O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
NOTIQLIK VA NUTQ ODOBI. NUTQ ORQALI INSONLARNI TARBIYALASH
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Beshinchidan
- To‘qqizinchidan
NOTIQLIK VA NUTQ ODOBI. NUTQ ORQALI INSONLARNI TARBIYALASH
Tarbiya – barkamol, komil avlodni shakllantirishning bosh omilidir. Tarbiya – shaxsning jamiyatda me’yorda yashashi, hayot kechirishi uchun kerak bo‘ladigan, jismoniy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik ko‘nikma, bilim beruvchi tushuncha. Insonning jamiyatda o‘z o‘rnini topishidagi asosiy vositadir. Har bir inson albatta, tarbiyaga muhtoj bo‘ladi. Lekin uning tarbiya olishi ota-onasidan, tevarak-atrofidagilardan, oila a’zolaridan, bog‘cha, maktab, o‘quv yurtida berilgan tarbiyani o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” sohasi ham boshqa fanlar kabi insonlarga nutq odobini o‘rgatishdan tashqari, ularni komil inson qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Notiqlik va nutq odobi nima? Ta’lim tizimida ishlayotgan barcha tarbiyachilar, o‘qituvchi-murabbiylarning barchasi, odatda, tarbiyalangan bo‘ladilar. Ya’ni o‘zlari tarbiyalangan bo‘lishlari kerak. Ularning nutqida haqorat, so‘kinish, qarg‘ish yoki nojo‘ya so‘zlar uchramasligi va uchrashi ham mumkin emas. Chunki notiqning gapini kamida 20-50 kishi tinglaydi. Notiq, avvalo, o‘zini hurmat qilishi va tinglovchilarning hurmatini joyiga qo‘yishi shart. Ikkinchidan, biz nazarda tutayotgan, majlislarda, seminarlarda turli yig‘inlarda, uchrashuvlarda, darslarda ma’ruza o‘qiyotgan yoki suhbat o‘tkazayotgan notiq nutqida tinglovchilar asabiga, g‘ashiga tegadigan so‘zlar ishlatishi mumkin emas. Uchinchidan, notiqning har bir gapi, fikri tinglovchilar tomonidan yozib olinishi va keng xalq ommasi o‘rtasida muhokama qilinishi mumkinligi hisobga olinishi lozim. Shunga ko‘ra nutqda yangi fikr, yangi gap, foydali yangilik, axborot aytilishi talab etiladi. To‘rtinchidan, notiq nutqining madaniyligiga ya’ni, to‘g‘riligi, aniqliligi, mantiqiyligi, ifodaliligi, sofligi, rang-barangligi kabi bir qancha sifatlar mavjud bo‘lishiga e’tibor qilinadi. Beshinchidan, notiq nutqi barcha tinglovchilar uchun ibrat maktabi vazifasini bajarishi lozim. Oltinchidan, notiq tinglovchilarni hurmatlab, shirinso‘zlilik, muloyimlik bilan so‘zlashga odatlanishi zarur. Yettinchidan, notiq tinglovchilar asabiga tegadigan shaklda baqirib so‘zlamasligi shart. Notiq nutqi, sakkizinchidan, tinglovchini mustaqil fikrlashga o‘rgatishi, yangi bilim bilan boyitishga xizmat qilishi zarur. To‘qqizinchidan, notiq faqat gapi, fikri bilan emas balki, mimikasi, ovozi, imo-ishorasi, kiyinishi kabi yana ko‘p jihatlari bilan namuna ko‘rsatishi lozim. O‘ninchidan, notiqning har bir gapida odob-axloq, insoniy fazilatlar aks etishi kerak. O‘n birinchidan, notiq nutqidan uning aql-zakovatliligi, ko‘p badiiy kitoblar o‘qiganligi sezilib, tinglovchilarning havasini keltirib turishi lozim. Shu jihatdan olganda, notiq Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Abu Ali ibn Sinonning “Salomon va Ibsol”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi Muhsiniy”, “Futuvvatnomayi Sultoniy”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq”, Mirzakalon Ismoiliyning “Odamiylik qissasi”, Tohir Malikning “Umidimiz yulduzlariga”, R.Mahmudovning “Degonimni ulusqa marg‘ub et...”, Muhammadjon Quronovning “Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...”, Erkin Vohidovning “Inson”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan” kabi yuzlab kitoblarni o‘qigan bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, notiq har qanday guruh uchun ma’qul bo‘ladigan “Oila – tarbiya qo‘rg‘oni”, “Farosat nadur?”, “Ayollarning burchlari va vazifalari”, “Farzand – oila quvonchi”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Kitob – tafakur farzandi”. “Odob – oltindan qimmat”, “Bolaning odobi aziz”, “Obro‘ni – odob ushlab turadi” kabi o‘nlab odob-axloqqa, tarbiyaga oid ma’ruza matni tayyorlab olishi darkor. Favqulodda ma’ruzaga, suhbatga, uchrashuvga chaqirib qolishsa, notiq nutqi tezisini bir eslab olib tinglovchilarni qoyil qoldirib ma’ruza o‘qishi mumkin bo‘ladi. Notiqning anchasi murabbiy – ustozdir, ular nutqida beandisha so‘z, fikr bo‘lmas, ularning kasbi taqozosiga ko‘ra, tinglovchilarga (o‘quvchimi, talabami, kim bo‘lishidan qat’iy nazar) tarbiya berishga, odob-axloq o‘rgatishga majburdirlar. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa” she’ri insonlarni kitob o‘qishga da’vat qiladi: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling