O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet50/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Oqil agar so‘z bila so‘zni yopar,
Orif o‘shul so‘zda o‘zuni topar.
Ulki bilur so‘z guhari qiymatin,
So‘zda topar so‘zlashuvchining otin...
Zohiru botin xabari so‘zdadur,
O‘zgada yo‘q har neki bor o‘zgadur.
Umr garmon chu bo‘lg‘ay talaf,
So‘zduru so‘z dunyoda qolgay xalaf.
(O‘zbek adabiyoti. I jild. 196-bet.)

Alisher Navoiy


Ham so‘z ila elga o‘lumdin najot,
Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot.
So‘z bila kufr ahli musulmon bo‘lub,
So‘z bila hayvon degan inson bo‘lub.
Bir so‘z etib oncha baliyatni daf’,
Kim sochibon ganj etishmay bu naf’.
Ma’dani inson guhari so‘z durur,
Gulshani odam samari so‘z durur.
“Hayrat ul-abror” asaridan (155-bet.)
“Endi har tomondan odam nomiga isnod keltiradigan­lar paydo bo‘lyapti. Ularda so‘z aytish qobiliyati bo‘lmasa ham, ular so‘z aytish payida, nag‘malari sozlanmagan bo‘lsa ham, kuy chalish ishtiyoqida. Ular she’rda tuyuq nimaligini tushunma­salar ham, tuyuq u yoqda tursin, oddiy qo‘shiq ni­maligini bilmasalar ham, yozganlarining so‘zlari bemaza, tarkibi sust, mazmuni ham oddiy, sayoz, yozilish uslubi no­to‘g‘ri bo‘lsa-da, ularning hammasida ba’manilik da’vosi. Durust odamlar ular­dan qutulolmay garang”, – (Nasriy matn muallifi Abduqodir Hayitmetov) degan edi Alisher Navoiy. Demak, inson nutqi, so‘zi odob-axloqqa, tarbiyaga xizmat qilishi kerak.
Notiqlik san’ati va nutq madaniyati axloqshunos­likning sohasi sifatida. Ta’lim tizimida o‘qitilayot­gan barcha fanlarning umumiy vazifasi ilm, bilim berish orqali yoshlarni tarbiyalash­dir. Insoniy fazilatlar, av­valo, nutq orqali hosil qilinadi. Yosh­lardagi xushmuoma­la­lik, oddiylik, kamtarlik, mardlik, shijoat va g‘ayrat, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, halollik va poklik, ozodalik, yax­shi­lik, saxovat va himmatlilik, uyatchanlik va andisha, hayo, ishq-muhabbat, vafo, sir saqlash, vijdon va e’tiqod, diyo­nat kabi barcha axloqiy fazilatlar, xislatlar insonga til orqali,” Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” sohasi-kursi yordamida o‘rgatiladi va tushuntiriladi.
“Til bu – odamlarga tabiat tomonidan berilgan, in­son­larning ming yillar mobaynida o‘zaro munosabat­la­rida sayqallanib kelgan shunday bir javohirki, bu ja­vohirni sochib yuborish, behurmat qilish emas, ko‘z qora­chig‘imizdek asrashimiz kerak”, – degan edi O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov. Oxirgi yigirma yillar davomida tilga e’tiborsizlik holati juda ku­chaydi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga e’tibor bir muncha susaydi. Shuning uchun ham, yangi davrga qadam qo‘ygan O‘zbekistonni yanada rivojlantirish uchun Muhta­ram Preziden­timiz, “O‘zbek tilining davlat tili sifati­dagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmon qabul qildilar.
2019-yilda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi beril­ganligining 30 yilligi nishonlandi. Endi har yili O‘zbekiston­da 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” sifatida nishonlanadi. “Belgi bo‘lsa, odam yo‘lda adashmaydi, aqli bo‘lsa, kishi so‘zda adashmaydi”, deb yozgan edi Mahmud Qoshg‘ariy. “Ayrim nutqlar butun umr davomida yoziladi”, deganida Ozod Sharofiddinov haq edi. “Iste’dod – bepoyon tushuncha. U ta’rifga siqqanda edi, uni ma’lum xususiyat­lar doirasida chegaralash mumkin bo‘lganda edi, odamlar yo‘q iste’dodni tarbiyalab, bor qilgan bo‘lardilar”, degan Erkin Vohidov. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatini egallash uchun ham O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov aytganidek, iste’dod kerak, bilim kerak, mehnatdan qo‘rqmaslik kerak.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling