Mubolag‘a – notiq nutqida, obrazni mubolag‘a orqali, so‘zlarning ta’sir kuchini yanada bo‘rttirish uchun xizmat qiladi.
Agar jannat ko‘kda bo‘lsa,
ostidadir O‘zbekiston.
Agar jannat yerda bo‘lsa,
ustidadir O‘zbekiston!
(Iqbol Mirzoning “Qo‘shiq” she’ridan)
O‘zbekiston xalq shoiri mubolag‘a san’atidan foydalanib, ona yurtimizning jannatmonand ekanligini yana bir bor isbotlab bermoqda.
Har bir shoir kabi notiq ham ijodkor hisoblanadi. Notiq o‘z nutqida eng yaxshi ko‘rgan, yaxshi bilgan shoirlari, yozuvchilari asarlaridan parchalar aytib, misollar keltirishi mumkin bo‘ladi. Mubolag‘a notiq nutqini go‘zallashtiradi, ta’sir kuchini oshiradi, tinglovchilar diqqatini o‘ziga tortadi.
Antiteza – qarshilantirish ma’nosini bildiradi. Notiq o‘z nutqida qarshilantirish usuli orqali voqea-hodisaning yanada tushunarliligini ta’minlaydi.
Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimligi katta zalida Guliston davlat universiteti professori, O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonning 70 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘layotgan edi. Minbarda professor Qozoqboy Yo‘ldoshev ma’ruza qilmoqda:
Ko‘rimsiz, qo‘lidan yer chopish, mol-qo‘y boqish kelmaydigan, xunuk, oriq bu odam she’r yozishdan boshqasiga yaramasa nima qilsin, she’r yozadi-da, dedi. Shu payt zaldan bir chol otilib, o‘rtaga chiqdi-da:
Hoy, mo‘ylovli bola, bu bolani kimligini bilasanmi? Bu bizning To‘ramiz bo‘ladi. U kitoblarga kiritilgan! deb baqirdi. Bu gapdan butun zal junbushga kelib, qarsak chaldi. Bu yerda professor Qozoqboy Yo‘ldoshev qarshilantirish usulidan foydalanib, To‘ra Sulaymonning ulug‘ ijodkorligini tushuntirmoqchi bo‘lgan edi.
Sarkazm – ko‘proq tanqidiy nutqda, satirik asarlarda fosh etishning usullaridan sanaladi: achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na va pichinglardan iboratdir. Abdulla Qahhorning “Nutq” hikoyasi, To‘ra Sulaymonning “Davlat odami”, “Alhazar” kabi o‘nlab asarlarda bu usuldan foydalanilganini ko‘ramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |