O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet45/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Aflotun hakimdan so‘radilar:

  • Faylasuf olimsiz. Ayting-chi, shuncha o‘qib, qanday xu­losaga keldingiz?

  • Faqat bir narsani angladim, - deb javob qildi alloma, – o‘ylab ko‘rsam, hech narsa bilmas ekanman. Imom G‘azzoliy hazratlari: “Bilganlarim qarshisida bilma­gan­larimni oyoq ostiga olsam edim, boshim ko‘klarga yetgan bo‘lur edi”, deganlar. Sitseron aytadi: “Suqrotning donoligi shunda ediki, bilmaganini bildim, deb o‘ylamasdi”. Bu hikmatli gaplar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Notiq doimo o‘ylab, ting­lov­chilarga tez ta’sir qiladigan hikmatli gap­larni yoddan bilishi kerak. Ammo notiq rivoyatlarni, hikmatli gaplar­ni, so‘zlarni qachon, qayerda, kimlarga aytishni ham bilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa notiqdan katta aql-idrok talab qilinadi.

Hikoya. Hikoya - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib – biror kimsa, narsa, voqea yoki hodisa haqida og‘zaki beriladigan axborot yoki ma’lumot: biror voqeaning, narsaning og‘zaki bayoni, tafsiloti. Nasriy yo‘l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar. Hikoyachi-hikoya qiluvchi, ertak va hikoyalarni so‘zlab beruv­chi. Notiq nutqida hikoyadan tashqari maqol, matallardan foy­dalanishi mumkin. Nutqning tasviriy vositalari va ifoda usul­lariga alohida e’tiborni qara­tish lozim. Nutqdagi tasviriy vosi­talar uni ifodali, jozibali va ta’sirchan qiladi. Hikoyat. Bir kishi bir ha­kimning ziyoratiga bordi. U behuda so‘zlarni haddan ortiq valdirardi. So‘ng so‘zi orasida: “Endi so‘zlashni bas qilay”, - dedi. Hakim unga: “Yo‘q, sen so‘z so‘zlaganing yo‘q!”, - dedi.
Bayt:
Behuda so‘zlarni so‘z deb bo‘lmaydi,
So‘z ulki, eshitgan olsin bir foyda.
So‘zlasang, so‘zingni ko‘p uzoq qilma,
Malollik etadi uzaygan joyda!
degan edi olim Majid Havofiy.
“Til borki, bol keltiradi, til borki, balo keltiradi”. “Til tinch bo‘lsa, bosh salomat bo‘ladi”. (“Otalar so‘zi” kitobidan).
Suhbatni, ma’ruzani jonli va ta’sirchan qilib o‘tkazishda maqol va matallarning roli katta. Maqol va matallarda xalqning teran fikri, o‘tkir kuzatuvchanlik, yorqin zehni, buyum yoki vo­qealarning eng xarakterli to­monlarini to‘g‘ri payqay olish qobiliyati mujassamlan­gan. Qisqa, ma’noli maqollar va matallar nutqqa alohida ma’nodorlik bag‘ishlaydi, katta va murakkab fikrni nihoyatda aniq va ravon tushuntirib beradi. “Burchaksiz uy bo‘lmas, maqolsiz so‘z bo‘lmas”, “Haq gap qilichdan o‘tkir”, “To‘g‘ri so‘z toshni yorar”, “Aytilgan so‘z – otilgan o‘q”, deb bejiz aytilmagan. Maqollar va matallar nutqni boyi­tadi, fikrni sodda va tushunarli va ishonchli qiladi. Shu jihatdan olganda, har bir notiq qaysi mavzuda gapi­rishidan qat’iy nazar, xalq maqollarini yoddan bilishi zarur. Har bir notiq “Tinchlik – oliy ne’mat”, “Yoshlar – taraqqiyotimiz tayanchi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “San’atsiz turmush vaxshiylikdir”, “Korrupsiya – illat”, “Bunyodkor g‘oyalar – taraqqiyot kafolati”, “Din – inson ma’na­viyatini o‘stirish vositasidir”, “Mustaqillik – ulug‘ ne’mat”, “Vatan­ni himoya qilish oliy burch” kabi yigir­maga yaqin eng keng tarqalgan doimiy mavzulardagi ma’­ruzalarida foydalanishi uchun maqollardan, hikmatli gaplardan, rivoyatlardan tayyor­lab olishi kerak.
O‘zbek xalq maqollarining mavzulari xilma-xil. Ay­rim maqollar o‘git, pand-nasihat uchun qo‘llaniladi. “Av­val o‘yla, keyin so‘zla”, “Yetti o‘lchab, bir kes”, “Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar”, “Yaxshi so‘z – jon ozig‘i, yomon so‘z – bosh qozig‘i”, “Yomondan dog‘ qolar, yaxshidan bog‘ qolar” kabi maqollarimiz notiqlik haqidadir. Ko‘p maqollarda rostgo‘ylik, sofdillik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, do‘stlik, xalqparvarlik kabi g‘oyalar targ‘ib qilinadi. Bulardan tashqari, nutqni boyitishda xalq og‘zaki ijodi namunalari, ya’ni dostonlardan, tez aytishlardan, ertak­lardan, xalq qo‘shiqlaridan ham foydalansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati sohasini xalq og‘zaki ijodisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki xalq termalari, xalq qo‘shiqlari, xalq ertaklari, xalq dostonlaridagi barcha ijobiy qahramonlarning ish­lari, ism-shariflari bugun hayotimizning barcha qatlam­lariga kirib bordi.
Xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalanish, bu har bir notiqning dunyoqarashiga bilim darajasiga, mahoratiga bog‘­liq bo‘ladi. Bu o‘rinda notiqqa quyidagi talab qo‘yi­ladi:
Notiq dolzarb mavzu tanlashni yoki unga puxta tayyor­garlik ko‘rishni bilishi kerak. U ma’ruza o‘qiyotganida tinglovchilar­ning yoshiga, jinsiga e’tibor berishi zarur. Birinchi kurs tala­balari 17-19 yosh bo‘lsa, ikkinchi kurs talabalari 18-20 yosh, uchinchi kurs talabalari 19-21, to‘r­tinchi kurs talabalari 22-23 yoshlilar bo‘lsa, ma’ruzalar qanday mavzuda bo‘lishidan qat’iy nazar, nihoyatda qi­ziqarli, yangi ma’lumotlarga boy, mazmunli-mohiyatli, man­­tiqan bir-biriga bog‘langan reja asosida bo‘lishi ta­lab qilinadi.
Ma’ruzachi notiq:

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling