O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sayohatlar . Ensiklopediyalar, qomuslar
- Personaj nutqi
Nutq o‘stirish vositalari. Notiq nutqini boyitish vositalari quyidagilardir:
Badiiy adabiyot. Xalq og‘zaki ijodi. Radio-televideniye, san’at. Ilmiy adabiyotlar. Lug‘atlar. Tevarak-atrof bilan tanishish. Sayohatlar. Ensiklopediyalar, qomuslar. Notiq o‘z nutqini o‘stirishi uchun, avvalo, badiiy asarlarni yaxshi, sinchiklab, tushunib o‘qishi zarur. Yozuvchining, shoirning so‘z qo‘llash mahoratini tushunish va aniqlash hamda o‘z nutqida qo‘llay bilishni o‘rganishi zarur. Masalan: Abdulla Qahhorning “Anor”, “O‘g‘ri” hikoyalari, G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, Mahmud Toir, Hayotxon Ortiqboyeva she’rlari, Tohir Malikning “Aql va oqil”, “Umidimiz yulduzlariga”, “Odamiylik mulki”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, “Boqiy darbadar”, “Onaizorim”, Salim Ashurning “Katta oftob”, Sirojiddin Sayyid, Hasan Abduvohidov kabi ijodkorlarning bir turkum asarlarini o‘qishi zarur. Badiiy adabiyot yoshlarni tarbiyalash, inson nutqini, o‘stirish vositasidir. Shuningdek, notiq ko‘plab iqtidorli yozuvchilar, shoirlarning hikoyalari, romanlari, qissalari, she’r va dostonlarini o‘qishi orqali o‘z bilimini oshiradi, tilini boyitadi, suhbatda, ma’ruzada o‘z fikrini to‘g‘ri, aniq va tushunarli bayon etishga o‘rganadi. Badiiy adabiyotdan nutqda foydalanishning shakl va usullari har xildir. Notiq qayerda, kimlar bilan suhbat yoki ma’ruza o‘tkazayotganiga qarab, badiiy obrazlardan foydalanishi va asarlardan parcha keltirishi, she’r o‘qib berishi mumkin. Notiq 60-70 yoshlilar o‘rtasida xalqaro ahvol to‘g‘risida suhbat o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, sevgi mavzusida she’r o‘qisa, bu nojoiz, albatta. Chunki u o‘z aql-idroki bilan badiiy adabiyotdan qachon, qayerda foydalanishni bilishi zarur. Badiiy asarlardan parcha aytish bu – nutqni boyitishga, tinglovchilar kayfiyatini yaxshilashga xizmat qilishi lozim. Notiq nutqini boyitishda xalq og‘zaki ijodi namunalarining ahamiyati beqiyos. Har bir notiq xalq yaxshi ko‘radigan, aytilayotgan mavzuga oid, xalq ichida mashhur bo‘lmagan maqollardan, allomalarning hikmatli so‘zlaridan foydalanishi orqali so‘z boyligini oshirib borishi kerak. Nutq o‘stirishda badiiy adabiyotning roli katta. Badiiy adabiyotda muallif nutqi ham bor. Badiiy asar tilining tarkibiy qismi bo‘lib, unda personajlar nutqidan farqlanuvchi muallif bayoni, izohlari yozuvchi tilidan bayon qilinadi. Personaj nutqi asar qahramoni xususiyatlarini ko‘rsatib, to‘ldirib beruvchi qo‘shimcha obrazlar nutqidir. Uning fikr va hissiyotlari, turmush hodisalariga bo‘lgan munosabatni bildiradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling