O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


HOZIRGI DAVR NOTIQLIGIGA QO‘YILADIGAN


Download 0.8 Mb.
bet51/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

HOZIRGI DAVR NOTIQLIGIGA QO‘YILADIGAN
ASOSIY TALABLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va butun xalqimizga 2020-yil 24-yanvardagi Murojaatnomasida “...zamonaviy bilim­lar­­ni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak ma­daniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga ayla­nishi kerak”ligini ta’kidlab, Sharq donishmandlari­ning fikrlarini keltirdilar: “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”. “Taraq­qiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart”, dedilar. Demak, mamlakat taraqqiyotini, xalq faro­vonligini o‘stirishda tarbiyalangan, bilimli, yetuk muta­xassislarning o‘z o‘rni bor. Mutaxassis kadrlar tayyorlash­da esa ijtimoiy fan o‘qituvchilarining xizmatlari be­qiyos. Bugungi kun talabiga ko‘ra, jamiyatga, davlatga bi­lim­li, salohiyatli kadrlar kerak. Zamonaviy bilimga, ma­lakaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiya­lashda ijtimoiy fan o‘qituvchilari oldida katta mas’uliyat va vazifa turadi.


Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib, o‘r­gansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, za­monaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan ol­dinga intilsak, albatta, hayo­timiz va jamiyatimiz o‘z­garadi”. Bu ulug‘vor ishlarni amalga oshirishda yaxshi bi­limga, yaxshi axloqqa, yaxshi nutqqa ega bo‘lish talab etiladi.
Demak, mamlakatimiz taraqqiyoti xalqimiz farovon­ligi ilm-fanga bog‘liq ekanligi hech kimga sir emas. Prezidentimiz 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atashida juda katta ramziy ma’no bor. Bugungi kun talabiga javob beradigan mutaxassislar, avvalo, yurt ishi uchun tayyor bo‘lishi, yurtga sadoqatli, Vatanini sevuvchi, milliy qadriyatlarni, xalq urf-odat­larini yaxshi biluvchi va qadrlovchi, ajdodlar merosiga hurmat bilan qarab, o‘qib, o‘rganuvchi, bilimi keng, jahon tillarini biladigan, muloqot qila oladigan shaxs bo‘li­shi kerak. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga qo‘yiladigan talablar kes­kin kuchaydi. Ayni kun­larda yangiliklar bilan, ayniqsa, yoshlarni hayratlantirib bo‘lmay qoldi. Chunki bugun axbo­rot asri, kompyuter asrida har qanday yangilik bir necha soniyada barchaga ma’lum bo‘ladi. Yangilik­lar yashin tezli­gida tarqalayotgan bir paytda notiqlarga qo‘yila­digan talablar ham yanada ortdi.
Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fani bo‘yicha ma’ruza o‘qiyotgan, suhbat o‘tkazayotganlarga qanday talab­lar qo‘yilmoqda?

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling