Notiq nutqidagi imo-ishora va xatti-harakatlarning ahamiyati.
Imo – bosh irg‘itib yoki yuz-ko‘z, qosh, qo‘l harakati bilan qilinadigan ishora. “Imo bilan bildirmoq”. “Imo bilan chaqirmoq”. Imo-ishora tili lingvistikada nutq tovushlarisiz imo-ishoralar bilan fikr anglatishdir.
Xatti-harakat – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib – yurish-turish, xulq-atvor, harakat qilish, ish olib borish plani, reja, taktika ma’nolarini bildiradi.
Nutqni kuchaytiruvchi omillaridan muhimi, uni boyitish, ta’sirchanligini oshirish vositalaridan biri imo-ishora, xatti-harakatlar yordamida fikrni, g‘oyani tushuntirishdir. Nutqning ta’sirchanligini oshirish yo‘llaridan biri sodda, tushunarli tilda gapirish va ellipsis, takror, ritorik so‘roq, ritorik murojaat, xitob, gradatsiya, antiteza, sintaktik, parallelizmlardan foydalanish org‘qali maqsadga yaxshi hamda tez erishishdir. Lekin nutqda imo-ishoraning, gavda-tana harakatining notiq fikrini tushuntirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Notiq, yuz, labi, qoshi, ko‘zi, qo‘li, boshi, qisqasi, gavdasini maqsadga muvofiq harakatlantirishi orqali tinglovchilar mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lishi kerak bo‘ladi.
“Tana harakatlarini ham, ma’noli imo-ishoralarni ham, yuzdagi ifodani ham, tovushlar va ovozdagi rang-baranglikni ham kuzatib turishni talab etuvchi ijroning o‘zi”.
“Notiqqa uchta narsa kerak: ziyraklik, fahmlash (yoki ilm-fan) va uchinchisi g‘ayrat va qunt” bo‘lishi shart deb o‘rgatadi Sitseron.
Nutqni o‘stirish omillaridan biri sifatida notiqning imo-ishoralari mimikalari, xatti-harakatlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. Ammo ular nutqning o‘rnini bosa olmaydi, lekin notiq so‘zlarining, fikrining tushunarli bo‘lishida ularning ham o‘z o‘rni bor. Nutq shunday bir qudratli qurolki, uning yordamida inson o‘zining barcha fikrlarini, o‘ylari, istaklari, intilishlarini har tomonlama bayon qilib ko‘rsata oladi. Nutq shu jihatdan olganda nafaqat o‘zaro aloqa vositasi, balki o‘zaro ta’sir o‘tkazish vositasi, tarbiya vositasi, insoniy madaniyatning qon tomiri, asosi va o‘zagidir.
“Men tafakkurim o‘tmishi uchun emas, balki uning kelajagi uchun qo‘limga qalam olaman”, degan edi Pol Valeri.
“E’tiqodga joy berish uchun bilimlarimni siqishtirishga to‘g‘ri keladi”, degan edi nemis faylasufi Immanuil Kant.
“Ma’rifat – o‘z aqlingdan foydalana olish jur’atidir”.
“Insoniyat fikr yuritmay qo‘ysa, – deydi Kant, – yer yuzida xuddi mozoriston kabi mangu tinchlik cho‘kadi. Faqat fikr yuritgandagina hayot bog‘ida abadiy tinchlikni saqlab qolish va tinimsiz taraqqiyotga erishish mumkin”.
“Burch! Naqadar ulug‘vor va olijanob jaranglar noming!”.
Immanuil Kantning bu o‘lmas, eskirmas fikrlari, g‘oyalari notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga ham tegishlidir.
Xulosa shuki, notiq doimo izlanishda, bilimini kengaytirishda, o‘qituvchilik, olimlik, targ‘ibot-tashviqotchilik, eng asosiysi, ulug‘ mamlakatning fuqaroligi burchini bajarishi zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |