O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Birinchidan, notiq o‘zi gapirayotgan mavzuni yaxshi o‘z­lashtirgan bo‘lishi shart. Ikkinchidan


Download 0.8 Mb.
bet52/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Birinchidan, notiq o‘zi gapirayotgan mavzuni yaxshi o‘z­lashtirgan bo‘lishi shart. Ikkinchidan, notiq nutq mada­niyati nima ekanligini bilib olgan bo‘lishi va o‘zi amal qilishi zarur. Uchinchidan, notiq chiroyli gapirishidan tashqari, notiqlik san’a­tini yaxshi o‘zlashtirgan, har qan­day holatda nutqi tayyor bo‘lishi lozim. To‘rtinchidan, notiq o‘zbek tili qonun-qoida­larini, fonetikani, gram­ma­tikani, sintaksisni yaxshi o‘zlashtirgan va bu sohadagi bilimga to‘liq ega bo‘lishi kerak. Beshinchidan, notiqning so‘z boyligi yetarli, ko‘plab lug‘atlarni, badiiy asarlarni o‘qigan va uqqan, o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Oltinchidan, notiqlik san’ati va nutq madaniyati fanidan dars be­rayotgan ustoz xotirasi nihoyatda baquvvat bo‘lishi zarur. Yettinchidan, notiqda fahm-farosat, did o‘ta rivojlangan, o‘tkir bo‘lishi kerak. Sakkizinchidan, notiqlik san’ati va nutq madaniyatidan dars beradigan ustozda aktyorlik xu­susiyati bo‘lishi talab qilinadi. To‘qqizinchidan, notiq­likda faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan mutaxassis shoirta­biat, baxshitabiat, askiyachi, o‘ta hozirjavob bo‘lishi kerak. O‘ninchidan, notiq so‘zga chechan, so‘zamollik san’ati rivoj­langan, gapga usta, chiroyli gapira oladigan, har bir so‘zga urg‘uni to‘g‘ri qo‘ya oladigan, yoqimli ovozga ega bo‘lgan, no­tiqlik ta’sir usullarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘n birinchidan, notiqlik san’ati va nutq mada­niyati fanidan dars beradigan yoki viloyat, tuman, shahar targ‘ibot-tashviqot guruhi a’zosi bo‘lgan tashviqotchi o‘ta aqlli, qachon, nimani, qayerda, qancha gapirishning farqiga bora olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. O‘n ikkinchidan, notiq o‘z ustida doimo ishlab so‘z boyligini oshirib bo­rishi, yangiliklardan doimo xabardor bo‘lishi kerak. O‘n uchinchidan, o‘zi odob-axloqli, kamtar, madaniyatli, har jihatdan namuna olsa bo‘ladigan yetuk shaxs bo‘lishi lozim. O‘n to‘rtinchidan, namunali nutqqa xos bo‘lgan barcha sifat­larni (soflik, to‘g‘rilik, tushunarlilik, jo‘yalilik, aniq­lik, ta’sirchan­lik, mantiqiylik, qisqalik kabilar) na­zar­da tutgan holda og‘zaki va yozma nutq tuza olish mala­kasiga ega bo‘lmog‘i muhim.
Biz yangi O‘zbekistonni xalqimiz bilan birga­lik­da barpo etamiz, degan ulug‘vor maqsadni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu borada “Jamiyat – islohotlar tashab­buskor” degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga to­bora chuqur kirib bormoqda”, degan edi O‘zbekiston Res­pub­likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida. Prezident g‘oyalarini amalga oshi­rishda notiqlik san’ati va nutq madaniyatini yaxshi egal­lagan targ‘ibotchi-tashviqotchilarning ham hissasi katta. Prezident Farmonlari, Qarorlari, Farmoyish­lari, Muro­jaatnomalari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va qabul qilinayotgan yangi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar­ning mazmun-mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazishda no­tiq­larning ham katta mas’uliyati bor.
Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning quyidagi fikr­larini hech kim unutmasligi kerak:
“Fano ahliga ko‘p so‘zlamak – maqbul emas, ko‘p eshitmoq – matlub va yaxshidur. Eshitmoq kishini to‘latadi, aytmoq bo‘sha­tadi... Ko‘p degan ko‘p yanglishadi, ko‘p egan ko‘p yi­qiladi. Tan kasalliklarining asosi ko‘p emakdir, ko‘ngil kasalliklarining asosi ko‘p demakdir. Ko‘p demak so‘zga bino qo‘yganlik, ko‘p emak nafsga bo‘ysunganlikdir. Ki­shiga bu sifatlar ortiqchalik qiladi, barchasi o‘ziga be­ril­­ganlikka olib boradi”, degan edi.
So‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq an­disha kerak”, deganlar sevimli yozuvchi Abdulla Qodiriy. Buni unutib bo‘lmaydi.
“Nimaga men faylasuf emas, yozuvchiman? Chunki men so‘zlar bilan fikrlayman, g‘oyalar bilan emas”, degan edi fransuz yozuvchisi Alber Kamyu.
So‘z – gul, ish - meva” (al-Xorazmiy.)
Kishining go‘zalligi libosida emas, balki tilida” (Aristotel.)
Kishining qanchalik o‘qib-o‘rganligi, bilimli­li­gi, mada­niylik darajasi uning nutqida namoyon bo‘­ladi”, deydi pro­fessor S.Ibrohimov.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kun talabidan kelib chiqib, zamonaviy notiqqa qo‘yiladigan talablar quyi­dagilardir:
1. Notiq kundalik yangiliklardan “O‘zbekiston-24”, “Axborot”, “Davr”, “Markaziy studiya”, “Zamon”, “Diyor yan­giliklari”, “Xalq so‘zi”, “Yoshlar ovozi”, “Tafakkur”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hurriyat”, “Yangi O‘zbekiston” kabi gazeta-jurnallardan, boshqa vositalar-internet materiallaridan doimo xabardor bo‘lishi talab etiladi.
2. Notiq sermutolaalikni odat qilib, badiiy kitob­larni, ayniqsa, she’rlarni, g‘azallarni yod biladigan bo‘­lishi zarur.
3. Notiq mamlakatda bo‘layotgan barcha yangiliklardan xabardor bo‘lishi shart.
4. Prezident, hukumat qabul qilayotgan farmon va qa­rorlardan, qonunlardan ogoh bo‘lishi, qiziquvchanlik, intiluv­chan­lik xususiyatga ega bo‘lishi lozim.
5. Notiqning hozirjavoblik xususiyatiga ega bo‘lishi ham fazilat hisoblanadi.
6. Notiq har bir mavzu bo‘yicha ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘­rayotganda shu sohadagi yangiliklarni, qarorlarni, qo­nun­larni, me’yoriy hujjatlarni o‘rganishi va ulardan ogoh bo‘lishi zarur.
7. Agar ma’ruza qishloqlarda, maktablarda, kollej, litseyda yoki oliy o‘quv yurtida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, o‘sha joylardagi eng obro‘li, mehnati singgan oqsoqollar, ona­xonlar, ustozlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi ham zarur. Nutqida o‘sha obro‘li-e’tiborli insonlar haqida iliq gaplar aytib o‘tishi kerak.
8. Notiq ma’ruzani nomigagina ro‘yxatdan o‘tkazish uchun­gina o‘tkazaman, desa, katta xato qilgan bo‘ladi va bunday holda notiqni, ma’ruzachini obro‘-e’tibori keng xalq ommasi hamda talabalar o‘rtasida tushib ketadi. Yaxshisi shunday o‘ylaydigan­lar notiqlikni yig‘ishtir­gani, ma’ruza o‘qimagani, suhbat o‘tkaz­ma­gani maqsadga muvofiq bo‘ladi.
9. Notiq qayerda, kimlarni oldida gapirishidan qat’iy nazar doimo notiqlik mas’uliyatini his qilib gapirishi, so‘zlashi zarur.
10. Tinglovchilar orasida mendan aqlli, mendan ko‘p narsa biladigan, bilimli insonlar bor, deb gapirishga odatlanish kerak.
11. Notiq qayerda, qachon, kimlarga qarata gapirishdan qat’iy nazar samimiy, go‘zal gapirishi shart. Oilasidagi, ishxo­nasidagi ko‘ngil buzilishlar uchun tinglovchilar jabr tortmas­liklari kerak.
12. Notiq kiyinish madaniyatiga e’tibor berishi zarur.
13. Notiq yumorni, hazil-mutoyibani, ma’rifatga aloqador rivoyatlarni ko‘p bilishi va ulardan ma’ru­zasida o‘rinli foydalana olishi kerak. Yumor o‘z o‘rnida, mavzuga taalluqli bo‘lishi zarur.
14. Notiq gapirayotgan paytida, umuman, hammaning diqqat-e’tiborida ekanligini unutmasligi, (bosh, quloq, burun, elkasini qashimasligi) turli yaxshi-yomon qiliqlar qilmasligi ta­lab qilinadi.
15. Notiqning har bir xatti-harakati, har bir so‘zi, fikri, ijtimoiy axloq, estetika me’yorlariga mos holda bo‘lishi zarur.
16. Notiqning obro‘-e’tibori uni faqat yaxshi, chi­royli, jozibali so‘zlashi bilangina emas, balki uning lug‘at boyligi kengligi, hamma tushunadigan, qofiyali so‘zlarini o‘z o‘rnida ishlata bilishi bilan ham o‘lchanadi.
17. Notiq nutqida tinglovchilar tushunmaydigan so‘z­larni qo‘llamasligi kerak, o‘zbek adabiy tilida gapirishi zarur.
18. O‘z nutqini san’at darajasiga ko‘tarishi notiqning o‘ziga bog‘liq. Ya’ni, notiq iste’dodga ega bo‘lishi, u so‘zlar, qo‘l harakati, imo-ishoralardan unumli foydalanishi ham muhim. Fikrini aniq, sodda, emotsional ifodalay olishi kerak. Talab darajasidagi notiq bo‘lishi, notiqlik san’atini to‘liq egallashi uchun u, avvalo, o‘qimishli, so‘zga chechan, estetik jihatdan didi o‘tkir bo‘lishi lozim.
19. Notiq o‘zi so‘z yuritayotgan mavzu bilangina chega­ralanmasdan kundalik hayotdagi muammolar, masalalar, odob-axloq, nafosat, estetik did, o‘tkir ma’naviyatlilik, xush mada­niyatlilik haqida ham to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. Bu xususiyatlar notiqning kiyimi, xatti-harakati va qiliqlarida o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham, notiq ozoda, chiroyli, yoqim­li, did bilan kiyingan bo‘lishi shart. Notiqning chehrasi doimo ochiq, samimiy, sodda ifodaliligi bilan tinglovchilarni o‘ziga rom etishi kerak.
20. Notiq tinlovchilar oldiga chiqqanda ortiqcha va sun’iy harakatlarsiz (minbarga suyanmay, tomoq qirmay, sun’iy yo‘tal­may) ularga salom berishi va ohista so‘z bosh­lashi, hayajon­lanmay, o‘rtacha ovozda gapirishi kerak.
21. Notiq o‘z nomi bilan notiq, u ma’ruzani o‘qib ber­masligi kerak.
22. Notiq vaqtdan unumli va samarali foydalanishni bilishi, ya’ni mavzusini belgilangan vaqtda yoritib be­rishi va rejadagi barcha gaplarni to‘liq bayon etishi va savol-javobga vaqt qoldirishi kerak.
23. Notiq savol-javobga alohida diqqat e’tibor qara­tishi talab etiladi. U har bir savolga sodda, tushunarli qilib javob berishi zarur. Va savol bergan kishidan ja­vobidan qoniqqanini so‘rashi kerak. Savol bergan kishiga javobdan oldin va keyin minnatdorchilik bildirishi lozim.
24. Notiqlik san’ati ham boshqa san’atlar kabi ki­shidan matonat, bilim, ilmiy asosda o‘z ustida tinmay ish­lash, izlanishni talab qiladi.
25. Bugungi notiq kompyuterni mukammal bilishi, ij­timoiy tarmoqlardan foydalana olishi, ulardagi yangi­liklardan ma’ruza­larida, suhbatlarida unumli foydala­nishi lozim.
Yuqorida keltirilgan talablarga amal qilgan notiq­ning bo‘sh vaqti bo‘lmaydi. Turli tashkilotlar ma’ruza o‘qishga, suhbat o‘tkazishga, muxbirlar esa ko‘rsatuviga, eshit­tirishiga, “Xalqaro press klub”ga, “Ochiq muloqot”ga taklif qilib, izlab yurishadi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling