‗rganish va o‗zlashtirish; axborot - kommunikatsiyalari xizmatining
yangi bosqichga ko‗tarilishi; gallaktika kengliklarini o‗rganish; sohaga doir fan va
texnik kashfiyotlarning amalga oshirilishi va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: