O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Axloqning yettita kategoriyasi mavjud


Download 0.8 Mb.
bet49/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Axloqning yettita kategoriyasi mavjud:

  1. Yaxshilik va yomonlik.

  2. Adolat.

  3. Burch.

  4. Or-nomus.

  5. Vijdon.

  6. Baxt.

  7. Hayotning ma’nosi (R.Mahmudov., S.Ismoiylov. Axloq­shunoslik. O‘quv-uslubiy majmua. Guliston 2012. 25-bet).

Axloqning ellikdan ortiq me’yorlari mavjud: to‘g‘rilik, halollik, poklik, hayo, muloyimlik, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, sabrlilik, mehnatsevarlik, mardlik, bir so‘zlilik kabilar. Shuning­dek, axloqda yigirmadan ortiq salbiy jihatlar ham mavjud: yolg‘onchilik, dangasalik, tezlik, hayosizlik, aldamchilik, firib­gar­lik, o‘g‘irlik, savod­sizlik, bilimsizlik kabi. Notiq Husayn Voiz Koshifiy aytganidek, “kimki irodali va qat’iyatli bo‘lsa, o‘sha kishi o‘z maqsadiga tez yetishadi”. “Vijdoni, nomusi, diyonati bo‘lmagan kishi dunyoda bo‘lgan hamma yomonlikni qilishga tayyordir” (R.Mahmudov. O‘rta Osiyo allomalari­ning ilmiy me­rosi. Toshkent. “Mumtoz so‘z”. 2019. 155-bet). Notiq har doim odamlar ko‘z o‘ngida bo‘lishini hisobga olib faqat odobli, axloqli, tavozeli, hurmatli bo‘lib yurishi lozim. Chunki notiqdan insonlar faqat ma’lumot olmaydilar, balki bilim olish bilan birga, odobni, axloqni, odamlar orasida o‘zini qanday tutishni, katta-kichik bilan, oddiy kishilar bilan qanday munosabatda bo‘lishni ham o‘rganadilar. Notiqning og‘zidan hech qachon yomon so‘z chiq­masligi shart. Afsuski, bugun ayrim yoshlar so‘kinib gapirishni, bir-birini haqorat qilib, hazilla­shish­ni odatga aylantirib olgan­lari ham borligi sir emas. Bu holat tevarak-atrofdagilar uchun juda xunuk ko‘­ri­nishini sezishlari, his etishlari kerak bo‘ladi. Inson­ning har bir so‘zi otilgan o‘qdek, qaytmaydi. Shuning uchun aytayotgan har bir gapiga inson o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Xalqimizda har bir insonning yelkasida yettitadan farish­talar savob va gunoh so‘zlarini yozib o‘tiradilar, vaqti kelganida inson og‘zidan chiqqan har bir so‘zi uchun javob beradilar, – degan gap ham bor. Xalqimizning “har bir gapga, so‘zga farish­talar “omin” deydi, yaxshi niyat qi­linglar”, degan o‘gitiga amal qilishimiz zarur. Adib Abdulla Qodiriy: So‘z so‘zlashda uzoq andisha kerak, deb bejiz aytmagan.
Xulosa qilib aytganda, notiq og‘zidan chiqayotgan har bir so‘ziga, gapiga ehtiyotkor bo‘lishi va odob-axloq me’yo­rida gapirishga o‘rganishi kerak. Sitseronning fikricha, notiq “ado­latli, benazir, vijdonli, kamtar, sabrli, chi­damli inson sifatida dildan chiqarib va chuqur tuyg‘u bilan gapirsa, nutqi shunday kuchga ega bo‘ladiki, go‘yo u notiqning axloqiy qiyofasini rangin chizib qo‘yadi”.
Haydar Xorazmiy “Mahzan ul-asror” asarida shunday yozadi:

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling