O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy manfaat
Total maydon - bu milliy hamjamiyat nazorati ostidagi uzluksiz makon (hozirgacha bunday maydon Rossiya Federatsiyasining aksariyat hududlarini qamrab oladi). Geosiyosiy tayanch nuqta - bu ma'lum bir davlat tomonidan boshqariladigan umumiy aloqa maydonidan tashqaridagi hudud bo‗lib, uning aloqalari milliy jamoat tomonidan boshqarilmaydi. Shunday qilib, Vetnam, Kuba, Laos, Kambodja va boshqa mamlakatlar SSSRning geosiyosiy nuqtalari edi. Metapole - bir vaqtning o‗zida bir nechta davlatlar tomonidan zabt etilayotgan makon (Zyuganovning fikriga ko‗ra, bu tur Rossiyaning butun hududini o‗z ichiga oladi) (Pleshakov, 1994; Zyuganov, 1997). Meta (gr. - keyin, uchun, orqali) - ergashish, o‗tish, o‗zgartirish, o‗zgartirish. Milliy manfaat. Manfaatga muayyan guruhlarga moddiy va ma‗naviy tomondan foyda keltiruvchi omil sifatida qarash mumkin. Biroq geosiyosatda milliy manfaat tushunchasi kengroq ma‗noda – xalqlar, davlatlar manfaatlaridan kelib chiqib talqin etiladi. Bizningcha, milliy manfaatning geosiyosiy tus olishi avvalo o‗sha davlatda olib borilayotgan ichki siyosatning tarkibiy qismini tashkil etuvchi asosiy vazifalar va maqsadlardan boshlanadi. Negaki, har bir davlat aniq bir tarixiy sharoit, taraqqiyot va barqarorlik manfaatlari, milliy - tarixiy xususiyati va qadriyatlaridan kelib chiqib, uzoq va yaqin kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‗lgan asosiy vazifalari va maqsadlarini belgilaydi. Masalan, bugungi kunda O‗zbekistonning oldida turgan asosiy ustuvor masalalar – jamiyatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan erkinlashtirish; jamiyat ma‗naviyatini yuksaltirish; xalq turmush darajasini oshirish; iqtisodiyotda tarkibiy o‗zgarishlarga erishish; barqarorlik, tinchlik, totuvlik va davlatimiz hududining daxlsizligini ta‗minlash va boshqalar hisoblanadi. Ushbu vazifa va maqsadlar davlatimiz milliy manfaatlari tizimida o‗z aksini topgan. Har bir davlatning milliy manfaatlari evolyutsiyasi oxir oqibat jahon siyosati bilan bog‗lanadi. Shuning uchun ham jahon siyosati asosida nafaqat manfaat tushunchasi turadi, balki har bir milliy manfaatlar amaliyoti jahon siyosatini harakatga keltiradi. Shu tariqa davlatlarning o‗z manfaatlariga erishish 20 yo‗lidagi harakatlari, unga intilishi jahonda muayyan kuchlar muvozanatini yuzaga keltiradi. Ana shu bosqichda geosiyosatning manfaat kategoriyasi kuchlar muvozanati kategoriyasi bilan amaliy jihatdan o‗zaro tutashadi. Aytish joizki, geosiyosatning mohiyatiga va fanning tuzilishiga ko‗ra mavjud bo‗lgan kategoriyalari, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‗rganish muhim ahamiyatga egadir. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling