O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. Bedil qolib, Demyan Bedniyni suysa, Qora sochning malla bo‘lgani shudir


Download 0.8 Mb.
bet48/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib, Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.



O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayro o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.



O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.



El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lug‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.



O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning “Barakalla” bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman, degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

Xulosa qilib aytganda, notiqning vazifasi faqat axborot, yangilik berish emas, balki tinglovchilarga odob-axloqni o‘rga­tish kamdan-kam uchraydigan qusurlarni, ja­holatlilikni yo‘qo­tishga ham hissa qo‘shishdir.


Mark Tulliy Sitseronning “Notiqlik san’ati” kito­bida notiqlik va nutq odobi haqida yaxshi materiallar berilgan. “...ana shunda sen o‘z so‘zing bilan uni ishon­tirishing yoki fikridan qayta­rishing, tinchlantirishing yoki hayajonga solishing va umuman, barcha usullar bilan ish sharoitlariga mos ravishda ba’zan hatto, do‘stlikni naf­ratga va nafratni do‘stlikka aylantirib qo‘yishing za­rur”, deb ko‘rsatadi. Mutafakkir nutqning ishonarli bo‘li­shi uchun uning uchta maqsadga egaligini: 1) tinglovchini o‘ziga xayrxoh etish, 2) pand-nasihat berish, 3) odam­larni haya­jonlantirish notiqlikdagi eng asosiy vazi­falardan ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Bundan tashqari, notiq nutqida so‘zlash uslubi va ijro etish qobiliyati quyidagilardan iboratligi aytilgan: Birin­chi – eshituv­chilarni jalb qilish, ikkinchi – ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsa­tish, uchinchi – ularni to‘lqinlashtirish, deb ko‘rsatiladi.
Bugungi kun talabiga javob beradigan notiqqa Sitseron aytganidek, uch narsa: ziyraklik, fahmlash (ilm-fan), g‘ayrat, qunt kerak bo‘ladi. Notiq – ilm-fan orqali topishga harakat qilayotgan narsani qaerdan izlash kerakligi va qayerda ekanligini ko‘rsatadi. Notiqlikka harakat, diqqat-e’tibor, o‘ylash, xushyor­lik, sabot, mehnat, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, o‘sha qunt ti­rish­qoqlik bilan erishiladi”. Notiqlikda – notiq ovozining yum­shoq­ligi, yuzining kamtarona holati, nutqining muloyimligi ham yordam beradi. “Agar sharoit taqozosiga ko‘ra, keskin­roq gapi­rishga to‘g‘ri kelsa, bunga o‘z irodangga qarshi majbur ekan­ligingni ko‘rsatish kerak”. Oqko‘ngillik, oli­janoblik, halimlik, ehtirom mavjudligini va manfaat­pa­rastlik, ochko‘zlik yo‘qligini, halol, ammo aslo takabbur yo‘qligini, qo‘pol va o‘jar bo‘lmagan, bema’niligi va qit­mirligi yo‘q insonligi nutqida ko‘rinib turishi lozim.
Notiqlik insondan bosiqlikni, sabr-toqatlilikni, keng mulo­hazakorlikni ham talab etadi. Notiq har doim tinglovchilar naza­rida-e’tiborida bo‘ladi. Shuning uchun ham, notiq tinglovchi­larning inson kayfiyatini buzishga mo‘ljallangan, g‘ashiga tega­digan, jahlini chiqaradigan bema’ni savollariga ham odob doira­sida javob berishga majbur bo‘ladi.
Xo‘sh, odob nima? Odob-adab so‘zining ko‘plikdagi shak­lidir. Odob-adab – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, inson­ning tarbiyalanganligini ko‘rsatuvchi mezoni, axloqiy fazilatlarni egallaganligi, barkamolligining belgisi hisoblanadi. Odob-adab – avvalo, ota-ona qonidan o‘tadi, oilada beriladi, shakllanadi. Oilada bolaga odob-adab­ning dastlabki xususiyatlari, vazifalari ota-onalar, bu­vi, bobolar, akalar, opalar yordamida shakllan­tiriladi. Odobni-axloqning prinsiplari, toifalari, me’yorlari, tar­biya­lan­ganlik darajasi, estetik didi, estetik faro­sati mavjud. Odob – insonning tevarak-atrofdagilar bilan munosabati, muoma­lasi, o‘zini tutishi, kiyinish madaniyatiga egaligi, ichki qonun-qoidalarni hurmat qilishi, rioya etishi, turmush tarzi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi, nimaga qiziqishi, ichki va tashqi olam haqidagi qarashlari kabi masalalarni qamrab oladi. Odob birin­chidan, oilada, ikkinchidan, bog‘chada, uchinchidan, mak­tabda, o‘quv yurtlarida, jamoada, mehnat qilish jarayonida shakllanadi va o‘sib, rivojlanib boradi. Odob – inson adabini, fazilatini, xulq-atvorini, axloqining qanday­li­gini ko‘rsatadi. Axloq arabcha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi. Axloqning beshta toifasi bor:

  1. Vatanparvarlik.

  2. Insonparvarlik.

  3. Xalqlar do‘stligi.

  4. Jamoaviylik.

  5. Mehnatga ongli munosabat.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling