O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet46/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

birinchidan, darsning kirish qismida gapirishi ke­rak bo‘l­gan fikrlarini belgilab, aniqlab olishi darkor. Har qanday fanning dastlabki 3-5 daqiqasi odob-axloqqa, sohaga oid yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar, xal­qaro ahvol haqida bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Ikkinchidan, darsning asosiy qismi: ma’ruzachi-notiq vaqtdan unumli foydalanishi uchun darsning yoki suhbat­ning strukturasini belgilab olishi kerak. Har qanday ma’ruzachi, ma’ruza yoki suhbatning oxirida savol-javobga 3-5 daqiqa vaqt qoldirishi kerak. Bu notiqning tajri­baliligidan dalolat beradi. Notiq qayerda, kimlar uchun nutq so‘zlashidan qat’iy nazar, ting­lovchilarning xusu­siyat­larini hisobga olishi zarur.
Ma’ruza qanday bo‘lishi kerak?
Birinchidan, yuksak g‘oyaviy, bunyodkorlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi,
ikkinchidan, dolzarb masalalarga bag‘ishlangan bo‘li­shi, tinglovchilarga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’na­viy-ma’rifiy, fan-texnika sohasidagi yangi bilimlarni berishi,
uchinchidan, ma’ruza jonli, qiziqarli, eng so‘nggi yan­giliklar asosida, dalillarga boy bo‘lishi zarur. Ma’­ruza turlicha fikrlovchi, turlicha bilimga ega bo‘lgan yoshlar tushuna oladigan sodda tilda bo‘lishi kerak. Nutqda dab­dabali, balandparvoz gaplar, terminlar, chet so‘zlar, ko‘p esda qolmaydigan sonlar, faktlar qo‘llanmasligi darkor. Ma’ruzada, ayniqsa, qaytariq, takrorlar­dan saqlanib, tinglovchi ruhini, kayfiyatini hisobga olib gapirish yaxshi natija beradi. Agar ma’ruzachi bir gapni yoki ayrim so‘zlarni ko‘p takrorlasa, tinglovchilarni zeriktiradi, bezdiradi, bunday ma’ruzaga hech kim quloq solmaydi, eshitishni xohla­maydi, ayniqsa, talabalar uyali telefon­la­rini o‘ynab, boshqa mash­g‘ulot bilan vaqtlarini o‘tka­zishga harakat qiladilar. Bu­gungi talabalar 20-30 yil oldingi talabalar emas. Ular ijtimoiy tarmoqlar or­qali, chet ellardan ko‘plab yangi ma’lumotlar olishi mum­kin­ligini, chet tillaridan bir nechtasini bilishi mum­kinligini notiq (o‘qituvchi) ma’ruzachi esidan chiqarmas­ligi kerak. Ma’ruzachi har doim ma’ruzaga, suhbatga, ama­liy mashg‘ulotga, turli tashkilotlarga ma’ruza o‘qigani borganida, doimo puxta tayyorgarlik ko‘rib, yangi gap, yangi fikr aytish uchun borishi shart. Viloyat ichki ishlar bosh­qarmasiga, fan nomzodi avvaldan berilgan mavzu bo‘yicha ma’ruza o‘qigani borgan. Minbarga chiqqan ma’ruzachi yozib olib borgan matnni o‘qiy boshlagach, “o‘qimay qisqacha gapirib bera qoling”, deb zaldan luqma tash­langan. Lekin ma’ruzachi yana o‘qiy boshlagan. Ma’ruzachini matn o‘qi­shidan to‘xtatib, minbardan haydab yuborishgan. No­tiq hech qachon matnni o‘qib bermasligi, yuqorida ta’kidlanga­ni­dek, tinglovchilar uchun qiziqarli misollar, hikmatlar, rivoyat­lar, she’rlar va maqollardan foydalanib, aktyor­lik qobiliyatini ishga solib, og‘zaki gapirishga odatla­nishi shart.
Xulosa qilib aytganda, chiroyli gapirib butun zalni o‘ziga qaratib, lol qoldirib, gaplaringizni eshitishga majbur qilish ham san’at. Ma’ruzachi xalq qo‘shiqlaridan imkoni boricha, ko‘p odam­lar o‘qimagan rivoyatlardan, hik­matlardan ma’ruza ora­sida foydalansa bu tinglovchilar­ning charchamasligiga, zerik­mas­ligiga sabab bo‘ladi. Abdulla Qahhor: “Gapni tomdan tarasha tushganday bosh­lang”, – degan edi. Ma’ruzachi ham gapni shunday boshlashi kerakki, tinglovchilar, eshituvchilar Sizning gapingizga lol bo‘lib qolsin. Tinglovchilarni sehrlab qo‘yish uchun esa ma’ruzachi notiqlik san’ati va nutq madaniyatini pux­ta egallagan bo‘lishi zarur.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling